Mavzu Texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari
2. Respublikada texnik ijodkorlikning tashqiliy asoslari O’zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi O’zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi Qonunga munofiq sanoat mulki ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Patent idorasi sanoat mulk ob’ektlarga talabnomalarini ko’rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo’yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasini o’tkazadi, ularni davlat ro’yxatiga oladi, ushbu Qonunning ko’llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi. Patent idorasining faoliyatini mablag’ bilan ta’minlashning manbai Davlat byudjeti mablag’idan patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan hakdan iboratdir. Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish .Sanoat mulki ob’ektiga bo’lgan huquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo’ladi hamda ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi (patent, dastlabki patent, guvohnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi. Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki ob’ektini yaratgan bo’lsa, patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga bo’lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo’lib talabnoma topshirgan shaxsga beriladi. Ob’ekt muallifi, basharti o’zining ob’ektiga nisbatan g’ayrihuquqiy ravishdagi o’zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan, yohud patent, dastlabki patent yoki guvohnoma olingan bo’lsa sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yohud uning huquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma o’ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir. Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o’tkazilganidan keyin, patent esa, ob’ekt mohiyatan ekspertizadan o’tkazilgandan so’ng beriladi. Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentining haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlak huquqini tasdiklaydi. 14 Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o’ziga xosligini, patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlak huquqini tasdiklaydi. Patentning huquqiy muhofazasi butunlay yoki kisman haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb da’vo qila yotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi. Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki ob’ektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlak huquqini tasdiklaydi. Patent egasining mutlak huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma hakidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida» qonun qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa o’n yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga ko’ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’ekti patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko’ra ob’ekt mohiyatan ekspertizadan o’tkazilgadan so’ng berilishi mumkin. Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki ularning kombinastiyasi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib boriladi. 15 Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’ektiga beriladigan va muayyan hududda, muayyan vakt oralig’ida amal qila digan muhofaza hujjatidir. Patent, o’z mohiyatiga ko’ra, ob’ektlarga mutlak egalik huquqini beradigan hujjat bo’lganligi sababli muayyan davlatda bunday mutlak huquqlarni berish masalasi shu davlatning alohida vakolati hisoblanadi. Ma’lumki, bir davlatning patenti ikkinchi davlatning hududida amal qila olmaydi. Tarixdan ma’lumki, patent huquqi instituti intellektual mulkning birinchi instituti bo’ldi. Lekin bugungi kunda ham boshqa muhofaza hujjatlari bilan bir katorda patentning muhimligini hisobga olib, sanoat mulkini norasmiy tarzda patent huquqi deb ataydilar. Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, xususan sanoat ob’ektiga muhofaza hujjati - patent, guvohnoma va boshqalarni olish uchun eng avvalo muhofaza hujjati berilishi uchun tegishli talabnomani to’g’ri rasmiylashtirish va uni patent berilishi so’ralayotgan ob’ektning belgilangan mezonlarga munofiqligini ekspertizadan o’tkazadigan (patentga layokatliligini tekshiradigan) va ekspertiza natijalari bo’yicha ob’ektni rasmiy ro’yxatga oladigan, ob’ektning patentga layokatliligini e’lon qila digan va unga patent beradigan vakolatli davlat organiga topshirish zarur. Tabiiyki, bunday ekspertizadan o’tmagan (patentga layokatsiz) ob’ektlarga muhofaza hujjati berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Sanoat mulki huquqlari bo’yicha bunday davlat organlari intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish qabul qilingan barcha mamlakatlarda mavjud bo’lib, patent idoralari deb ataladi. Patent idoralari ixtisoslashgan davlat tashqiloti bo’lib, sanoat mulki ob’ektlariga talabnomalarni qabul qila di, ularni ekspertizadan o’tkazadi, davlat ro’yxatlga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy materiallarni nashr etadi, shuningdek intellektual mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi boshqa vazifalarni bajaradi. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, sanoat mulki huquqlarini muhofazalash ob’ekt yaratilgandan so’ng emas, balki unga muhofaza hujjati olingandan so’ng 16 kuchga kiradi. Odatda, bunday hujjatning amal qilish muddati muayyan sanadan sanoat mulki ob’ektining ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanadi. Har bir patent uning egasi yoki unga xususiy egalik qiluvchi muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsga beriladi. Patent egasi - patentning xususiy egasi va ushbu patentdan kelib chiqadigan mutlak huquqlarning egasidir. Patent o’z egasiga sanoat mulki ob’ektlariga quyidagi alohida huquqlarni ob’ektga egalik qilish, boshqarish va foydalanish bo’yicha mutlak huquqni beradi. Alohida huquqlar muhofazalangan ixtiro, sanoat namunasi va hokazolardan hech kim ruxsatsiz foydalana olmasligini (tayyorlash, sotish va hokazo) bildiradi. Shuni tushunib olish zarurki, patent turli ifoda shakllariga ega bo’lgan texnik mohiyatni muhofaza qila di, sanoat mulki ob’ektiga alohida huquqlar esa patent egasining muayyan tovar, buyumga egalik huquqi bor-yo’qligidan qat’iy nazar amal qiladi. Ko’rinib turibdiki, patent o’z egasiga juda muhim huquqlarni beradi, shuning uchun patentning amal qilish muddatini vaqt bo’yicha cheklash mantiqan to’g’ri bo’lib, aks holda bu mutlaq huquqlar yoki monopoliya raqobat cheklanganligi sababli jamiyatning yanada rivojlanishida to’siqqa aylanishi mumkin. Masalan, ixtiroga beriladigan patentning amal qilish muddati chegaralangan bo’lib, o’rtacha 20 yilni (boshqa mamlakatlarda turlicha) tashqil etadi. Bundan kelib chiqadiki, boshqa shaxsning intellektual mulk ob’ekti bo’lgan ob’ektdan foydalanishni istagan har qanday boshqa shaxs faqat bitta qonuniy imkoniyatga ega, ya’ni buning uchun ushbu ob’ekt egasining roziligi (ruxsati)ni olishi zarur. Bunda foydalaniladigan ob’ekt, foydalanish muddati va to’lovlarni aniq belgilab olish uchun foydalanishga berilgan ruxsatnoma - listenziya bitimi yoki listenziya rasmiylashtirilishi zarur. Listenziya bu patent egasining boshqa shaxslar bilan alohida huquqlarining bir qismini sotish (berish) bo’yicha tuzgan huquqiy bitimi (shartnomasi)dir. Tegishlicha amaliyotda kelishuvchi tomonlarni belgilash uchun quyidagi umumqabul qilingan atamalardan foydalaniladi: Listenziar - listenziya sotuvchi. Listenziat - listenziya sotib oluvchi. 17 XX asrda intellektual mulk ob’ektlariga listenziyalar bilan savdo qilish alohida ahamiyat kasb etdi va industriya uchun yangi texnologiyalarning manbai bo’lib, savdo-sotiqning rivojlanishi va bir mamlakatdan ikkinchisiga investistiyalar oqib kirishiga turtki bo’ldi. Listenziya savdosi - bu zamonaviy texnologik almashinuv, demak, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning harakatlantiruvchi kuchidir. Patent axboroti bu eng zamonaviy texnik yutuqlardan to’la hajmda va imkon qadar tez foydalanish demakdir. Patent axboroti nafaqat ilmiy-texnik, balki katta tijorat qimmatiga ega. Patent axboroti o’z ichiga texnik axborot, huquqiy axborot, iqtisodiy va boshqa axborot turlarini oladi. Aholining patent axborotidan foydalanishini yengillashtirish uchun ixtisoslashgan patent jamg’arma va patent ma’lumotlar bazalari ishlab turibdi. Ular patent axborotini qidirish va zarur ma’lumotlarni tahlil qilishni osonlashtirish uchun ularni tartibga soladi va saqlaydi. IMOni muhofazalash sohasida O’zbekiston qonunchiligi. Alohida huquqlar. Muhofaza hujjatlarining turlari. Muhofaza muddatlari Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan bog’lik huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi. Intellektual faoliyat natijalariga mulkchilik huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qonuniy baza Fuqarolik Kodeksining (1996 yil 29 avgustda tasdiklangan) " Intellektual mulk" IV bo’limida o’z aksini topgan. Respublikamiz fuqaro qonunchiligi hujjatlari "piramidasining" keyingi bosqichdai bevosita amal qila digan qonunlar bo’lib, ular Fukarolik kodeksining qoidalari asosida ayrim intellektual mulk ob’ektlari bo’yicha muhofaza hujjatlari olish va foydalanishning muayyan tartibini belgilab beradi. Masalan, O’zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog’lik masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qila di: 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to’g’risida"gi qonun; 1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida"gi qonun; 18 1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan "Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari to’g’risida"gi qonun; 1994 yil 6 mayda qabul qilingan "EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to’g’risida"gi qonun; 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Selekstiya yutuklari to’g’risida"gi qonun. 2001 yil 12 mayda qabul qilingan "Integral mikrochizmalar topologiyasi huquqiy muhofazalash to’g’risida"gi qonun. Intellektual mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi "qonunchilik piramidasi"ni vakolatli vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari yakunlaydi. Odatda, aynan ana shu hujjatlar bilan intellektual mulk ob’ektlariga muhofaza olish bilan bog’lik ayrim jarayonlar mexanizmi tartibga solinadi. Talabnomalarni tuzish va berish qoidalari, davlat ekspertizalarini o’tkazish bo’yicha turli yo’riknomalar bunday hujjatlarga misol bo’la oladi. Intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlar nimadan iborat? Intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlar fukaro yoki yuridik shaxsning shu ob’ektga alohida huquqlaridir. Birinchi bobda kayd etib o’tganimizdek, alohida huquqning mohiyati shundan iboratki, intellektual mulk ob’ekti egasi o’zining ixtiyoriga ko’ra bu ob’ektdan yakka o’zi istalgan shaklda va istalgan usulda foydalanishi mumkin. Faqat alohida huquqlar egasi intellektual mulk ob’ektidan boshqa shaxslar foydalanishiga ruxsat berishi yoki man qilishi mumkin. Muhofazalanadigan intellektual mulk ob’ektidan foydalangan holda yaratilgan mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, ko’llanish, olib kirish, saqlash, sotishga taklif etish, sotish va boshqa har qanday yo’l bilan xo’jalik oborotiga boshqacha tarzda kiritish, shu jumladan patentlangan usulni ko’llanish, yoki bevosita shu usul bilan tayyorlangan mahsulotni xo’jalik oborotiga kiritish alohida huquqlarni buzish hisoblanadi. Intellektual mulk ob’ekti har qanday holda ham qandaydir moddiy shaklda ifodalanishini kayd etib o’tish zarur. Masalan, muayyan dvigatel shaklidagi ixtiro, musika asari moddiy eltuvchi - audiokasseta yoki nota shaklida yozilishi mumkin. Lekin alohida huquqlar o’z egasiga muhofazalangan intellektual mulk ob’ekti o’z 19 aksini topgan moddiy ob’ektdan (masalan, muayyan mashina, uskunalar) cheksiz foydalanish huquqini bermaydi. Shunday vaziyat ham bo’lishi mumkinki, intellektual mulk ob’ekti, masalan ixtirodan (ixtiro yangi ichki yonuv dvigateli deb tasavvur qila miz) dvigatel ekologik standartlarga munofiq emasligi, sertifikastiyadan o’tmaganligi sababli umuman foydalanib bo’lmaydi. Bundan tashqari, shunday holatlar bo’ladiki, dvigatelda o’ziga xos karbyuratordan foydalanilgan, u esa o’z navbatida boshqa shaxsning intellektual mulki bo’lishi mumkin. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intellektual mulkdan foydalanish amaldagi qonunchilik, shuningdek boshqa shaxslarning qonuniy alohida huquqlari buzilishiga olib keladigan hollarda intellektual mulkdan foydalanish mumkin emas. Lekin foydalanish mumkin emas, degani mulk egasining alohida huquqlari cheklanishini bildirmaydi. Chunki bunday hol vaktincha bo’lishi mumkin, masalan ekologik standartlar o’zgarishi, rakobatchi patentning harakatlari boj to’lanmaganligi sababli to’xtatib ko’yilishi mumkin va hokazo. Bundan kelib chiqadiki, intellektual mulk ob’ektiga alohida huquqlar ular o’z ifodasini topgan moddiy ob’ektga egasining mulkiy huquqlari bor-yo’qligidan kat’iy nazar amal qila veradi. Mualliflik huquqidan farkli ravishda sanoat mulki ob’ektlariga huquqlar bunday ob’ektlarga muhofaza hujjatlari olingandan keyingina huquqiy muhofazalanadi. Qonunda sanoat mulkining turli ob’ektlariga muhofaza hujjatlarining bir necha turi ko’zda tutilgan bo’lib, O’zbekistonda quyidagi muhofaza hujjatlari amal qila di: ixtiroga patent - ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma yil mobaynida amal qila di, mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi; ixtiroga dastlabki patent - dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qila di. Talabnoma beruvchining mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazish to’g’risidagi iltimosiga ko’ra patentga aylantirilishi mumkin; sanoat namunasiga patent mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qila di, patent 20 egasining iltimosi bilan amal qilish muddatini yana besh yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab koladi; sanoat namunasiga dastlabki patent dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qila di. Dastlabki patent egasining iltimosiga ko’ra patentga aylantirilishi mumkin. Foydali modelga patent dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 5 yil mobaynida amal qila di va talabnoma beruvchining iltimosiga ko’ra yana uch yilga uzaytirilishi mumkin. Tovar belgisiga guvohnoma ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va belgining ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qila di va har safar 10 yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab koladi. O’z ixtiro, sanoat namunalari, tovar belgilarini muhofazalash uchun qanday xatti-harakatlarni ko’llash zarur degan savol tug’iladi? Qonun bilan muhofaza hujjatlari olish uchun zarur maxsus tartiblar belgilab berilgan. Eng avvalo muhofaza hujjati (patent, dastlabki patent, guvohnoma) berishga tegishli talabnomani tuzish va uni Patent idorasiga takdim etish zarur. Bunda masalan, ikki ixtirochi bir-biridan mustaqil ravishda bir-biriga o’xshash ixtiro yaratgan bo’lsa, bu bir xil ob’ektga egalik huquqi kim birinchi bo’lib to’g’ri tuzilgan talabnomani Patent idorasiga takdim etsa, o’sha kishiga tegishli bo’ladi. Unda ustuvorlik bor deb hisoblanadi. Ob’ektning ustuvorligi - qonunchilikka munofiq ravishda belgilanadigan vakt bo’yicha birinchilikdir. Muhofaza hujjatlari olish uchun talabnoma berish, shuningdek boshqa yuridik harakatlarni va tartiblarni amalga oshirish uchun talabnoma beruvchi davlat patent bojlarini to’lashi zarurligini kayd etib o’tamiz. Patent bojlari to’lanadigan harakat va tartiblar ro’yxati, ularning mikdori va to’lash muddatlari, shuningdek bojlarni to’lashdan ozod qilish, bojning mikdorini kamaytirish yoki kaytarib olish uchun asosnomalar Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishgan holda belgilanadi. 21 Qonunga munofiq patent olish uchun quyidagilar talabnoma berishi mumkin: - sanoat mulki ob’ekti muallifi (mualliflari) yoki uning merosxo’ri; - muallifning vorisi, ya’ni muallif shartnoma asosida o’z huquqlarini bergan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs; - muayyan ixtiro, foydali model va hokazo xodim o’z xizmat vazifasini bajarayottan vaktda yaratilgan hollarda muallifning ish beruvchisi (firma, korxona). Yana bir marta kayd etib o’tamizki, huquqlarning berilishi muallif hamda ish beruvchi o’rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak. Patent idorasi intellektual mulk ob’ektlariga talabnomalarni ko’rib chiqish uchun qabul qila di va davlat ekspertizasini o’tkazadi. Davlat ekspertizasini o’tkazish ko’p bosqichdali jarayon bo’lib, unda talabnoma beril-gan ob’ektning belgilangan talablarga munofiqligi tekshiriladi. Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalariga patent, dastlabki patent olish uchun berilgan talabnomalar bo’yicha davlat ilmiy-texnika ekspertizasi o’tkaziladi, u rasmiy, dastlabki va mohiyati bo’yicha ekspertizaga bo’linadi. Ixtiro, sanoat namunalariga dastlabki patentlar, shuningdek foydali modelga patent dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng, ixtiro va sanoat namunalariga patentlar esa mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi. Mohiyati bo’yicha ekspertiza talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko’ra o’tkaziladi, bunday iltimosnoma patent olish uchun talabnoma berilgan sanadan boshlab 12 oy mobaynida berilishi mumkin. Mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazish to’g’risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi yoki boshqa shaxs tomonidan dastlabki latent olish uchun talabnoma berilgan sanadan boshlab istalgan vaktda, lekin dastlabki patentning amal qilish muddati tugamasidan oldin berilishi mumkin. Rasmiy ekspertiza vaktida birinchi navbatda talabnomaning to’g’ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi. Masalan, talabnomaning to’liqligi (zarur hujjatlarning mavjudligi, talab etiladigan nusxalar soni va hokazo) tekshiriladi, oldindan noto’g’riligi ma’lum bo’lgan talabnomalar (masalan, sanoat namunasi taklif etiladi, lekin ixtiroga patent berilishi so’raladi) ajratiladi, shuningdek boshqa rasmiy jihatlari (muallifning imzosi, talabnoma beruvchi korxona muhri va 22 hokazolar mavjudligi) tekshiriladi. Rasmiy ekspertiza natijasida to’g’ri rasmiylashtirilgan talabnomaning berilgan sanasi bo’yicha ob’ektning ustuvorligi belgilanadi. Ekspertizaning keyingi bosqichdalari dastlabki ekspertiza (dastlabki patentlarga talabnomalar uchun) va mohiyati bo’yicha ekspertiza (patentga talabnomalar uchun)dir. Bu ekspertizalar vaktida patent so’ralayotgan ob’ektning belgilangan patentga layokatlilik mezonlariga mosligi tekshiriladi. Agar ob’ekt patentga layokatlilik mezonlariga mos bo’lsa, u tegishlicha ixtiro, foydali model, sanoat namunasi deb tan olinadi. Qonunga munofiq ko’rsatilgan ob’ektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan: •ixtirolar uchun - uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda ko’llanilishi; •foydali model uchun - uning yangiligi va sanoatda ko’llanilishi; •sanoat namunasi uchun - uning yangiligi, o’ziga xosligi va sanoatda ko’llanilishi. Patent ekspertizasi o’tkazish vaktida foydalaniladigan eng muhim tushuncha texnika darajasi tushunchasidir. Texnika darajasi o’z ichiga ixtironing ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun ma’lum bo’lgan va barcha foydalanadigan ma’lumotlarni oladi. Dastlabki ekspertizaning mohiyat jihatidan ekspertizadan farki eng avvalo shundaki, dastlabki ekspertiza vaktida talabnoma berilgan ob’ektning (ixtiro, foydali model) mahalliy yangilik talablariga munofiqligi tekshiriladi, ya’ni patent ekspertlari faqat O’zbekistondagi mavjud patent hujjatlarini tekshiradilar, mohiyat jihatidan ekspertizada esa ob’ektning jahon texnika darajasiga munofiqligi tekshiriladi. Dastlabki ekspertiza va mohiyat jihatidan ekspertiza o’tkazishning belgilangan me’yoriy muddatlari tegishlicha 3oy va 2 yilni tashqil etadi. Talabnoma beruvchilar uchun bu jarayonlarni tezlashtirish, "tezlashtirilgan ekspertiza" o’tkazish mumkin, buning uchun belgilangan patent bojlarini to’lash zarur. Tovar belgisini berish to’g’risidagi talabnomalar bo’yicha ekspertiza tovar belgisini dastlabki ekspertiza va talabnomada ifodalamgan belgini ekspertizadan o’tkazishdan iborat. Dastlabki ekspertiza talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan 23 sanadan boshlab bir oylik muddat ichida, ifodalangan belgini ekspertiza esa dastlabki ekspertiza tugallangandan so’ng talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan boshlab o’n ikki oy mobaynida o’tkaziladi, bunda belgining tovar belgilarini ro’yxatga olish shartlariga munofiqligi tekshiriladi. Sanoat mulki ob’ektlarini ekspertizadan o’tkazish jarayonida ekspertlar talabnoma beruvchidan etishmagan, talabnomaga aniqlik kirituvchi materiallarni so’rab olish va boshqa masalalarda murojaat qilish huquqiga egadirlar. Patent idorasi o’tkazilgan davlat ekspertizasi natijalari bo’yicha muhofaza hujjatlari - patent, dastlabki patent, guvohnoma berish to’g’risida qaror qabul qila di yoki bunday hujjatlarni berishni rad qila di. Agar ijobiy qaror qabul kilinsa, Patent idorasi tegishli sanoat mulki ob’ektini Davlat reestrida Davlat ro’yxatiga oladi va "Rasmiy axborotnoma" byulletenida patentlangan ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni chop etadi. Patent idorasi ma’lumotlar rasmiy ravishda chop etilgandan so’ng uch oy o’tgach patent egasiga (yoki tovar belgisi egasiga) muhofaza hujjati, tegishlicha patent, dastlabki patent yoki guvohnoma beradi. Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma O’zbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi. Shuni kayd etib o’tish kerakki, hamma vakt bitta ob’ektga faqat bitta muhofaza hujjati (patent, dastlabki patent yoki guvohnoma) beriladi. Agar patentning egasi bir nechta bo’lsa (masalan, ikki firma yoki ikki ham-muallif) ular bitta patent oladilar. Bunda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizoli masalalarni, masalan, hujjatning asli va nusxalari kimda bo’lishini o’zaro kelishib oladilar, yoki ular asl nusxani navbati bilan o’zlarida saqlashlari mumkin va hokazo. Qayd etib o’tamizki, keyinchalik patent egasi patent yoki dastlabki patentni kuchda saqlab turish uchun muntazam ravishda boj to’lab turishlari shart, boj to’lamaslik muhofaza hujjatining amal qilishi to’xtashiga olib kelishi mumkin. Patent, dastlabki patent quyidagi hollarda ham amal qilishdan to’xtatilishi mumkin: • patentning amal qilish muddati tugagach; • patent, dastlabki patent yoki tovar belgisining haqiqiy emasligi uchinchi tomonning da’vo arizasi bilan sud orqali tasdiklanganda; 24 • patent egasining Patent idorasiga bergan arizasi asosida. Agar patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilishi muddatidan ilgari to’xtatilsa, bu hakdagi ma’lumot Patent idorasining "Rasmiy axborotnoma" byulletenida chop etiladi. Sanoat mulki ob’ektlarini patentlash bo’yicha yukorida kayd etib o’tilgan talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish, ekspertiza o’tkazish, Patent idorasi bilan ish yuritish juda murakkab jarayondir. Shuning uchun qonunchilikda fukaro va yuridik shaxslarning o’z manfaatlarini himoya qilishda maxsus shaxslar patent bo’yicha ishonchli vakillar xizmatiga murojaat qilishlari mumkinligi ko’zda tutilgan. Intellektual mulk huquqi sohasida tegishli malakaga ega bo’lgan, attestastiyadan o’tgan va Patent bo’yicha ishonchli vakillar Davlat reestrida ro’yxatga olingan shaxslar patent bo’yicha ishonchli vakil deb ataladi. Patent bo’yicha ishonchli vakillar ishonchnoma bo’yicha o’z mijozlarining manfaatlarini Patent idorasi yoki sudda himoya qilish huquqiga egadir. O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha xorij fukarolari va yuridik shaxslari Patent idorasiga bevosita talabnoma berish huquqiga ega emas. Ular patent olish va uni kuchda saqlab turish ishlarini O’zbekistonning patent bo’yicha ishonchli vakillari orqali yuritishlari mumkin. Bu talablar (deyarli barcha xorij mamlakatlari qonunchiligida shu kabi me’yorlar mavjud) turli mamlakatlarning qonunchiligi talabnomalarni rasmiylashtirish, ularni ko’rib chiqish masalalari bo’yicha bir-biridan keskin fark qilishi bilan bog’lik, bu erda albatta tillardagi fark katta rol o’ynaydi. Shuning uchun xorijiy talabnoma beruvchilardan milliy qonunchilik talablariga munofiq tayyorlanmagan talabnomalarni qabul qilish ularni ekspertizadan o’tkazishni ancha kiyinlashtiradi. Bu oqibatda rasmiy mezonlar bo’yicha patent berishni rad qilishga olib keladi, bu esa o’z navbatida talabnoma beruvchilarning o’zlari uchun ham, Patent idorasi uchun ham foydasizdir. Patent bo’yicha ishonchli vakillardan tashqari patent agentlari ham mavjud bo’lib, ular intellektual mulk sohasida muayyan malakaga ega bo’lgan, lekin patent bo’yicha ishonchli vakillar reestrida ro’yxatga olinmagan shaxslardir. Patent agentlari intellektual mulk sohasida turli xizmatlarni ko’rsatishi mumkin, lekin ular Patent idorasi va boshqa tashqilotlarda o’z mijozlarining manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega emas. Yuqorida qayd etilganidek, patent qat’iy chegaralangan hududda amal qila di, ya’ni O’zbekiston Respublikasi patenti faqat O’zbekiston hududida amal qila di. Shuning uchun tovar va xizmatlarni eksport qiluvchilar va o’z intellektual mulklarini xorijda ham himoyalashni istaganlar o’z ob’ektlarini boshqa davlatlarda ham patentlashi zarur. Qonun bo’yicha O’zbekiston Reslublikasining muhofaza hujjatini olish uchun talabnoma berilgandan so’ng uch oy o’tgach intellektual mulk ob’ektlarini boshqa davlatlarda patentlashni boshlash mumkin. Bunday cheklash va albatta dastlab respublika Patent idorasiga talabnoma berishning shart kilib ko’yilishi milliy xavfsizlikni ta’minlash talablari bilan bog’lik. Chunki talabnomada davlat siri bo’lgan va O’zbekiston xavfsizligiga tahdid soladigan ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Lekin intellektual mulk ob’ektlarini xorijda patentlashni boshlash uchun hech qanday maxsus ruxsatnoma olish talab etilmaydi. Agar Patent idorasiga talabnoma berilgan sanadan so’ng uch oy o’tgach Patent idorasi talabnoma beruvchini ixtirosi maxfiy ekanligi to’g’risida ogohlantirmagan bo’lsa, u o’z ob’ektini xorijda patentlash ishlarini bemalol boshlash huquqiga ega bo’ladi.