Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 268,5 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü268,5 Kb.
#111346
AXBOROT XATI o\'zb -янги

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

«UMUMIY TILSHUNOSLIK VA ANTROPOTSENTRIK TILSHUNOSLIK HAMDA LINGVOADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI» MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI


(O’zbekiston respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi filologiya fanlari doktori, professor A.A. Abduazizov va filologiya fanlari doktori, professor O’.Q. Yusupovlarning 85 yillik yubileyiga bag’ishlanadi)


AXBOROT XATI





Toshkent - 2023





2023-yil 23-may kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida «UMUMIY TILSHUNOSLIK VA ANTROPOTSENTRIC TILSHUNOSLIK HAMDA LINGVOADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.


Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashishga xorijiy davlatlar va respublikamiz professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim va izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari va magistrantlari taklif etiladi. Dastur va materiallar to‘plami anjumandan so’ng chop etiladi.


Anjumanda muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:


1. Sho‘ba: Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari
2. Sho‘ba: Antropotsentrik tilshunoslikning dolzarb masalalari
3. Sho‘ba: Zamonaviy tilshunoslikda lingvomadaniyatshunoslik masalalari
4. Sho‘ba: Qiyosiy lingvoadabiyotshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari
5. Sho‘ba: Lingvodidaktika va chet tili o’qitishning zamonaviy metodlari
Anjumanda ishtirok etish uchun materiallar 2023-yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etiladigan anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar:


Tezislar elektron pochta orqali yuborilishi lozim (Word formatida fayl–birinchi muallifning familiyasi, masalan: «nabiev.doc»). Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ni taqdim etish majburiy hisoblanadi. Tezis va talabnoma ikkita fayl qilinib, bitta xatda yuborilishi kerak.
Taqdim etilayotgan material Times New Roman tahririda 14-shriftda 3-5-bet bo‘lgan xajmda A4 formatda rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning xoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan – 2,5 sm, o‘ngdan - 2,0 sm, yuqoridan – 2,5 sm va pastdan – 2 sm. Satr boshi uchun 1,0 sm qoldiriladi. Matn eni bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak. Qatorlar orasida 1,5 interval.
Maqolaning nomi markazga qoraytirilgan shrift bilan yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning ostiga qator qoldirmasdan kichik harflarda tashkilotning to‘liq nomi, shahri, davlati yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi va navbatdagi qatordan maqolaning matni yoziladi.
Manbalarga havolalar asosiy matn ichida [1, 185] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang).
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan materialni olgandan so‘ng, uch kun ichida muallifning elektron pochtasiga tasdiqlovchi xat yuboriladi.

N A M U N A TEZISNING NOMI


Muallifning familiya, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni

tashkilot nomi, shahar


    1. Kirish

    2. Asosiy matn [1].

    3. Xulosa

    4. Adabiyotlar ro‘yxati

1. Muallif. Manba nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili


Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ning namunasi:





  1. Familiya, ism, sharifi (to‘liq)

  2. Ilmiy darajasi va unvoni

  3. Ish joyi, lavozimi

  4. Anjuman yo‘nalishi (seksiya) raqami

  5. Tezisning nomi

  6. Telefon

  7. @mail

DIQQAT!


Xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun tezis va talabnomalar 2023-yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita ilmiy materiallarni tanlab olish huquqiga ega.
Faqat tahririyat a’zolari tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning tezislari chop etiladi.
Talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Tezislarning xar bir beti uchun 15 000 so’mdan to’lov mavjud. Tezislar mazmuni uchun mualliflar ma’suldirlar. Plastik karta raqami: 8600 5729 1560 7415


Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet shaxarchasi 4. Anjuman o‘tkazish uchun mas’ullar: Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n. dots., I.K.O’sarov va kafedralarning azolari


Telefon: +998 (99) 780 95 71; +998 (93) 617 99 22

Maqolalarni quyidagi elektron manzilga hamda telegram orqali yuborishingiz mumkin.


@mail: artikhadjayevakamila@yahoo.com


Telegram: t.me/NUUz_conference


Yüklə 268,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin