4-5 mavzu: Arxivshunoslik sohasida uslubiy ishlar. Tadqiqot ishlarida arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish. REJA: TARIX SOHASIDA USLUBIY ISHLAR
TARIX FANINI O‘QITISHDA YANGICHA O‘QUV USLUBIY ISHLAR
ADABIYOTLAR: 1.Kogan L.N. O spetsifike primeniniya kriteriya praktika v istoricheskoy nauke, Praktika-kriteriy istini nauke,-M, 1960. 2. Lotman YU.V. Vnutri mislyashix mirov: CHelovek tekst-semiosfera-istoriya,-M, 1996. 3. Obichkin O.G. Diplomnaya rabota po istorii,-M, 1975. 4. J.Rahimov “O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxiv manbalaridan foydalanish” T, 1999 yil. Tarix ta’limi murakkab va ko‘p qirrali jarayonni tashkil etadi. Darc jarayonida ularni ilgari o‘tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini yanada mustahkamlaymiz, ya’ni bilimlarini tekshiramiz, o‘rganilayotgan tarixiy materialni tahlil etish va umumlashtirish yo‘li bilan uning mazmunini o‘quvchilar tomonidan atroflicha o‘zlashtirib olishlariga harakat kilamiz. SHuningdek, dars davomida o‘quvchilarni yangi tarixiy tushunchalarni samarali o‘zlashtirishlari uchun o‘zlarida mavjud bo‘lgan ilgarigi tarixiy bilimlardan foydalanishlariga undaymiz. YAngidan o‘rganilayotgan tarixiy material asosida ularning bilimlarini chuqurlashtirish, ken- gaytirish va tizimlashtirish xususida izchillik bilan ish olib boriladi. Eng asosiysi, dars davomida o‘quvchilarni o‘rganilayotgan tarixiy material ustida samarali ishlash qobiliyatlari va malakalarini shakllantirib borishga erish mog‘imiz lozim. CHunonchi, o‘quvchi dars jarayonida tarixiy xaritalar bilan erkin ishlashi va ularga qarab aniq mo‘ljal olmoqlari, tarixiy hujjatlar va o‘lkashunoslik materiallari ustida mustaqil ishlay bilishlari, ularni qiyosiy taqqoslashlari, tarixiy asoslarini to‘laqonli bilmoqlari lozim.
Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to’g’ri yoritish va o’rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur. Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan biridir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb ta’lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqa olim va ma’rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma’naviy dunyoni uzviy bog’liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, o’zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishda olib o’rganish qoidalarini yaratdilar.
Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir. Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sirda va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. Shu sababdan O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo’ymagan holda o’rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O’zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maklashadi. Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik tamoyillardir. Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish darkor. Oldindan to’qilgan bir g’oyani, uydirmani oqlash lozim bo’lsa faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir emas, albatta. Bunday yo’l bilan chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo’lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi. Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O’zbek olimlarining kuch g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bo’lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»1.Tarixni o’rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o’tdi, uchinchidan, uning tarixiy o’rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bo’ladi. Tarixiylik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’tmishni, ajdodlarimizning tarixiy tajribasini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz, taraqqiyotning alternativ yo’llaridan to’g’risini tanlay olamiz. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi va urug’chilik tuzumi emirilib, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo’linadi, shu davrdan e’tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati bir-biri bilan to’qnashadigan, qo’zg’olonlar ko’tariladigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo’lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini, teng ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa - kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo’lib, bu tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosalarga olib kelmaydi. Shohlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga adolat nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, mulkdor bo’lgani uchungina qoralash, badnom qilish adolatdan bo’lmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz bo’lmasligini isbot etishning hojati bo’lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash ham to’g’ri emas. Jonajon Vatanimiz ko’hna tarixi ham ular orasida xalqparvar, ma’rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur davlat arboblari bo’lganligidan guvohlik berib turibdi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir. Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o’rtasida, hukmdorlar o’rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategic maqsadlar yo’lida tez-tez qirg’inbarot urushlar bo’lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag’lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo’rovonlik bilan o’z manfaatiga bo’ysundirgan va o’zlashtirgan. Bunday jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib baholash zarur bo’ladi.
Tarixni o`rganishda vorisiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g`oyaga asoslanish tamoyillari. Tarixni yoritishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, diniy etiqodlar, turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan tarixiy-madaniy taraqqiyot nuqtai-nazaridan yondoshuv.
Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmatlash, e’zozlash va yanada boyitib borish nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga-ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bo’lish, birinchisini qoralashdan iborat yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Milliy madaniyatga, ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urfodatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, o’rganishda Vatan manfaati nuqati nazaridan yondashish, milliy istiqlol g’oyasi tamoyillariga tayanmoq lozim. Tarixni o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.
Tarixni o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.