8.1-chizma
Pulga talab grafigi
R
Md=f(R)
M/R
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo’ladi:
(M/P) D =f (R, Y);
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:
(M/P)D = kY - hR
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsiyentlar; R – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur’atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o’zgarishi foiz stavkasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham pulga talabning ko’payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizig’ining siljishi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Monetaristik pul talabi kontseptsiyasi. Monetarizm - bu siyosat va amaliyotda hal qiluvchi omil sifatida muomalada bo'lgan pulni targ'ib qiluvchi makroiqtisodiy nazariya.
Monetaristlar J.M.Keynsning iqtisodiy agentlar o'z mulklarini saqlab qolish uchun o'zlarining aktivlarining bir qismini naqd pulda ushlab turishlari haqidagi g'oyasini qabul qildilar. Shu bilan birga, monetaristlar mulk ob'ekti sifatida pulga bo'lgan talabni belgilaydigan spekulyativ motiv g'oyasini rad etishdi.
Monetaristlar pulga bo'lgan talabni rentabellikning kerakli darajasini ta'minlash uchun turli darajadagi rentabellik va tavakkalchilik darajasidagi aktivlar portfelini shakllantirganda, xo'jalik yurituvchi subyektlarning mol-mulkini (aktivlarini) optimallashtirishning umumiy nazariyasi doirasida tushuntiradilar.
8.3. Pul taklifi. Bank multiplikatori
Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikasiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 so'mga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: |