Maxsus tarix fanlari


TURKISTON XALQ UNIVERSITETI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/28
tarix22.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#159892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
3.Махсус тарих фанлари мажмуаси

2. TURKISTON XALQ UNIVERSITETI
1918 yil fevralida hukumat ko‘rsatmasi asosida «Oliy ta’lim tarafdorlari jamiyati»ga uyushgan M. Sosnovskiy (rais), ABmkov (kotib), V.I.Romaiovskiy, R.R.SHreder va boshqa rus olim hamda ziyolilaridan iborat tashkiliy komissiya Turkiston xalq universitetini tashkil etishga kirishib, uni besh fakultetdan iborat bo‘lgai holda shakllantirishga muvaffaq bo‘ldilar. SHu yilning 21 aprelida esa YAngi shahardagi Ozodlik uyi (hozirgi O‘zbekiston bolalar kutubxonasi) binosida ruslar va ularga xizmat qilgan bosqinchi millat vakillari uchun tashkil etilgan Turkiston xalq universitetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda ikki mingga yaqin kishi qatnashdi. Notiqlar Xalq universitetining ochilishini kelajak taraqqiyoti uchun behad katta ma’naviy asos va dastlabki yirik voqea sifatida baholaydilar.
Turkiston xalq universiteti quyidagicha tashkiliy tizim ko‘rinishiga ega bo‘ladi:
1. Oliy bosqich - fakultetlar: 1) ijgimoiy-iqtisodiy (187 talaba); 2) tabiiy-matematik (20 talaba); 3) adabiyot-falsafa (kuzga kelib tarix - filologiya 188 talaba); 4) qishloq xo‘jaligi (100 talaba); 5) texnika (186 ta talaba).
2. O‘rta bosqich - o‘rta amaliy maxsus kasb-hunar kurslari: elektromonterlar, avtomobil ishi, temiryo‘lchilar, chizmachilik, o‘rmon texnologlari, er-suv komiteti yo‘riqchilari, maktabgacha tarbiya yo‘riqchilari, chet tillari, bichish-tikish, poyabzal ishi, suzish.
3. Quyi bosqich: 11 ta boshlaig‘ich maktab, 8 ta bolalar bog‘chasi.
4. Musulmon xalq dorilfununi: 1 ta dorilmullimin - o‘qituvchilar instituti. 11 ta musulmon-jadid maktabi, 2 ta musulmon kosibchilik maktabi.
5. Mustaqil tashkilotlar: Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi O‘zR Milliy kugubxonasi), Turkiston xalq muzeyi, konservatoriya, SHarq institugi.
Universitet fakultetlari shakllanishi va talabalari jamoasi tashkil topishida oktyabr to‘ntarishi sababli Rossiyada o‘qiyotgan turkistonlik rus talabalari fuqarolar urushi boshlanishi bilan Turkistondai qaytib keta olmay, o‘qishni xalq universitetida davom ettirishga majbur bo‘lganligi alohida ahamiyat kasb etdi. Bu hol universitetga o‘zi tayyorlagan mugaxassislarga birinchi diplomni 1921 yilda berish imkonini yaratdi.
Turkiston xalq universitetining «Narodnыy upiversitet» nomli gazetasi 1918 yilning 20 aprelidai chop etila boshladi. Ocharchilik va iqtisodiy tanglik sabab u besh oygina umr ko‘rdi. Jami 88 ta soni chiqdi.
1918 yilning kuziga kelib, universitet musulmon xalq dorilfununi va ikkinchi darajali quyi, o‘rta bosqichlar hamda mustaqil tashkilotlardan ajratib olindi va quyidagicha tashkiliy tuzilishga ega bo‘ldi: qishloq xo‘jaligi (dekani prof. R.R.SHreder), ijtimoiyot-iqgisod (S.A.Kogan), texnika (injener G.M.Svarichevskiy), tarix-filologiya (irof. A.V.Popov) va fizika-matematika (prof. V.I.Romanovskiy) fakultetlari. Ulardagi talabalarning umumiy soni 560 kishini tashkil etadi. Universitetning tuzilish tizimi, boshqaruv organlari qayta tashkil etildi. 25 noyabrda uning yangi Nizomi va o‘qiguvchilari tarkibi Maorif Xalq Komissarligi tomonidan rasman tasdiqlanadi. 5 dekabrda esa universitet Ilmiy kengashining birinchi yalpi majlisi bo‘lib, unda G.K.CHerdansev rektor, G.M.Svarichevskiy prorektor etib saylanadi.
Hukumat mablag‘i va universitet o‘z ichki imkoniyatlari evaziga ilk bor 100 ta talabaga biriichi marta 670 so‘mdan stipendiya ajratiladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin