63
Laboratoriya mashg‗ulotlarini o‘tkazish vaqtini tejash maqsadida
instruktiv kartochkalardan foydalaniladi.
Laboratoriya mashg‗ulotlari umum o‗quv bilimlarni analiz,
taqqoslash, baholash,
xulosa qilish, shaxsiy fikrni bildirish va uni
asoslash, axborotni sharhlash, ish natijalarini turli shakllarda: xulosalar,
tezislar, mantiqiy sxemalar, jadvallar va boshqalarda taqdim etishni
shakllantiradi.
Laboratoriya maqsadidan kelib chiqib o‘qituvchining rolini ham
ko‘rib chiqish zarur. Agar laboratoriya mashg‗ulotlarida o‘qituvchi
nazariy material va amaliy mashg‗ulotlarni yaxshi o‗zlashtirmagan
talabalar
bilan ishlasa, u holda laboratoriya mashg‗ulotlarining
yakuniysini yanada yuqori darajadagi mustaqil ishlash bilan o‘tkazishi
kerak. Laboratoriya mashg‗uloti analizi kim kerakli bilimlarga o‘rganish
uchun qo‗shimcha vaqtga muxtoj ekanligini aniqlashga yordam beradi.
Talabalarning faoliyatini bevosita kuzatish qiyinroq o‗zlashtirilayotgan
ma‘lumotlarni aniqlashga, nazariy ma‘lumotlarning tushunish chuqurligi
aniqlahsga yordam beradi.
Shunday qilib, laboratoriya mashg‗ulotlarining o‗quv jarayonida
tashkil qilinishi uni yanada qiziqarli bo‘lishiga, o‗qitish sifatini yanada
oshirishga, o‘qituvchining amaliy yo‗nalganligini kuchaytirishga,
talabalarning faolligini oshirishga, ularning mantiqiy fikrlashi va
mustaqil ijodiy ishlashlariga yordam beradi.
Laboratoriya mashg‗ulotlari jarayonida talabalar o‗quv
faoliyati
ko‗rinishida bir yoki bir nechta laboratoriya mashg‗ulotlarini o‘qituvchi
boshchiligida o‘rganilayotgan o‗quv materiali tarkibiy qismiga mos
ravishda bajariladi.
Laboratoriya mashg‗ulotlari quyidagilarga yo‗naltirilgan:
-
O‘rganilayotgan fan bo‗yicha aniq mavzularning nazariy bilimlarni
mustahkamlash, chuqurlashtirish, tizimlashtirish, shakllantirish;
-
Olingan bilimlarni amalda qo‗llay olish, intellektual va amaliy
birlikni amalga oshirish;
-
Intellektual
bilimlarni
rivojlantirish:
analitik,
loyihaviy,
konstruktiv va boshqalar;
-
Qo‗yilgan masalalarni yechishda mustaqillik, mas‘uloyatlilik,
aniqlilik, ijodiy yondashuvni shakllantirish.
64
Laboratoriya mashg‗ulotlari tashkil qilinayotgan fanlar bo‗yicha
ularni
bajarishga ketadigan vaqt miqdori ishchi o‗quv rejasi bo‗yicha
aniqlanadi.
Laboratoriya
mashg‗ulotlarini
tarkibiy
qismi
va
mundarijasini
rejalashtirishda quyidagi didaktik maqsadlardan kelib chiqishi kerak:
-
Nazariy holatlarni tekshirish va eksperimental tasdiqlash;
-
Amaliy - kasbiy bilimlarni shakllantirish;
-
Laboratoriya mashg‗ulotlari umumkasbiy va maxsus fanlarni
o‘rganishda o‗z o‘rniga ega.
Laboratoriya mashg‗ulotlari tarkibiy qismi davlat talablarini amalga
oshirishga yo‗nalgan bo‘lishi kerak.
Didaktiv maqsadga mos ravishda laboratoriya mashg‗ulotlari tarkibiy
qismi formulalarni eksperimental tekshirish, metodik hisob-kitoblar,
qonuniyatlarni tasdiqlash va belgilash, tajribalarni o‘tkazish
metodikasi
bilan tanishish, moddalarning belgilangan xossalarini, sifatlarini va
miqdoriy
xarakteristikalarini
belgilash,
jarayonlar,
hodisalarni
rivojlanishini kuzatish bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya mashg‗ulotlarining hajmi va tarkibi o‗quv materialining
o‗zlashtirish qiyinlik darajasi, fanlararo aloqalardan, nazariy holatlarning
qiymatidan, laboratoriya ishidagi qanday o‘ringa ega ekanligidan, o‗quv
fanining butunligini shakllantirishning butunligidan kelib chiqadi.
Laboratoriya mashg‗ulotlarini rejalashtirishda
didaktik maqsadlar
bilan birga nazariy holat bilan mos kelishini hisobga olsih kerak.
Vazifalarni bajarish jarayonida talabalarda turli jihozlar, qurilmalar,
apparaturalar hamda izlanish bilimlari (kuzatish, taqqoslash, analiz
qilish, bog‗liqliklarni aniqlash, xulosalar
qilish va birlashtirish,
izlanishni
mustaqil
amalga
oshirish,
natijalarni
shakllantirish)
shakllanadi.
Laboratoriya mashg‗ulotining mundarijasini ishlab chiqishda u o‗quv
fani bo‗yicha barcha bilimlarni o‗z ichiga olishini hisobga olish kerak.
Laboratoriya
mashg‗ulotlari
davomida
talabalar
keyinchalik
mustahkamlanadigan bilim va ko‗nikmalarga ega bo‘lishadi.
Bilim va ko‗nikmalar bilan birgalikda laboratoriya mashg‗ulotlarida
nazariy bilimlar konkretlashadi va chuqurlashadi, tizimlashadi, nazariy
bilimlarni amalda qo‗llashga tayyorlik va qobiliyat shakllanadi,
intellektual bilimlar rivojlanadi.
65
Laboratoriya mashg‗ulotlari davomida o‘qituvchi talabalarni doimo
kuzatadi,
yordam beradi, ularning faoliyatini to‘g‗rilaydi, alohida
operatsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi.
Laboratoriya mashg‗ulotlari talabalar tomonidan mustaqil bajariladi,
lekin mustaqil ishlarning yangi tiplarini taqqoslash va boshlang‗ich
etaplarda ishni bo‘laklarga bo‘lish tavsiya qilinadi. Boshlanishidan avval
har biriga o‘qituvchi tushuntirish beradi va ish frontal amalga oshiriladi.
Alohida e‘tiborni ish tugashiga qaratish kerak. Tugashiga bir necha
minut qolganida talabalarga ajratilgan vaqt tugayotganini aytish kerak.
Jihozlarni joyiga qo‗yish va ishchi joyni tartibga keltirish zarur. Ishning
bajarilishini albatta, gaplashib xulosa chiqarib olish kerak.
Dostları ilə paylaş: