I = f(Y), ya’ni investisiyalar (I) YaMM (Y) ning funksiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
I = Ireja+ γY bu yerda: Ireja – rejalashtirilgan investisiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Δ I It –I t-1 γ = ------ = ------------ Δ Y Yt - Yt-1 Akseletator modelini hisobga olib, investisiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
I = e - dR + γY YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona foydasi investisiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investisiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo’sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investisiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investisiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi.
Daromad o'zgarishining investitsiya hajmining o'zgarishiga bog'liqligini aniqlash uchun indikator sifatida investitsiya multiplikatori (M) ishlatiladi. Multiplikator (multiplikator, koeffitsient) atamasi iqtisodiy nazariyaga 1931 yilda ingliz iqtisodchisi R.Kan tomonidan kiritilgan. U investitsiyalarning ko'payishi bilan milliy mahsulot yoki daromadning o'sish hajmini ko'rsatadi. Quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
ΔYaMM M = ------------100 Δ I bu yerda: ΔYaMM - YaMM hajmining o'zgarishi; ΔI - investitsiyalar hajmining o'zgarishi.
Multiplikator samarasi shundaki, investitsiyalarning ko'payishi investitsiyalarning dastlabki o'sishidan kattaroq hajmga milliy mahsulot yoki daromadning o'sishiga olib keladi.
O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar 1. "Avtonom iste'mol" nima?
2. Iste’mol va jamg’arish grafiklaririni izohlang.
3. Iste'molga o'rtacha va chekka moyillik qanday aniqlanadi?
4. Jamg'arishga o'rtacha va chekka moyillikni qanday tushunasiz?
5. "Yalpi" va "sof investitsiya" tushunchalarining mohiyatini tushuntiring. Haqiqiy investitsiyalar qanday ifodalanadi?
6. Qaysi mablag’larni investisiya tarkibiga kiritamiz?