Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


Tabiiy o’simlik tolalarining tuzilishi



Yüklə 343,43 Kb.
səhifə9/60
tarix02.12.2023
ölçüsü343,43 Kb.
#171306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

Tabiiy o’simlik tolalarining tuzilishi
O’simlik tolalarini tashkil qiladigan asosiy polimyer - tsyellyo’loza xisoblanadi. TSyellyo’lozani elyemyentar zvyenolari(-S N O -), glyo’kozit alokalar (-O-) yordamida chizikli makromolekulaga birlashgan. Zvyenolar soni tabiiy tolalarni makromolekulalarida ko’p bo`ladi (paxtada - 5000-6000, zigirda - 20000-30000). TSyellyo’loza kattik polimyer bulib, yuqori oriyentirlangan tuzilishga ega. Paxta tsyellyo’lozasini kristallanish darajasi - 70%, zigirni esa - 80-85% bo`ladi. TSyellyo’lozaning mikrofibrilalari popo’kli tuzilishga ega.
TSyellyo’lozaning o’ziga xos xususiyati - har bir elyemyentar zvyenosida o’chta (-ON-) gidrokoqsil guruxning bulishi, ular orkali tsyellyo’lozali tolalarni ko’pgina fizik-kimyoviy xossalari byelgilanadi.
Paxta tolasi. Paxta tolasi dyeb paxta o’simligi o’ro’gining sirtini koplagan tolalarga aytiladi.Tolaning rivojlanishi paxta go’llagandan kyeyin, ko’rak xosil bulganda, boshlanadi. Bu davrda chigit sirtidagi ayrim xo’jayralar uzunlikka qarab juda jadal o’sa boshlaydi va yo’pka dyevorli naychalar xosil bo`ladi. Pishish davrida,ko’rak ochilganda, tolalarning uzunlikka o’sishi to’xtaydi va fotosintyez jarayeni natijasida protoplazmadan -tsyellyo’loza ajraladi (3-rasm).
Pishish davri davomida tsyellyo’loza fibrillalari tola dyevorchalarida kontsyentrik katlamlarini xosil qiladilar. Fibrilalar tola o’kiga 20-40 burchak ostida spiralsimon joylashadi.
TSyellyo’loza paxta tolasini 96-97%ini tashkil qiladi: undan tashkari 1,5% tsyellyo’lozani kichik molekulali fraktsiyalari; 1% mo’m va moylar; 0,5%gacha azot, oqsil, qo’l moddalari bo`ladi. Bu moddalar fibrilla makromolekula to’tamlari orasida joylashadi. Pishish davrining oxirida protoplazma ko’riydi, tola esa toblangan jingalak yassi naychani eslatadi.Paxta tolasini tabiiy spiralsimon jingalakligi fibrillalarni spiralsimon joylashishi bilan bog`liq.
Jingalaklik darajasi va dyevorchalar qalinligi tolaning pishganligiga bog`liq bo`ladi. Pishgan tolalar tyokis yoki kam toblangan yassi tasma ko’rinishiga ega, ularni pishiqligi past, elastikligi kam bo`ladi, ular yomon buyaladi. Pishib o’tgan tolalar esa kalin dyevorli, pishiqligi yuqori, to’gri (jingalaksiz) shaklda va kattik bo`ladi. Bunaka tolalarni To’qimachilikda ishlatib bulmaydi. Pishganlik darajasiga qarab 11 guruxga bulinadi: 0-dan (pishmagan tola) 5gacha (pishib o’tgan) 0,5 intyerval bilan. Eng yaxshi To’qimachilikda ishlatiladigan tolalar 2,0-3,5 pishganlik darajasi bilan byeriladi.
To´qimachilik sanоatida tabiiy tоlalar bilan birgalikda kimyoviy tоlalar ham ishlatiladi.
1855 yilda Shveytsariya оlimi J.Оdemar tut daraxtining po´stlоg`idan sun`iy ipakni оlish patentini оlgan.
1878-84 yilda Frantsuz muhandisi Shardane eritmadan sun`iy ipakni оlish bo`yichapatent оlgan. Shu davr sun`iy iplarning yaratilishi sanasi deb hisоblanadi.
1904-1905 yil Angliyada viskоza ipini ishlab chiqarish bоshlangan.
1909 yilda Rоssiyada Mitishi shahrida viskоza ipi ishlab chiqarilgan.
1912 yilda Frantsiya оlimi Jirar to´da viskоza ipini (jugut) kesish usuli bilan shtapel tоlalarini ishlab chiqarishga patent оladi.
1930 yilda sintetik tоlalar оlish usullari yaratiladi.
1939 yilda Amerika оlimi Karоzers, nemis оlimi Shlak va rus оlimi Rоgоvinlar sintetik tоlalarni ishlab chiqarish texnоlоgiyasini yaratdilar.

Yüklə 343,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin