O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar
1. Inflyatsiyaning klassik ta'rifini bering.
2. Inflyatsiya sabablari qanday?
3. Inflyatsiya qanday namoyon bo'ladi?
4. "Inflyatsiya darajasi" nima? Buni qanday aniqlash mumkin?
5. Inflyatsiya turlarining mohiyatini kengaytiring.
6. Fillips egri chizig'i nima ekanligini tushuntiring.
7. Inflyatsiyaga qarshi strategiya va taktikaning mohiyati nimada?
V MAVZU. TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORI. AD - AS MODELI
5.1. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab tushunchasi va grafigi
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun bazaviy model bo’lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab(AD) – uy xo’jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I + G + Xn.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin (5.1.-chizma).
5.1-chizma.
Yalpi talab egri chizig’i
P
Bahodan boshqa omillar ta’siri
AD1
AD
Baho omillarining ta’siri
Y
5.1.-chizmadan ko’rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig’i doimo pastga va o’ngga suriladi. Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab bo’ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig’ining trayektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin:
M V=Y P
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
Dostları ilə paylaş: |