Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Byudjet –soliq siyosatining mohiyati, usullari va byudjet multiplikatorlari



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə60/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104
9.3. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati, usullari va byudjet multiplikatorlari

Davlatning asosiy vazifasi - iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya'ni ishlab chiqarish hajmlarining o'sishini ta'minlash, aholini ish bilan ta'minlash, narxlar darajasini pasaytirish va ularning barqarorligi, aholi farovonligi darajasini oshirish.


Ushbu vazifalarning barchasi moliyaviy siyosat orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy siyosat, bu davlatning moliyaviy resurslarni safarbar etish, ularni taqsimlash va mamlakat moliyaviy qonunchiligi asosida foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlardir. U fiskal va byudjet siyosatidan iborat.
Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o’zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo’lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o’sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko’tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnasiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo’shimcha turtki bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin