Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə17/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Sx=M – X yoki Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko’proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko’chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg’armalarning umumiy yig’indisi investisiyalarga teng bo’ladi:
Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T) -C + ( T – TR – N )) - G + (-Xn)
yoki
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn
S = C + I + G - Xn - C - G - Xn
S = I
Demak, iqtisodiyotdagi investisiya xarajatlari nafaqat ichki jamg’armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg’armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o’sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.


2.4. Nominal va real YaIM

Iqtisodiyotda mavjud bo’lgan inflyatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko’rsatkich dinamikasi bir vaqtning o’zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o’zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o’zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi.


Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo’yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko’rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko’rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko’rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o’laroq milliy iqtisodiyotda juda ko’p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir vaqtning o'zida taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o’zgarishi koeffisiyenti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy Iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun:
-deflyator (Paashe indeksi);
-iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
-sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin