Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


-chizma. Daromadlar darajasining 8.5-chizma. Pul taklifining



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə57/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
8.4-chizma. Daromadlar darajasining 8.5-chizma. Pul taklifining
oshishi natijasida natijasida pul kamayishi pulga
bozorida muvozanatning o’zgarishi. talabning o’zgarishi.

R R Ms2 Ms1


Ms

R2
R2


M2d(Y2)
R1 R1
M1d(Y1) Md
M*/P* M/P M*2/P* M*1/P* M/P

Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o’zgarib turishi pul bozorining ekzogen o’zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o’zgarishi natijasida ham ro’y beradi.


Grafik ko’rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo’ladi (8.4, 8.5 chizmalar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o’sishi (20-chizma) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko’tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko’tarilishiga va muvozanat nuqtasining o’zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o’rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar
1. Pul va pul massasi nima?
2. Pulning miqdoriy nazariyasi nimani ifodalaydi?
3. Pulga talabning klassik nazariyasi qanday asoslarga tayanadi?
4. Pulga talabning keynscha nazariyasining mohiyati nimada va klassik nazariyadan nimasi bilan farq qiladi?
5. Pul taklifining umumiy modeli mohiyatini tushuntirib bering.
6. Pul (bank) multiplikatori nimani ko'rsatadi?
7. Markaziy bankning pul muomalasini tartibga solishdagi rolini tushuntiring.
IX MAVZU. IQTISODIYOTNING MOLIYAVIY SEKTORI
9.1. Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari

Moliya - bu takror ishlab chiqarish jarayonni ta'minlash va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida mablag'larni (moliyaviy resurslarni) shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.


Moliyaviy faoliyatni, moliyaviy munosabatlarni va ularga xizmat ko'rsatuvchi maxsus muassasalarni (Moliya vazirligi, banklar, g'aznachilik, soliq xizmatlari) tartibga soluvchi shakllar, usullar va normalarning yig'indisi birgalikda davlatning moliyaviy tizimini tashkil etadi.
Davlat o’z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat byudjetiga tayanadi. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgan investisiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko’rinishidagi yordam turi bo’lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko’rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo’yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag’lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko’rinishida himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig’i to’laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu kabi juda ko’p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’zgartirish orqali investisiyalar va jamg’armalar rag’batlantiriladi.
Davlat byudjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin