Maxsus ta’lim vazirligi


Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari va tashkiliy asoslari



Yüklə 38,85 Kb.
səhifə2/9
tarix04.04.2023
ölçüsü38,85 Kb.
#92930
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari

1. Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari va tashkiliy asoslari
Insoniyat tarixiy taraqqiyot davomida o’z turmush tarzini jumladan, ish qurollarini, yashash joylarini, kiyimlarini, maishiy asbob-anjomlarni takomillashtirib kelmokda. Bu takomillashtirishda texnik ijodkorlik qobiliyatlari muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach o’quvchi yoshlar va o’smirlar orasida texnik ijodkorlikni rivojlantirishga katta e`tibor bermoqda. 1996 yilda O’quvchi yoshlar va o’smirlar orasida texnik ijodiyotni rivojlantirish kontsepsiyasi va dasturi qabul qilindi. Kontseptsiyada quyidagilar bayon qilingan: O’zbekiston Respublikasi o’zining rivojlanishida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish yo’lidan ilgarilab bormokda. Respublikamiz taraqqiyoti borasida sobit qadam va ustivor ekanligi, istiklol yo’lidan og’ishmay borayotganligi mamlakatimizning iqtisodiy siyosatini madaniy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarda yakkol namoyon bo’lmokda. O’zbekiston kelajagi bugungi avlodning har tomonlama kamol topishida, ularning kelgusida davlatni boshqara oladigan, uni har tomonlama rivojlantirishda hissa ko’sha oladigan uning kelajagi hakida kayg’urib, yashovchi taraqqiyoti uchun bor bilim, kuch qudratini sarflovchi inson kilib tarbiyalashga shakllanishiga ko’p 8 jihatdan bog’lik. Bu borada yoshlarni turli kasblarga tayyorlash, ularga maktab dasturidan farkli ularni o’z qiziqishlari, qobiliyatlari xohish va imkoniyatlariga karab bilim olishlari va kasb-hunar egallashlariga imkon beruvchi maktabdan tashqari muassasalarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabdan tashqari muassasalarning asosiy yo’nalishlardan biri davlatimiz ravnaki, taraqqiyotini yuksaltirish yo’lida hissa ko’sha oladigan texnik ijodkorlikdir. O’quvchilarni mehnatga muhabbat va yaratuvchanlik faoliyati jarayonida o’z bilim va malakalarini ijodiy ko’llash ko’nikmalarini shakllantirish, texnik ijodiyotni rivojlantirishning asosiy omillari hisoblanadi. O’sib kelayotgan yosh avlod texnik ijodkorlik qobiliyatini, texnika sirlarini anglashi va shu yo’nalishda ta`lim berilsa, respublikamizda erishilgan fan va texnika yutuklariga tayanib ish ko’rilsa, uning ildizini yanada chuqurrok tushunib kelajakda kuchli texnik mutaxassislar, fan va texnika yutuklariga o’z hissasini ko’sha oladigan pirovardida esa shu yoshlar chet el mahsulotlari va asbob-uskunalaridan kuchlirok mashinalar yaratish qobiliyatiga ega bo’lgan, shu yo’lda xizmat qila oladigan bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvining ta`lim va tarbiya milliy shakllarini yanada rivoj topishida ham katta imkoniyatlar ochib berdi. Yosh avlodni an`analarimiz ruhida tarbiyalab hunar o’rgatilsa, ijodkorlikka yo’naltirilsa, xalqimizning urf-odatlari, madaniyatimiz va tilimizga munosabatlar ildizi chuqurligi yanada oydinlashadi. Texnik ijodiyotni rivojlantirishda umuminsoniy kadriyatlar doimo dikkat markazida bo’lish uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va demokratiyani himoyalash har bir kishining vazifasidir. Texnik ijodkorlikni rivoj topishida o’quvchilarning tabiyatga o’z vataniga ma`suliyatli bo’lish munosabatlarini tarkib toptirish muhimdir. Texnik ijodiyot katta tarbiyaviy potentsialni o’z ichiga oladi. Texnik ijodiyot o’quvchilarni ona Vatan, mehnatga bo’lgan muhabbatini o’stirib ularni erkin fikrlashga, mustaqillikka undaydi. Texnik ijodiyotni rivojlantirishda o’quvchi 9 yoshlarning o’zlari kizikib sevib o’rganadigan turli yo’nalishlarni mumkin kadar Vatanga foyda keltirishni his kilsinlar. Texnik ijodiyotga o’quvchilarni yo’naltirishda birinchi navbatda, milliy xalq hunarmandchiligiga, an’analarning milliy estetik manbaiga hamda boy shark minatyura san`ati, haykaltaroshlik kulolchilik. Yog’och o’ymakorligi va hunarmandchilikning boshqa turlariga alohida e`tibor berish lozim. Davlatimizning mustaqillikka erishuvi o’z navbatida har qanday taraqqiyparvar jamiyatga iste`dodli shaxslar zarurligi nuqtai nazaridan iste`dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak aql zakovatli va ijobiy fikrlovchi kuchlarini tayyorlashning muhim omilidir. Iste`dodlarni namoyon qilish va ularni sonini oshirish uchun sharoit yaratish maqsadida avvali yutuk, tajribalarni ommaviylashtirish ularning ijobiy qiziqishlarini rivojlantirib turli tadbirlar, ko’rik tanlovlar o’quvchilar texnik ijodiyoti ko’rgazmalari uchrashuvlarga jalb etish muhimdir. Iste`dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitishni ta`minlash bo’lajak respublikamizning iqtidorli kuch qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog’liqdir. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati Ijodkorlik jarayonida mantik va intuistiyaning har xil ahamiyatga ega bo’lishini franstuz olimi A.Puankare ko’rsatib o’tgan edi. Xususan, u «Fanning o’zida intuistiya, agar bir kancha ustunliklarga ega bo’lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo’lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy kurol bo’lib kolaveradi» - deb yozadi. Ijodkorlik stiklining ma’lum zvenolar hakida boshqa olimlar ham bir necha bor o’z fikrlarini aytdilar. Xususan, bu hakda mashhur fizik M. Born quyidagilarni yozadi: «…men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin fark qilishini ko’rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo’yicha ko’rsatilgan obraz to’liq hisoblanib, unga xarakterli bo’lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Birok sintetik jihatdan oldindan aytish kisman mahlum bo’lgan hodisaning real obrazi o’zining haqiqiyligidan fark qila di, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiklansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo’lsa-da, oldindan 10 aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffakiyati intuistiyaga juda bog’likdir…». M.Born o’z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi, boshqasi esa, shu kunga kadar aloqasiz bo’lgan tajribalarning o’zaro bog’likligi mavjud ekanligi hakidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Lever’elarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz o’zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga munofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu erda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va tokatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo’lgan ishonch edi. Birok ularni ehtirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo’q; bu ma’lum bo’lgan Nyuton mexaniqasining ko’llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi». Ikkinchi tip ixtiroga A.Eynshteyn tomonidan aytilgan Kuyosh yakinida yorug’likning chetlanishi kiradi. Bu, inert va gravitastion massaning proporstionalligi hakidagi muhim faktni sezish va M. Bornning ta’biricha «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qila di. Dalil va rakamlardan kelib chikib ilmiy farazlar kurishga yoki topishga o’tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o’tishda ilmiy intuistiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Intuistiya, uning mantik bilan bog’likligi, ixtirochilik g’oyalarining kelib chiqishida tutgan o’rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo’lib, uni hozirgacha to’la hal qilinmagan deyish mumkin. "Kiskacha psixologik lug’at"da intuistiya - "paydo bo’lish yo’llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo’luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko’ra sub’ekt unga "bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega bo’ladi" deb ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuistiya tabiatini, uning hosil bo’luvchi asosini o’zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to’liq deb bo’lmaydi. Bizning fikrimizcha ko’ra intuistiya - bu sub’ekt tomonidan o’ziga fikran ko’yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo’lib, u to’plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.

Yüklə 38,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin