Maxsus tarix fanlari


O‘rta Osiyo davlat universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/28
tarix22.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#159892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
3.Махсус тарих фанлари мажмуаси

4.O‘rta Osiyo davlat universiteti
Biror xalq hayotida ulkan ahamiyat kasb etadigan har qanday hodisa kabi sovet mamlakatining Osiyo qismidagi birinchi universitetning taraqqiyot yo‘li ham silliq kechmadi, uning olg‘a siljishi tinimsiz chigal sinovlar bilan yonma-yon bo‘ldi. Turkiston xalq universiteti sifatida tashkil topgan oliy maskan yil o‘tib-o‘tmay, davlat universitetiga aylandi. Tug‘ilganining beshinchi yilida dorilfunun maqomi yana bir bor o‘zgarishga yuz tutdi. G‘oyat ulkan hududdagi aholini malakali kadrlar bilan ta’minlash va bu o‘lkalar turmush yo‘sinini o‘zgartiradigan darajada ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishga yo‘naltirilgan bu maskan 1923 yilning iyul oyidan e’tiboran birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti (O‘ODU) tarzida atala boshladi. Sirasini aytganda, bu nom universitetning asl maqomini to‘laroq ifoda etardi. Negaki, bu davrga kelib, ushbu o‘quv yurtida nafaqat Turkiston respublikasi, balki Xorazm xalq respublikasi, Buxoro xalq respublikasi, Qirg‘iz avtonom viloyati fuqarolari ham o‘qiyottan va ularniig soni yildan yilga ortib borayottan edi. CHunonchi, shu yili yuz nafar qirg‘iz yoshlari talabalikka qabul qilingandi. Eron hukumati ellik nafar talaba o‘kitib berilishi so‘rab murojaat qilgandi. Bu hol universitetning faoliyat doirasini bir mamlakatdan tashqariga chiqarib, xalqaro maqomga ega qildi.
Aytish kerakki, TurDUning O‘ODUga aylanish sanasi manbalarda turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, «XX let Sredne-Aziatskogo gosudarstvennogo universiteta» kitobining 13-betida bu hodisa 1923 yilning 19 iyulida ro‘y bergan deyilsa, «ToshDU ilm va ma’rifat maskani» asarida o‘sha yilning 17 iyulida ekani qayd etiladi.
1924 yilda o‘tkazilgan milliy chegaralanish va tashkil qilingan har bir yangi respublikaning bilimli zamonaviy mutaxassislarga o‘ta muhtojligi O‘rta Osiyo davlat universitetining ahamiyatini yanada oshirdi. O‘sha davr hukumati tomonidan ulkan hudud va ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan mintaqadagi yagona universitetning ravnaqiga imkoniyat darajasida e’tibor qaratildi. Lekin, birinchidan, bu imkoniyatning o‘zi g‘oyat cheklangan edi, ikkinchidan, markscha-lenincha mafkura birinchi universitetning emin-erkin taraqqiy etipshga yo‘l qo‘ymasdi. SHu sababli O‘ODUning o‘sish yo‘li ancha chigal va murakkab bo‘ldi.
SHo‘ro davrida tayyorlangan hamda ular asosida keyingi yillarda yozilgan ayrim adabiyotlarda O‘rta Osiyo davlat universiteti yildan yilga miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham tinimsiz o‘sib, yuksalib borganligi qayd etiladi va buni isbotlashga xizmat qiladigan raqamlar keltiriladi. Holbuki, bir odamning umri faqat o‘sish quvonchlaridan iborat bo‘lmaganidek, birinchi universitetning taraqqiyoti ham silliq hamda ko‘zni quvontirar darajada yarqiroq kechmagan. Bunday bo‘lishi mumkin ham emasdi. Buning ustiga raqamlar hamisha ham haqiqiy ahvolni aks ettiravermaydi. CHin vaziyatni bilmoq uchun raqamlar zamiridagi mohiyatga etib borish talab etiladi.
1924 yilda Turkiston davlat Botanika bog‘i birinchi universitetga qo‘shib berildi. U qishloq xo‘jatigi fakulteti talabalari uchun amaliyot o‘tash, botanika va tuprokshunoslik institutlari xodimlari uchun ilmiy tajribalar o‘tkazish manbasiga aylandiki, bu hol o‘qitish sifatining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
1924 yilda universitet kutubxonasi fondidagi kitoblar soni 75000 nusxaga etdi. Ular orasida nodir qo‘lyozma asarlar ham talaygina edi. 1940 yilda esa kugubxona 376 ming kitob fondiga ega bo‘ldi. 1923 yilning noyabridan «O‘rta Osiyo davlat dorilfununi axbori» (Byulleten Sredneaziatskogo gosudarstvennogo universiteta) chop etila bog‘landi. Asosan, Rossiyadan kelgan olimlarning rus tilida bitilgan turli mavzudagi ilmiy izlanishlari chop etiladigan ushbu nashr tez orada dunyo olimlarining nazariga tushdi. Buni «Axborot»ning 1925 yilda chet ellardagi 278, 1929 yilda 438 oliy maktab va ilmiy markazga jo‘natilgani ham isbotlaydi.
Milliy chegaralanish o‘tkazilib, O‘zbekiston alohida respublikaga aylangandan so‘ng ham O‘ODU rasmiy ravishda sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qo‘mitasi ixtiyorida qoldirilib, federal byudjetdan ta’minlanadigan va u sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qo‘mitasining ilmiy-o‘quv va adabiy-matbuot ishlari qo‘mitasi rahbarligida ishlaydigan bo‘lib qolaverdi. Bu O‘rta Osiyoda yagona oliy maktabga alohida e’tibor tarzida talqin etilsa-da, aslida universitetning erli hukumat ta’siriga tushib, erli millatlar manfaatiga bo‘ysundirilishidan xavotir natijasi edi.
1926 yilda universitetning fakultetlari soni ko‘payib, ettitaga etdi. O‘ODU qoshida tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, fizika-matematika, melioratsiya muhandisligi, erli xo‘jalik va huquq, sharq va ishchi fakultetlari faoliyat yuritar edi. 1929 yilda talabalar soni 2750 nafarni tashkil etdi. Universitet fakultetlarining yiriklashib borishi ularning tashkiliy faoliyatida bir qator qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Fakultetlarning ichki ixtisoslashuvi kuchayib, bo‘limlar soni ortishi natijasida boshqa fakultetlar bilan aloqa susayib bordi. Ayrim fakultetlarning ilmiy salohiyati o‘sha davr o‘lchovlari bilan yondashilganda, alohida oliy o‘quv yurti darajasida edi. Natijada, oliy ta’limni bir universitet miqyosidagina ushlab turish tashkiliy pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq emasligi oydinlashib, O‘rta Osiyo davlat universitetining ayrim fakultetlari asosida yangi oliy maktablarni ochish zaruriyati paydo bo‘ldi. 30-yillar boshida markazdan qochish qonuniga muvofiquniversitet tarkibidagi bir qator fakultetlar mustaqil oliy o‘quv yurtlari bo‘lib ajralib chiqdi. 1929-1932 yillarda Toshkentning o‘zida O‘ODU bazasida industrial, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va mexanizatsiyasi, moliya-iqtisod, pedagogika institutlari, Samarqand shahrida xalq xo‘jaligi instituti, Ashxobodda zooveterinariya instituti, hozirgi Xo‘jandda qishloq xo‘jaligi instituti tapgkil etildi. Bulardan tashqari, universitetdan bir qator ilmiy-tadqiqot instituglari ham ajralib chiqib, mustaqil ilmiy tashkilotlarga aylandi Ikkinchi jahon urushi arafasida O‘rta Osiyo davlat universiteti asosida tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlari soni 14 taga etdi.
Turkiston sho‘rolar MIQiing 1919 yil 31 yanvardagi 195-buyrug‘i bilan tashkil etilib, 1920 yilning 11 fevralida ochilgan va to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan ishchi va dehqonlarni universitet «kursini o‘tashga tayyorlashdan iborat» ishchi fakulteti bu davrga kelib, ancha oyoqqa turdi. Fakultetga o‘zbeklar va bopgqa erli millat vakillarini qabul qilish bir qadar ko‘paydi. Ilk bor 153 tinglovchi bilan ish boshlagan bu fakultet 1923 yilda 784, 1924 yilda 773, 1925 yilda 889,1928 yilda 900 nafar tinglovchi qabul qildi. Lekin fakultetning ta’limiy tarkibi erli aholi uchun o‘ta noqulay tuzilgandi. CHunonchi, fakultet aeoeiy va tayyorlov bo‘limvdan iborat bo‘lib, asosiy bo‘limda uch yil, tayyorlov bo‘limda ikki yil o‘qish kerak bo‘lardi. Demak, o‘rta maktabni bitirmagan yurt egasi besh yil ishchi fakultetida, yana besh yil o‘zi kirgan fakultetda o‘qishi lozim bo‘lardiki, bu erli yoshlarning ilm olish imkoniyatini pasaytirardi. Faqat 1930 yilga kelib, fakultetda o‘qish muddati uch yilga keltirildi. SHu holatda bu yordamchi fakultetning faoliyati 1938 yilga qadar davom etdi.
