Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə70/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104
O'z-o'zini tekshirish va muhokama uchun savollar
1. Markaziy bank va tijorat banklari funksiyalarini tushuntirib bering.
2. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
3. Ochiq bozordagi operasiyalarning pul taklifiga ta’siri mexanizmini tushuntirib bering.
4.Qayta moliyalash stavkasining o’zgartirilishi pul taklifiga qanday ta’sir etadi?
5. Majburiy zahiralash normasi qaysi maqsadlarda qo’llaniladi va uning pasaytirilishi oqibatlari qanday?
6. Pul-kredit siyosatining yetkazish mexanizmini tushuntirib bering.
7. Yumshoq va qattiq pul kredit tsiyosati tushunchalariga izoh bering.
8. Fiskal va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishning muhimligi nimalar bilan izohlanadi?
XI MAVZU. IQTISODIY O’SISH VA IQTISODIYOTDA DINAMIK MUVOZANAT
11.1. Iqtisodiy o’sish tushunchasi, o’lchanishi, omillari va tiplari

Iqtisodiyot hech qachon bir joyda turmaydi. Ammo makroiqtisodiy tahlilda muvozanat tushunchasi ishlatilib, bu makrotizimning tegishli holatini anglatadi. Bunday holda, u aylanma modeli doirasidagi barcha oqimlar va zaxiralarning nisbatlarining o'zgarmasligi bilan tavsiflanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish iqtisodiy o'sishni nazarda tutadi.


Iqtisodiy o’sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko’payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi.
Iqtisodiy o'sish - bu ma'lum vaqt davomida YaMM (YaIM) hajmining miqdoriy va sifat jihatidan o'zgarishi yoki milliy iqtisodiyotning izchil rivojlanishini anglatadi.
Iqtisodiy o’sish muammosini o’rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Demak, iqtisodiy o’sish omillari va ular samaradorligini o’rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o’sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan o’lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YaIM ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Y t
Y= ------- x 100
Yt-1
Bunda joriy yildagi real YaIM (Y t) hajmining bazis yildagiga ( Yt-1 ) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko’rinishidagi o’sishi aniqlanadi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YaIM ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida YaIM o’rniga SIM, YaMD, SMD ko’rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o’sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investisiyalarga bo’linishiga bog’liq deb qaraladi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investisiyalar hajmining o’zgarishi resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste’mol va investisiya o’rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investisiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o'sishni o'lchashning asosiy ko'rsatkichlari:
o'sish koeffisenti- o'rganilayotgan davr ko'rsatkichining bazis davr ko'rsatkichiga nisbati;
o'sish sur'ati - o'sish sur'ati 100% ga ko'paytirildi;
qo’shimcha o'sish sur'ati - o'sish sur'ati minus 100%.
Iqtisodiy o’sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o’lchanadi..
Har bir mamlakat iqtisodiy o’sishga intiladi, chunki iqtisodiy o’sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko’payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo’lishiga, to’rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro’sining oshishiga olib keladi.
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o’sishi sur’atlarini, ko’lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o’sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o’sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari iqtisodiy o’sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:

  • tabiiy resurslar soni va sifati;

  • mehnat resurslari soni va sifati;

  • asosiy kapital hajmi;

  • texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;

  • jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..

Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko’proq yalpi talab bilan belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko’proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o’sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi.
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar talab va taqsimot omillari (bilvosita omillar) kiritiladi:

  • bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;

  • iqtisodiyotdagi soliq muhiti;

  • kredit-bank tizimi samaradorligi;

  • iste’mol, investisiya va davlat xarajatlarining o’sishi;

  • eksport hajmining o’sishi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;

  • daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.

  • Agar o’sish qo’shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o’rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy o’sish deb ataladi.

Ekstensiv iqtisodiy o’sish yangi korxonalar, yo’llar, elektrostansiyalar qurish, yangi yerlarni o’zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qo’shimcha jalb etish kabilar hisobiga ta’minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma’lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo’yadi.
YaIMning o’sishi iqtisodiyotda band bo’lganlar sonidan yuqori sur’atga ega bo’lsa intensiv iqtisodiy o’sish ro’y beradi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog’liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko’zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo’ladi:

  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;

  • xodimlar malakasini oshirishda;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda.

Iqtisodiy o’sishning bu ikki tipi sof holda ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko’proq ekstensiv, yoki ko’proq intensiv bo’lishi mumkin.



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin