Maxsus tarix fanlari


O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI TARIXI. TURKISTONDA ARXIV ISHI(1917-1924 yillar)



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/28
tarix22.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#159892
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
3.Махсус тарих фанлари мажмуаси

O‘ZBEKISTONDA ARXIV ISHI TARIXI. TURKISTONDA ARXIV ISHI(1917-1924 yillar)

1917 yilgi oktyabr voqealarsha qadar hujjatlar har bir ilorada va tashkilotning o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqok, holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan, markazlashmagan edi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtonom respublika sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan barcha qonunlar,qarorlar Turkiston uchun ham tegishli edi.


SHuni aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918 yil 1- iyunda «Arxiv ishiii qayta qurish va markazlashtirish to‘g‘risida» dekret qabul qildi. Bu dekret asosida barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi. SHundan kelib chiqqan holda Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) 1919 yil 5- noyabrda «Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to‘risida» qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917 yilga qadar bo‘lgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Respublikasining YAgona davlat arxiv fondi (YADAF)ni tashkil qiladi, deb e’lon qilindi. YADAF ni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh boshqarmasi gashkil qilindi. YADAFga 1917 yil 25- oktyabrgacha bo‘lgan barcha hujjatlar topshirilishi kerak edi.
Yuqoridagi ta’kidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi. Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish huquqiga ega emas, deb ko‘rsatilgan.
Sovet idoralarida tashkil bo‘lgan hujjatlar YADAF ning tarkibiy qismi deb qayd qilingan- Bu hujjatlarni Arxiv ishi bosh boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq komissarligi huzurida tashkil qilingan.
1919 yil 15-noyabrda Turkiston Reslublikasi Maorif xalq komissarligi qaroriga binoan Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tuzildi va V. N. Kucherbaev boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.
Tez orada RSFSR Arxiv ishi bosh boshqarmasi (Bosh arxiv)dan Toshkentga vakil qilib D. I. Nechkin yuborildi. Turkkomissiya uni Turkiston Respublikasi Arxiv ishi mardaziy boshqarmasi boshlig‘i qilib tayinladi. D. I. Nechkin MIKning yarxiv to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirishlar kirshdi. Muhim o‘zgartirish" shu bo‘ldiki, Turkiston Respublikasi Arxiv ishi markaziy boshqarmasi boshlig‘i RSFSR bosh arxivi hodimi bilan Turkisgon Respublikasi Maorif xalq komissarlign qaroriga asosan tayinlanadi deb ko‘rsatildi. Bu bilan Turkiston Respublikasi huquqi, shubhasiz, cheklandi.
Arxiv ishi markaziy boshqarmasi quyidagi bo‘limlardan iborat edi: botqarma boshlig‘i huzuridagi kengash, ish boshqarmasi, ilmiy statisgika bo‘limi, inspeksiya, tahririyat kengashi, davlat arxivlari bo‘limi.
Kengash maslahat organi bo‘lib, bo‘limlar rejalari, hisobotlarini eshitgan, ularning faoliyatini yo‘naltirib turgan, ilmiy, metodik ishlarni tasdiqlagan va arxiv to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish bilan shug‘ullangan.
Inspeksiya davlat tashkilotlari ish yuritishichi va arxivlari ishini nazorat qilgan. Ilmiy statistika bo‘limi arxizlar haqida ma’lumotlar yig‘ish va metodik qo‘llanmalar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lgan.
YADAF 8 ta seksiya va 4 bo‘limdai iborat edi. Bo‘limlar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1-bo‘lim-ma’muriy-diplomatik, yuridik seksiyalarni birlashtirgan; 2-bo‘lim-harbiy seksiya; 3-bo‘lim-maorif va iqtisodiyot seksiyalari;
4-bo‘lim-tarixiy-inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bo‘lgan.
Davlat arxivi fondnga faqat 1917 yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham k.abul qilingan. Tashkilotlarda hujjaglar 5 yil saklanishi va keyin davlat arxiviga topshiriliish belgilangan. Bu qoida 1921 yil 30- sentyabrdan kuchga kirgan.
Joylarda viloyat arxiv bo‘limlari tashkil qilindi. Masalan, 1920 yil martida - Farg‘onada, 1920 yil iyunda-Samarqandda, o‘sha yil noyabrda-Ettisuvda, 1921 yil martda-Kaspiy orti viloyatida ana shuiday arxiv bo‘limlari tashkil qilindi.
Mahalpiy arxiv gashkilotlari Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ning 1921 yil 25- yanvardagi «Viloyat arxiv fondlari to‘g‘risidaigi qaroriga asosan qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorga ko‘ra viloyat hududidagi barcha idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi fondinimg tarkibiy qismi hisoblanadi deb ko‘rsatilgan.
Markaziy va mahallny arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarshsh qidirib topish va yig‘ish 1920-1921 yillari 500 dan ortiq fondlar hisobga olindi. 1921 yil oxirisacha davlat arxiv fondlariga 157 ta harbiy va fuqzro tashkilotlari 305 mingdan ortiq yig‘ma jildlarni joylatirdilar. 1922 yili 83 ta tashkilot tomonidan 200 mingga yaqin yig‘ma jild topshirildi.
Turkiston Respublikasi XKSning 1921 yil 25- yanvardagi qaroriga binoan arxivlarda ho‘lyozma hujjatlargina emas, balki nashr qilingan materiallar va foto hujjatlar ham yig‘ila boshlanli (varaqalar. xitobnomalar.tarixiy kitoblar va risolalar). Arxiv hujjatlarini saqiash choralari ko‘rildi. Hukumatning 1921 yil 23- iyundagi buyrug‘i bilan hujjatlarni yo‘q qilish man qilindi.
Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish ishlari hamda arxiv hujjatlaridan foyda.ianishii tashkil qilish, ularni bayon qilish bilan shug‘ullandilar. Arxiv hujjatlari ro‘yxatini tuzishdan oldin bu hujjatlar kerak va keraksizlarga ajratilib, i.shiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday qimmatga ega bo‘lmaganlarini yo‘q qilish belgilandi, ya’ni arxiv materiallarining o‘ziga xos ekspertizasi o‘tkazildi. Bu masala bo‘yicha Turkiston Respublikasi XKSning 1923 yil 25-yanvardagi «Arxiv hujjatlarini saqlash va yo‘q qilish to‘grisida»gi qarorida yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu qarorda arxiv hujjatlarining yo‘q qilishni quyidagi tartibi o‘rnatilgan edi: arxiv hujjatlari tarkibidan yo‘q qilinadigan xujjatlarni ajratish uchun Ajratish komissiyalari tuzilib, ularga Arxiv boshqarmasi va arxivi tekshirilayotgan idora vaknllari kiritilishi belgilangan. Bu komissiya qarorini Arxiv ishi Markaziy boshqarmasi xuzuridagi Tskshirish komissiyasi ko‘rib chiqib, o‘z xulosasini Boshqarma boshlig‘i tasdig‘iga havola qilardi. SHunday qilib, tashkilotlar hujjatlarini yo‘q qilish huquqi arxiv idorasiga-Arxiv ishi Bosh boshqarmasiga topshirildi. Davlat tashkilotlari uning ruxsatisiz arxiv hujjatlarini yo‘q qilish huquqiga ega emas edi. Arxiv xodimlari hujjatlarni yo‘q qilishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishardi.
YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratilgai hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatyaash-tirildi. 1920-1922 yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924 yilga kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallariiimg uchdan bir qismi tartibga solingan edi.
Arxiv hujjatlarini tartibga cholish ulardan ilmiy va amaliy maqsadda foydalanish imkonini berdi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlar gayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin (1918 - yil martda Kolesovning Buxoroga yurishi» asarini yozgan edi.
Arxiv tashkilotlari arxiv hujjatlari ko‘rgazmalarini tashkil qnldi! idoralarga ma’lumotnomalar berli, hujjatlardan qiroatxokalar orqali foydalanishni tashkil qildi.
1920-1924 yillarda metodik qo‘llanmalar xam vznldi. Masalan, arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxialar ishlarini olib borish tartibi, joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga shshsh, h.ujjatlarni ajratish va yo‘q qilish to‘g‘risida yo‘riqnomalar tuzildi. Turkiston Respublikasi arxivlarining bu ishlari arxiv nazariyasi va amaliyotiga muhim va salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi..
SHunday qilib, oktyabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublikada markazlashgan arxivni tashkil qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va mablag‘ bo‘lmagan hollarda ularni arxivchilarning o‘zlari tashidilar, saqlab qolish uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rdilar. O‘sha yillar eng og‘ir yillar edi. Maoshlar yarim yillab berilmas edi, lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirdilar.
Turkiston Respublikasining arxiv xodimlari oktyabr tuntarishidan oldingi tashkilotlarning, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi tashkilotlarining arxivlarinn saqlab qolish uchun katga ishlarii bajardilar. YUqorida ta’kidlanganidek, Turkiston Respublikasining YAgona davlat arxiv fondi tashkil qilinib, arxiv hujjatlarini yig‘ishdan tashqari ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin