Maxsus tarix fanlari


Toshkent Davlat universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə7/28
tarix22.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#159892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
3.Махсус тарих фанлари мажмуаси

6.Toshkent Davlat universiteti
Ikkinchi jahon urushidan keyingi birinchi o‘n yillik (1945—1955) davomida universitetning o‘quv bazasi yanada kengaydi, ilmiy-tadqiqot ishlari rivoj topdi. O‘zbekistonda erli kadrlarning o‘quv va ilmiy ishlarga faol jalb qilinishi natijasida reevakuatsiya (urush paytida evakuatsiya qilingan olimlarning o‘z yurtlariga qaytishi) sharoitiga qaramay, universitet nafaqat o‘zining avvalgi salohiyatini saqlab qololdi, balki yangi zafarlarga ham erishdi. 1947 yili huquqshunoslik fakulteti ish boshladi va 1951 yildan alohida institut sifatida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, 1955 yilga kelib yana O‘ODU tarkibiga kiritildi. O‘tgan o‘n yillik davomida o‘qituvchilar jamoasi 485 kishiga ko‘paydi, ngundan 38 nafari professor va 152 tasi dotsent edi.
1956 yildan keyin universitet faoliyatida bir qadar ko‘tarilish yillari bo‘ldi. Nohaq qatag‘on qilingan ziyolilarning igsha qaytishi, mamlakatda yuz bergan «eruvgarchilik» sharoiti ilm-fan taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay ko‘ymadi.
1960 yilning aprelidan O‘rta Osiyo davlat universiteti Toshkent davlat universiteti deb ataldi.
1965-69 yillar davomida universitetdagi dissertatsiyalar himoyalari bo‘yicha ixtisoslapggan ilmiy kengashlarda 35 doktorlik va 410 nomzodlik dissertatsiya-lari yoqlandi. 1967 yili ToshDU olimlaridan bir qanchasi mamlakatning eig nufuzli mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlandi.
1970 yillardan universitetda ko‘plab fan sohalari bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlar rivojlandi, avvaldan mavjud bo‘lgan ilmiy maktablar faoliyati kengaydi, ularning safi zamonaviy olimlar hisobiga yangilandi. 1966-1970 yillar davomida ToshDU olimlari 10 problematik va 14 ilmiy-tadqiqot mavzulari bo‘yicha Fanlar akademiyasiiiig ishlarini rivojlantirishga yordam berdi. 1967 yildan ToshDU sobiq ittifoqdagi 25 etakchi oliy o‘quv yurtining biriga aylandi. 1970 yili universitetning 25 olimiga respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi ilmiy unvoni berildi.
Tarix fakulteti tashkil topgandan buyon yurtimiz uchun zarur bo‘lgan ko‘plab mutaxassis kadrlarni voyaga etkazdi. YAqin o‘tmishda kechgan turli siyosiy voqealar fakultet hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Biroq har qanday davrda ham Tarix fakulteti o‘z an’analarini yo‘qotmadi. Ayniqsa, O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritishi fakultet va uning irofessor-o‘qituvchilari hayotida tub burilish yasadi. Tarixni xolisona o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Falsafa fakulteti 1963 yildan Tarix fakulteti tarkibida bo‘lim sifatida, 1979 yilda Falsafa-iqtisod fakulteti tarkibida falsafa, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya bo‘limlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yildan Falsafa fakul’teti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi.
1979 yilda Tarix fakulteti tarkibidan falsafa, iqtisod va psixologiya bo‘limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi Falsafa-iqtisod fakulteti tashkil qilindi va «Jamiyat ijtimoiy tuzilishini o‘zgartirishning siyosiy jihatlari» ilmiy maktabiga asos solindi. Bu esa falsafa faniiing yanada chuqur va keng o‘rganilishi yo‘lidagi yangi dadil qadam bo‘ldi. YAngi kafedralar tashkil qilinib, falsafani o‘qitishga differensial yondashuv shakllandi.
1972 yilda O‘rta Osiyo va Qozogiston hududida birinchi marta keng tarmoqli psixolog kadrlar tayyorlash uchun universitetning tarix fakulteti qoshida psixologiya bo‘limi ochildi. SHu yillar oralig‘ida 1800 dan ortiq psixolog mugaxassislar tayyorlandi. Ularning 150 nafaridan ortiqrog‘i Afg‘oniston, Vetnam, Kambodja, Kuba, Laos, Mo‘g‘uliston, YAman kabi xorijiy mamlakatlarning fuqarolari hisoblanadi. Sobiq bitiruvchilar ichidan 20 ga yaqin fan doktori, 200 ga yaqin fan nomzodi etipgib chiqdi. Ular respublika hamda Rossiya, Ukraina, Moldaviya va Markaziy Osiyo davlatlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Universitet filologiya ilmining taraqqiyotida asosiy ilmiy maskan hisoblanadi. Dorilfunun tangkil topgan dastlabki yillardanoq uning faoliyatida Munavvarqori, Abdurauf Fitrat, SHokirjon Rahimiy singari olimlar dastlabki milliy darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan edilar. 60-70 yillarda filologiya fakulteti nafaqat pedagog o‘qituvchilarni, balki yuzlab shoir va adiblarni etishtirib chiqargan ma’rifat maskaniga aylandi. Bu yillarda fshyulogiya ilmining til, adabiyot, folklorgaunoslik, rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar yo‘nalishlarida qator ishlar qilindi. Ayniqsa, professor G‘.Karimov tomonidan tashkil etilgan adabiy merosni o‘rganish ilmiy maktabi bu sohadagi eng etuk ilmiy markazlardan sanaladi. Tarixan 1918 yilda tashkil etilgan Adabiyot sho‘‘basi bag‘rida O‘zbek adabiyoti tarixi, Hozirgi o‘zbek adabiyoti, Jahon adabiyoti va nazariyasi, O‘zbek tilshunosligi va Umumiy tilshunoslik kafedralari faoliyat ko‘rsatdi. Ularda M.Qo‘shjonov, S.Mamajonov kabi taniqli akademiklar ishladilar. Ayni 70-80 yillari mamlakat filologiya shshi taraqqiyotga erishuvida Subutoy Dolimov, Ozod SHarafiddinov, Laziz Qayumov, Umarali Normatov, Abdug‘afur Rasulov singari olimlar sidqidildan mehnat qildilar.
Ijodkorlar maskaniga aylangan fakultetda ilm olgan Oybek, Muxtor Avezov, Asqad Muxtor, O.YOqubov. P.Qodirov, SH.Xolmirzaev, O‘.Hoshimov kabi xalq yozuvchilari o‘z ijodi bilan badiiyat xazinasini boyitishga munosib hissa qo‘shdilar. Ayni shu fakultetdan O.SHarafiddinov, E.Vohidov, AOripov kabi O‘zbekiston qahramonlari etishib chiqdi.
Universitet tarkibidagi rus va xorijiy filologiya fakultetlari nafaqat yurtimiz yoki mintaqa uchun, balki jahon filologiyasining shu sohasi uchun ham etuk kadrlar tayyorlashda alohida rol o‘ynadi. Bu jihatdan G.Vladimirov, L.L.Kim, T.Solihov, AAbduazizov kabi olimlarning ilmiy faoliyati e’tiborlidir.
Toshkent davlat universiteti 1945-1990 yillar davomida erishgan ilmiy va ma’rifiy yutuqlarni bir nuqtaga jamlash qiyin. Ayniqsa, ushbu yillar ilm-fanning ham, ma’rifat va adabiyotning ham taraqqiyot davri bo‘lgani uchun bu davrda yaratilgan minglab ilmiy va badiiy asarlar universitet olimlari va u etishgirgan ijodkor ziyolilar faoliyatining mahsulidir.
1970 yillardan universitetda ko‘plab fan sohalari bo‘yicha ilmiy yo‘nalinshar taraqqiy etdi, avvaldan mavjud bo‘lgan ilmiy maktablar faoliyati kengaydi, ularning safi zamonaviy olimlar hisobiga yangilandi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin