Fan boʻyicha talabaning bilimiga, koʻnikma va malaksiga
qoʻyiladi. Talabalar:
- Statistika predmeti va metodining o`ziga hos hususiyatlari; ommaviy hodisa, uning muhim belgilari; statistik usuli; statistic taqdimot va uning bosqichlari; hozirgi zamon O`zbekiston Respublikasi davlat statistikasi va xalqaro statistika; statistic kuzatishning mohiyati va ahamiyati; statistic kuzatishni tashkil etish ta`moillari haqida tasavurga ega bo`lish;
- Variatsiya ko`rsatkichlarini hisoblashni: asimetriya koefisenti va uni aniqlash tartibini; taqsimot eksytessi, uning mohiyati va darajasini miqdoriy baholashini; tanlama kuzatish, uning mazmuni, qo`llanish sabablari va afzalliklarini; tanlama reprezentativligini ta`minlovchi tanlash usullarini; koreatsion – regression tahlil usullarini amaliyotda qo`llashni bilishi va ulardan foydalana olish;
-statistika amaliyotida qo`llanadigan iqtisodiy indekslarni hisoblash; YaIM difelatori va agregat indekslarini foydalanish; iste`mol baholari indeksini tuzish; milliy hisoblar tizimi (MHT) – iqtisodiy statistikaning asosiy uslubidan foydalanish; MHT mohiyati, axamiyati va funksiyalarini aniqlash; MHTning asosiy kategoriyalari va tushinchlarini tahlil etish; MHT ni asosiy hisoblamalari va ularni ko`rsatkichlarini hisoblash va amaliyotda qo`llash ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi
mt.samdu.uz sayti orqali professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa o‘rnatilgan
Professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina Samarqand davlat universetiti xududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha