Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə111/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Valyuta arbitraji — svoplar va ssuda kapitali bozorida bitimlar birgalikda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi banklararo operasiyalar.
Valyuta bozorlari — milliy valyuta ishtirokida talab va taklif ta’sirida yuzaga keluvchi valyuta kursiga muvofiq xorijiy valyutalarni oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlar.
Valyuta intervensiyasi — davlat organlari tomonidan milliy bozorda xorijiy valyutani sotish va sotib olish.
Valyuta kliringi — ikki va undan ortiq hukumatlar o’rtasida moliyaviy talablar va majburiyatlarni o’zaro hisobga olish haqidagi kelishuv.
Valyuta kotirovkasi — bir valyuta bahosini boshqa valyutalarda ifodalanishining sonli yozuvi.
Valyuta kursi — milliy valyutalar o’rtasidagi nisbat, bir mamlakat valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi.
Valyuta pozisiyasi — bankning xorijiy valyutaga bo’lgan talabi va majburiyatlari nisbati.
Valyuta rejimi — valyuta ayirboshlash kursini aniqlash asosidagi mexanizm.
Valyuta rezervlari — xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozisiya ko’rinishidagi valyuta-likvid vositalarning jami.
Valyuta siyosati — mamlakatda xorijiy valyutalarning pul-kredit aylanmasini tartibga solishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimi.
Valyuta xatari — valyuta kursi o’zgarishi oqibatida eksportyor va importyorning zarar ko’rishi lozim bo’lgan holati.
Valyuta cheklashlari — xorij valyutasi va boshqa qimmatli narsalar (oltin) bo’yicha operasiyalarni cheklash uchun yo’naltirilgan ma’muriy va qonuniy tartibda belgilangan me’yoriy qoidalar tizimi.
Valyutaning konvertirlanganligi — milliy valyutani xorijiy valyutalarga rezidentlar uchun ham, rezident bo’lmaganlar uchun ham to’lov balansining joriy operasiyalari bo’yicha almashtirish imkoniyati.
Veksel — belgilangan ko’rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel egasi ko’rsatilgan muddat tugagandan so’ng belgilangan pul summasini qarzdordan talab qilishga haqlidir.
GATT — Savdo va tariflar bo’yicha Bosh kelishuv — tashqi savdo operasiyalarini o’tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo’yicha xalqaro akt.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin