Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


ΔU=Resession uzilish miqdori * Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə50/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104
ΔU=Resession uzilish miqdori * Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
YaIMni to’liq bandlikning noinflyasion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo’lgan miqdor inflyasion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potensial (U*) hajmidan ko’p bo’lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo’lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o’rtasida inflyasion uzilish ro’y beradi (7.4-chizma).. Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda jami talabni cheklash zarur.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.
7.4-chizma.
Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o’rtasidagi
inflyasion uzilish


Ye Y=E
E1=C+I+G+Xn
A E2=E1-ΔYe
Ye

B
inflyasion


uzilish
45
Y* Y0 Y
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan V nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarish quyidagicha bo’ladi:
ΔU= Inflyatsion uzilish miqdori * Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori.


O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar

  1. Makroiqtisodiy muvozanat to’g’risida klassik nazariyaning mohiyatini tushuntirib bering.

  2. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada va klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada?

  3. Avtonom xarajatlar deganda nimani tushunasiz?

  4. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlarga ta’rif bering.

  5. Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlovchi mexanizmga izoh bering.

  6. Multiplikativ samara nima sababdan ro’y beradi.

  7. Resession uzilish qanday vaziyatlarda ro’y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?

  8. Inflyasion uzilish qanday vaziyatlarda ro’y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?

  9. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli va AD-AS modelini taqqoslang.


Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin