1. To’lov balansini tuzishda ikki bor yozuv prinsipi nimani anglatadi?
Agrar inqirozlar
|
Agrarian crises
|
Аграрные кризисы
|
– qishloq xo’jaligida ro’y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo’lib, siklli tavsifga ega bo’lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
|
Agrar munosabatlar
|
Agrarian relations
|
Аграрные отношения
|
– yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
|
Agrosanoat majmuasi
|
Agro-industrial complex
|
Агропромышленныy комплекс
|
– qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi.
|
Aksiyadorlik jamiyati
|
Joint-stock company
|
Акционерное общество
|
– ko’proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
|
Amortizasiya normasi
|
Depreciation rate
|
Норма амортизации
|
– amortizasiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.
|
Aholining tabiiy o’sishi
|
Natality
|
Естественныy прирост населения
|
– bu aholining emigrasiya va immigrasiyadan tashqari harakati.
|
Aholi daromadlari
|
Incomes
|
Доходы населения
|
– aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
|
Ayirboshlash
|
Exchange
|
Обмен
|
– jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo’yicha o’zaro almashish jarayoni.
|
Bank
|
Bank
|
Банк
|
– iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi, kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi maxsus muassasalar.
|
Bank krediti
|
Bank loan
|
Банковскиy кредит
|
– pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo’jaligi sektori) beriluvchi pul ssudalari.
|
Bank operasiyalari
|
Bank operations
|
Банковские операции
|
– mablag’larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan operasiyalar.
|
Bank foydasi (marja)
|
Banking profit (margin)
|
Банковская прибыл (маржа)
|
– olingan va to’langan foiz summalari o’rtasidagi farq.
|
Bank foyda normasi
|
Banking profit margins
|
Банковская норма прибыли
|
– bank sof foydasining uning o’z kapitaliga nisbatining foizdagi ifodasi.
|
Bevosita usullar
|
Direct methods
|
Прямые методы
|
– iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
|
Bilvosita usullar
|
Indirect methods
|
Косвенные методы
|
– iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
|
Birja
|
exchange
|
Биржа
|
– namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasasi.
|
Bozor
|
Market
|
Рынок
|
– ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisi.
|
Bozor iqtisodiyoti
|
Market economy
|
Рыночная экономика
|
– tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
|
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri
|
The transition to a market economy
|
Переходныy период к рыночноy экономике
|
– ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr.
|
Bozor infratuzilmasi
|
market infrastructure
|
Инфраструктура рынка
|
– bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir.
|
Bozor mexanizmi
|
market mechanism
|
Рыночныy механизм
|
– bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
|
Bozor obyekti
|
market Objects
|
Объекты рынка
|
– ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
|
Bozor subyekti
|
market participant
|
Субъект рынка
|
– ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.
|
Bozor narxi
|
Market price
|
Рыночная цена
|
– bir tomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan narx.
|
Bozor islohotlari
|
market reforms
|
Рыночные реформы
|
– bozor iqtisodiyotini va bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
|
Davlat byudjeti
|
The state budget
|
Государственныy бюджет
|
– davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
|
Davlatning iqtisodiy vazifalari
|
The economic functions of the state
|
Экономические функции государства
|
– iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
|
Davlat tassarrufidan chiqarish
|
privatization
|
Разгосударствление
|
– mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
|
Davlat tashqi qarzi
|
The external debt of the state
|
Внешниy долг государства
|
– xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
|
Faktoring
|
factoring
|
Факторинг
|
– boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari.
|
Fiskal (soliq-byudjet) siyosati
|
Fiscal (fiscal) policy
|
Фискальная (налогово-бюджетная) политика
|
– davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o’zgartirish bo’yicha qo’llaniluvchi chora-tadbirlar.
|
Foiz normasi (stavkasi)
|
The norm (rate) percent
|
Норма (ставка) процента
|
– foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi.
|
Fond birjasi
|
Stock Exchange
|
Фондовая биржа
|
– qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
|
Forfeyting
|
forfeiting
|
Форфеyтинг
|
– uzoq muddatli faktoring munosabatlari.
|
Foyda normasi
|
profit rate
|
Норма прибыли
|
– foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasi.
|
Friksion ishsizlik
|
Frictional unemployment
|
Фрикционная безработиса
|
– malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o’rinlar bo’shashini kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik.
|
Inflyasiya
|
Inflation
|
Инфляция
|
– qog’oz pul birligining qadrsizlanishi.
|
Inflyasion farq
|
inflation gap
|
Инфляционныy разрыв
|
– yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori.
|
Intensiv iqtisodiy o’sish
|
Intensive economic growth
|
Интенсивныy экономическиy рост
|
– ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi.
|
Iste’molga o’rtacha moyillik
|
The average propensity to consume
|
Средняя склонность к потреблению
|
– shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
|
Ishsizlik darajasi
|
Unemployment rate
|
Уровен безработицы
|
– ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.
|
Ish haqi
|
Wage
|
Заработная плата
|
– ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
|
Ishchi kuchi
|
Work force
|
Рабочая сила
|
– insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi; insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi.
|
Ishsizlik
|
Unemployed
|
Безработные
|
– mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmagan ishchi kuchi.
|
Ishchi kuchi talabi
|
Demand for labor
|
Спрос на рабочую силу
|
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
|
Ishchi kuchini takror hosil qilish
|
The reproduction of the labor force
|
Воспроизводство рабочеy силы
|
– insonning mehnatga bo’lgan jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o’sishini ta’minlash, qarigan ishchilar o’rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini yetishtirish jarayoni.
|
Ishlab chiqarish
|
Production
|
Производство
|
– kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
|
Ishlab chiqarish funksiyasi
|
production function
|
Производственная функция
|
– ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o’rtasidagi bog’liqlik.
|
Ilmiy abstraksiya usuli
|
The method of scientific abstraction
|
Метод научноy абстракции
|
– tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi darajali narsalar, voqyea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish.
|
Import
|
Import
|
Импорт
|
– chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
|
Investisiya
|
Investments
|
Инвестиции
|
– ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilma.
|
Ipoteka krediti
|
Mortgage
|
Ипотечныy кредит
|
– ko’chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi qarz mablag’lari.
|
Ishlab chiqarish jarayoni
|
The production process
|
Процесс производства
|
– kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat.
|
Ishlab chiqarishni modernizasiyalash
|
Modernization of production
|
Модернизация производства
|
– ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.
|
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish
|
Public reproduction
|
Общественное воспроизводство
|
– jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
|
Ijtimoiy infratuzilma
|
social infrastructure
|
Социальная инфраструктура
|
– odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
|
Ijtimoiy to’lovlar
|
Social payments
|
Социальные платежи
|
– kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar.
|
Ijtimoiy siyosat
|
Social politics
|
Социальная политика
|
– davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni, iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosat.
|
Investisiyalar samaradorligi
|
soundness of investments
|
Эффективность инвестициy
|
– milliy daromad (foyda) o’sgan qismining investision sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
|
Iqtisodiy muvozanat
|
Economic equilibrium
|
Экономическое равновесие
|
– iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
|
Iqtisodiy o’sish
|
The economic growth
|
Экономическиy рост
|
– YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
|
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari
|
Economic growth
|
Показатели экономического роста
|
– iqtisodiy o’sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko’rsatkichlar tizimidan iborat.
|
Iqtisodiy o’sish mezoni
|
The criterion of economic growth
|
Критериy экономического роста
|
– iqtisodiy o’sishni nisbatan to’liq darajada baholash imkonini beradigan ko’rsatkichni xarakterlaydi.
|
Iqtisodiy o’sish omillari
|
Factors of Economic Growth
|
Факторы экономического роста
|
– iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatishda o’z o’rniga ega bo’lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
|
Iqtisodiy qonun
|
Economic laws
|
Экономические законы
|
– iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari, ularning o’zaro bog’liqligi.
|
Iqtisodiy yoki sof foyda
|
Economic or pure profit
|
Экономическая или чистая прибыл
|
– yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
|
Iqtisodiy mutanosiblik
|
Economic proportionality
|
Экономическая пропорциональность
|
– iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat o’lchamlarning mos kelishlik darajasi.
|
Iqtisodiy islohotlar
|
Economic reforms
|
Экономические реформы
|
– iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
|
Iqtisodiy jamg’arish
|
Economic savings
|
Экономическое сбережение
|
– milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’paytirish uchun sarflanib borishi.
|
Iqtisodiy uklad
|
economic structure
|
Экономическиy уклад
|
– turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritishning shakllari va turlari.
|
Iqtisodiy tizim
|
economic system
|
Экономическая система
|
– mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikdagi tizimi.
|
Iqtisodiy bitimlar
|
Economic transactions
|
Экономические сделки
|
– qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar.
|
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish
|
economy stabilizing
|
Стабилизация экономики
|
– tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish.
|
Iqtisodiyotni erkinlashtirish
|
liberalization of the economy
|
Либерализация экономики
|
– bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
|
State Regulation of Economy
|
Государственное регулирование экономики
|
– qonunchilik, ijro va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish maqsadi
|
The purpose of state regulation of economy
|
Цель государственного регулирования економики
|
– iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari
|
Methods of state regulation of the economy
|
Методы государственного регулирования экономики
|
– tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
|
Iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik
|
The marginal propensity to consume
|
Предельная склонность к потреблению
|
– daromad hajmining o’zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi.
|
Ishchi kuchi taklifi
|
Labor supply
|
Предложение рабочеy силы
|
– muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.
|
Jamg’arish
|
Saving
|
Сбережение
|
– aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’plab borilishi.
|
Jamg’arish normasi
|
The rate of savings
|
Норма сбережения
|
– jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
|
Jamg’arishga o’rtacha moyillik
|
The average propensity to save
|
Средняя склонность к сбережению
|
– shaxsiy daromadning jamg’arishga ketadigan ulushi.
|
Jamg’arishga keyingi qo’shilgan moyillik
|
The marginal propensity to save
|
Предельная склонность к сбережению
|
– daromad hajmining o’zgarishi natijasida jamg’arish hajmining o’zgarishi darajasi.
|
Jonlanish
|
recovery
|
Оживление
|
– iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o’tishini tavsiflovchi fazasi.
|
Kapitalning markazlashuvi
|
The centralization of capital
|
Централизация капитала
|
– bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishi.
|
Kasaba uyushmasi
|
trade union
|
Профсоюз
|
– ish beruvchi va ishga yollanuvchi o’rtasidagi mehnat munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkiloti.
|
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
|
Extended reproduction
|
Расширенное воспроизводство
|
– ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.
|
Laffer egri chizig’i
|
Laffer curve
|
Кривая Лаффера
|
– davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o’rtasidagi bog’liqlikning tasvirlanishi.
|
Lizing
|
leasing
|
Лизинг
|
– odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to’lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat kreditning pulsiz shakli.
|
Lorens egri chizig’i
|
Lorenz curve
|
Кривая Лоренса
|
– daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy jihatdan ifodalovchi geometrik egri chiziq.
|
Makroiqtisodiyot
|
Macroeconomics
|
Макроэкономика
|
– moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
|
Ma’naviy boylik
|
Spiritual wealth
|
Духовное богатство
|
– ashyoviy-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.
|
Mehnat predmetlari
|
labor оbjects
|
Предметы труда
|
– bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar.
|
Mehnat unumdorligi
|
productivity
|
Производительность труда
|
– ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati.
|
Milliy daromad(MD)
|
National income (ND)
|
Национальныy доход (НД)
|
– yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning puldagi ifodasi bo’lib, hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
|
Milliy boylik
|
National wealth
|
Национальное богатство
|
– insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.
|
Milliy hisoblar tizimi
|
System of National Accounts
|
Система национальных счетов
|
– milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizimi.
|
Mulkdan foydalanish
|
The use of property
|
Пользование собственностью
|
– mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
|
Mehnat qurollari
|
Tools
|
Орудия труда
|
– inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
|
Modernizasiyalash
|
Modernization
|
Модернизация
|
– jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui.
|
Moliyaviy siyosat
|
financial policy
|
Финансовая политика
|
– davlatning o’z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar majmui.
|
Moliyaviy munosabatlar
|
financial relations
|
Финансовые отношения
|
– davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o’rtasida pul mablag’lari fondlarining harakati bilan bog’liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
|
Moliya tizimi
|
Financial system
|
Финансовая система
|
– moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
|
Mulkka egalik qilish
|
ownership of property
|
Владение собственностью
|
– mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning iqtisodiy shakli.
|
Mulkchilik munosabatlari
|
property relations
|
Отношения собственности
|
– mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
|
Multiplikator samarasi
|
The multiplier effect
|
Эффект мультипликатора
|
– bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning yalpi sarflardagi o’zgarishga nisbati.
|
Narx
|
Price
|
Цена
|
– real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi.
|
Nominal YaIM
|
Nominal GDP
|
Номинальныy ВВП
|
– joriy narxlarda hisoblangan YaIM.
|
Nominal daromad
|
nominal income
|
Номинальныy доход
|
– aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
|
Oddiy takror ishlab chiqarish
|
Simple reproduction
|
Простое воспроизводство
|
– ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishi.
|
Ouken qonuni
|
Okun's Law
|
Закон Оукена
|
– ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
|
Pul tizimi
|
monetary system
|
Денежная система
|
– tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan, mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish shakli.
|
Pul
|
Money
|
Деньги
|
– umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar.
|
Pul muomalasi
|
Money turnover
|
Денежное обращение
|
– tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakati.
|
Real YaIM
|
Real GDP
|
Реальныy ВВП
|
– narxlarning o’zgarishini hisobga olib, o’zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM.
|
Real daromad
|
real income
|
Реальныy доход
|
– narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga yetadigan quvvati, ya’ni aholi daromadining xarid quvvati.
|
Real ish haqi
|
Real wages
|
Реальная заработная плата
|
– nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
|
Reeksport
|
reexport
|
Реэкспорт
|
– biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilishi.
|
Reimport
|
reimport
|
Реимпорт
|
– iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
|
Tarkibiy inqirozlar
|
Structural crises
|
Структурные кризисы
|
– iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.
|
Tarkibiy ishsizlik
|
Structural unemployment
|
Структурная безработица
|
– ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o’zgarishlar natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
|
Qimmatli qog’ozlar bozori
|
Stocks and bods market
|
Рынок ценных бумаг
|
– turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligasiya, veksel, chek, depozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati.
|
Qo’shilgan qiymat
|
Added value
|
Добавленная стоимост
|
– ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
|
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi
|
Agricultural production infrastructure
|
Селскохозяyственная производственная инфраструктура
|
– bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar.
|
Qiyosiy narx
|
Comparable prices
|
Сопоставимые цены
|
– ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.
|
Sof milliy mahsulot (SMM)
|
Net National Product (NNP)
|
Чистыy национальныy продукт (ЧНП)
|
– yil davomida jonli mehnatning unumli harakati bilan yaratilgan yangi mahsulotdir.
|
Soliq
|
Tax
|
Налог
|
– jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli.
|
Soliq stavkasi
|
tax rate
|
Ставка налога
|
– soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining foizdagi ifodasi.
|
Ssuda kapitali bozori
|
The market of loan capital
|
Рынок ссудного капитала
|
– pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga berish bo’yicha oldi-sotdi munosabati.
|
Shaxsiy daromad
|
Personal income
|
Личныy доход
|
– milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
|
Shaxsiy iste’mol
|
private consumption
|
Личное потребление
|
– iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
|
Umumiy mahsulot
|
Total product
|
Общиy продукт
|
– jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi.
|
Unumli iste’mol
|
productive consumption
|
Производительное потребление
|
– ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.
|
Uy xo’jaliklari
|
Households
|
Домашние хозяyства
|
– iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik.
|
Valyuta birjasi
|
Currency exchange
|
Валютная биржа
|
– milliy valyutalar kurslari bo’yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
|
Valyuta kursi
|
Exchange rate
|
Валютныy курс
|
– bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan narxi.
|
Xalqaro kredit
|
international credit
|
Международныy кредит
|
– ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakati.
|
Xalqaro valyuta tizimi
|
International monetary system
|
Международная валютная система
|
– xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
|
Xrapovik samarasi
|
ratchet effect
|
Эффект храповика
|
– yalpi talab oshganda narxning o’rtacha darajasi ko’tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pasayish tamoyiliga ega bo’lmasligini ifodalovchi ko’rsatkich.
|
Xo’jaliklararo kredit
|
off-farm credit
|
Межхозяyственныy кредит
|
– bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga berilib, ularning kapital qurilish, qishloq xo’jalik sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xo’jalik hisobi bo’g’inlari bilan munosabatlariga xizmat qiluvchi qarz mablag’lari.
|
Xufyona iqtisodiyot
|
Shadow economy
|
Теневая экономика
|
– YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
|
Xususiylashtirish
|
privatization
|
Приватизация
|
– mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o’tishi.
|
Xususiy muvozanatlik
|
|