Universitetda mahalliy xalq vakillari soni haddan tashqari kam edi. Jumladan, 1925-1926 o‘kuv yilida 157 nafar erli aholi o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, 1928- 1929 yilda bu ko‘rsatkich 256 nafarga etdi. Ularning yarmi o‘zbek millatiga mansub kishilar edi. Lekin ularning juda katta qismi o‘qishni oxiriga qadar etkaza olmasdilar, albatga. Fikrimizni O‘ODUga qabul qilinuvchilar miqdori bilan uni bitiruvchilar soni o‘rtasida juda katta ayirma borligi ham isbotlaydi. CHunonchi, agar 1924 yilda universitetga 2278 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, besh yildan so‘ng, ya’ni 1928 yilda O‘ODUni bitirgan yosh mutaxassislar soni bor- yo‘g‘i 250 kishini tashkil qildi. Boshqacha aytganda, o‘qishga kirgan har besh kishining birigina universitetni bitirib chiqa oldi, xolos. Bulariing orasida o‘zbeklar qancha bo‘lganligini faqat tasavvur etish mumkin. SHunga qaramay, baribir, sekinlik bilan bo‘lsa-da, universitet o‘quv-ilmiy faoliyatida olg‘a siljish davom etardi.
1922 yilda universitetning bitiruvchilari orasida barmoq bilan sanarli bo‘lsa-da, mahalliy xalq vakillari, xususan, keyinchalik sobiq ittifoq tibbiyot akademiyasining akademigi darajasiga erishgan Zulfiya Umidova kabilar borligi ko‘z yumib bo‘lmaydigan fakt edi. Yillar o‘tishi bilan ota-bobolari ilmga chanqoq o‘zbek millati vakillari universitetga tobora ko‘proq kela boshladi. 1928-1929 o‘quv yilida abiturientlarniig 19 foizi erli aholi bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi o‘zbeklar edi. To‘g‘ri, abiturientlarning aksariyati kirish imtihonlaridan o‘tolmasdi, kirganlarning ham talaygina qismi o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘lishardi. Lekin universitetda o‘qishga intilish jarayoni boshlangan va u tobora ommaviy tus olmoqda ediki, bu holning o‘zi kishini umidlantirardi.
1928-1929 o‘quv yilidan e’tiboran barcha fakultetlar qoshida tayyorlov kurslari ochilib, ularga erli aholi vakillari qabul qilinib, universitetga kirishga tayyorlanadigan bo‘ldi. 1930 yilda bu kurslar o‘qish kunduzgi va kechki tarzda olib boriladigan tayyorlov bo‘limlariga aylantirildi. SHuningdek, 1929 yildan boshlab, ikkinchi bosqichli maktabni, texnikum yoki qisqa muddatli o‘qituvchilar institushni bitirgan erli aholi universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadigai bo‘ldi.
Sobiq ittifoq MIQning 1932 yil 19 sentyabrdagi «Oliy maktab va texnikum-lardagi o‘quv dasturlari va tartibi to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq qabul imti-honlari yana tiklandi. Universitetda imtihon sessiyalari va diplom ishlari himoyasi joriy etildi. Bu davrda ma’ruza oliy ta’limning asosiy usuli darajasiga ko‘tarildi.
1930 yilning martida O‘rta Osiyo xalqlari tillari fakultetlararo kafedrasi tashkil etildi. SHu yillardan boshlab erli millatlar tilini o‘qitishga bir qadar e’tibor qaratildi. Bu tillardan biri bo‘yicha kirish imtihonlari topshirish majburiy qilib qo‘yildi. 30-yillar o‘rtalariga kelib, birinchi marta universitetdagi ayrim fanlarii o‘z tillarida o‘qishlari zarur bo‘lgan «milliy guruh»lar paydo bo‘ldi. Lekin ta’limni milliy tilga o‘tkazish tezgina ro‘y berib qolmadi. Dastlab ayrim fanlargina milliy tilda o‘qildi. So‘ng matematika, fizika, botanika, zoologiyaga doir ba’zi kitoblar universitet domlalari tomonidan o‘zbekchalashtirildi. Bu harakat keyinchalik ham turli sur’atlarda davom ettirildi. 1941 yilga kelib O‘ODU professor-o‘qituvchilari tarkibida 21 nafar o‘zbek bor edi.
O‘ODU tarkibidan bir qator oliy o‘quv yurtlari ajralib ketishi sababli 1931 yilga kelib, uning tarkibida birgina fizika-matematika fakulteti qoldi. Bu yagona fakultet asosida tez orada biologiya, ximiya va fizika-matematika kabi uch fakultet tanjil qilindi. Tabiiyki, talabalar soni keekin qisqarib ketgandi. Ko‘rinadiki, O‘ODU garchi universitet deb gyumlanishda davom etsa ham, amalda tabiiy-aniq fanlar oliy o‘quv yurtiga aylangan edi. CHin ma’nodagi universitet bo‘lishi uchun unda filologiya, tarix, geografiya, huquqshunoslik, iqtisod singari an’anaviy fakultetlar ochilishi lozim edi. 1935 yilda tarix va geografiya fakultetlari ochilib, fakultetlar soni beshtaga etdi. 30-yillar adog‘ida chet tillar, pedagogika (1937), rus va o‘zbek tillari (1939), jismoniy tarbiya va harbiy ish (1939) kabi bir qator fakultetlararo kafedralar tashkil etildi.
Sobiq ittifoq MIQning 1938 yil 16 apreldagi qarori bilan O‘rta Osiyo davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Xalq komissariati kengashi tasarrufiga o‘tkazildi. U esa O‘ODUni Xalq maorifi komissarligi qaramog‘iga o‘tkazdi. Endilikda universitetni mablag‘ bilan ta’minlash respublika hukumati zimmasiga tushardi. SHuniig uchun ham dastlabki yillarda universitet ta’minotida moliyaviy taqchillik va uning oqibati o‘laroq, tashkiliy uzilishlar ro‘y berdi.
1939 yilda O‘ODUda ximiya-texnologiya fakulteti ham tashkil qilindi. Lekin universitet tabiatiga u qadar mos kelmaydigan ushbu fakultet 1940 yilning 1 sentyabridan talabalari bilan birga, O‘rta Osiyo industrial instituti tarkibiga kiritildi. Fakultetlar sonining kamayishi o‘z-o‘zidan talabalar miqdorining ham ozayishiga olib keldi. SHuning uchun ham oliy maktablar ishlari Butunittifoq qo‘mitasining 1939 yil 29 iyuldagi buyrug‘i bilan O‘ODUning talabalari soni 4500 kishidan iborat bo‘lishi kerakligi qatiy belgilab qo‘yildi. Ushbu buyruqqa muvofiq universitetning tashkiliy tuzilmalarini kengaytirish maqsadida tarix fakulteti tarix-filologiya fakultetiga aylantirildi.
O‘rta Osiyo davlat universiteti rahbariyati kafedralar faoliyatiii jonlantirishga bir muncha e’tibor qaratdi. SHuning uchun ham garchi fakultetlar soni kamayib-ko‘payib tursa-da, kafedralar tizimini sakdab qolish va uning miqdorini muntazam ravishda o‘stirib borishga erishildi. Ham o‘quv, ham ilmiy-tadqiqotlar olib boritshga uyushtirish borasida eig qulay tuzilma bo‘lmish kafedralar soni 1937 yilda 17 ta, 1938 yilda 36 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1939 yilda 46 taga etdi. 1940 yiliing boshiga kelib, professor-o‘qituvchilar orasida 15 iafar fan doktori bor edi. Bu ko‘rsatkich 1938 yilda 6 nafarni tashkil etgaidi. Fan iomzodlari miqsori 85 kishiga etdi (1938 yilda 52 nafar), professorlar esa 39 kishini tashkil qildi (1938 yilda 32 kishi), dotseitlar 60 nafarga etdi (ikki yil oldin ular 32 kishi edi) va h.k.3
1939-1940 o‘quv yilida universitet xalq xo‘jaligining matematika, mexanika, fizika, geofizika, botanika, zoologiya, antropologiya, tuprokshunoslik, geografiya, tarix, organik kimyo, noorganik kimyo, fizik va kolloid kimyo, analitik kimyo, silikatlar texnologiyasi, yog‘lar texnologiyasi, vinochilik, spirtchilik kabi o‘n sakkiz sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlardi. SHu o‘quv yilida universitetga hujjat topshirgan abiturientlarning 40 foizi, talabalikka qabul qilinganlarning 25 foizi erli millatlar vakillari edi.
1938 yilda tarix, mexanika-matematika va geografiya fakultetlarida sirtqi ta’lim tashkil etildi va 1939 yildayoq O‘ODUning sirtqi bo‘limini 18 kishi bitirib chiqdi. Bu holat erli aholini oliy ta’lim bilan qamrab olishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1939 yilning 1 sentyabrida O‘rta Osiyo davlat universitetiga 2116 talaba qabul qilingan bo‘lsa, shulardan 1560 nafari kunduzgi, 556 kishi sirtqi bo‘limda bilim olardi. Ularning 683 nafari erli millatlar vakillari bo‘lib, bu 32,5 foizni tashkil etardi. SHularning yarmidan ko‘prog‘i o‘zbeklar edi. Ko‘rinadiki, O‘ODUda oliy maktablar ishlari Butunitgifoq qo‘mitasiiing 1939 yil 29 iyulda chiqarilgan va talabalar soni 4500 kishi bo‘lishi kerakligi borasidagi buyrug‘i yarmiga ham bajarilmadi. YAnayam achinarlisi shundaki, 1939-1940 o‘quv yilida universitetni bitirgan kishilar soni bor-yo‘g‘i 273 nafarni tashkil qildi.
Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi ham huddi talabalar tarkibi kabi bo‘lib, unda erli ziyolilariing mikdori g‘oyat oz edi. 1930 yilda universitet domlalari orasida atigi 28 nafar erli aholi vakili bo‘lib, bu o‘qituvchilarning bor-yo‘g‘i 6 foizini tashkil qilar edi. Oradan ikki yil o‘tgach, bu ko‘rsatkich 10 foizga etdi. Bular orasida professor unvoni berilgan Abdulla Avloniy, Sulton Segizboev, shu universitetni bitirgan yosh matematik olim Qori-Niyoziy, erli xo‘jalik va huquq fakultetining sobiq talabasi shoir Oybek kabilar bor edi.
1940 yilda O‘ODU aspiranturasida 103 yosh mutaxassis tahsil ko‘rgan. Bu borada sezilarli o‘sish bo‘lganligini qayd etish lozim. Zero, 1937 yilda aspirantlar miqdori bor-yo‘g‘i 30 kishini tashkil etgandi. Aspirantlarning 40 foiziga yaqini erli aholi vakillaridan iborat edi3.
Barcha ishni o‘z tabiiy yo‘sini bilan emas, balki zug‘um va zo‘rlik bilan amalga opshrishga tobora o‘rganib borayotgan sho‘ro hukumati talaba yoshlarga ham xo‘jalik yuritipshing ayni usulini singdirishga harakat qildi. SHu bois talabalar 20-yillarning o‘rtalaridan ilm olishga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etiladigan bo‘ldi. Universitet talaba yoshlaridan oldin respublikada er-suv islohotini o‘tkazishda foydalanilgan bo‘lsa, so‘ngroq majburiy kollektivlashtirish tadbiriga ham jalb etildilar. Hech qancha o‘tmay, kompartiya talabalarni o‘zlari tashkil etishda qatnashgan kolxozdagi paxtalarni yig‘ib-terib olishga safarbar eta boshladi. SHu tariqa 1929 yilning 17-19 oktyabr kunlari O‘rta Osiyo davlat universiteti talabalari dunyo universitetlari orasida birinchi bo‘lib, paxta terimiga chiqishdi. Bu yaroqsiz an’ana yurtimiz ozodlikka chiqqunga qadar, qariyb 66 yil davom etdi.
Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti ham bepoyon sho‘ro mamlakati bo‘ylab izg‘ib yurgan qatag‘ondan chetda qolmadi. Bu qatag‘onning mualliflari uchun o‘z fikri, e’tiqodi va dunyoqarashi bor har qanday ziyoli dahshatli dushman hisoblanar edi. Tabiiy, aynan O‘ODUday tafakkur maskanida bunday kishilar ko‘proq bo‘lardi. SHuning uchun ham universitet jamoasi 30-yillarning ikkinchi yarmida qatag‘on mashinasining bugun qudratini yaqqol his qildi. 1936 yilning kuzida universitet rektori V.YA.Yarotskiy, N.Yaroshevich, T.Jurgenov, A.SHmidt, K.Lapkin singari professor-o‘qituvchilar qamoqqa olindi.
Urushdan oldingi yillarda erli millat vakillari nafaqat talaba yoki domla, balki universitet rahbari darajasida ham ishlay olishlari mumkinligi ko‘rindi. 1931 yilning noyabrida sovet xo‘jaligi va huquqi fakultetini 1928 yilda bitirib, siyosiy iqgisoddan talabalarga saboq bergan va tez orada pedagogika fakulteti etakchisi darajasiga ko‘tarilgan N.Murodov universitetga rektor kilib tayinlandi. Universitetning o‘zbeklardan chiqqan birinchi rahbari bo‘lmish bu kishi 1932 yilning iyul oyiga, ya’ni Moskvaga qizil professura institutiga o‘qishga ketgunsha qadar O‘ODUni boshqardi. Uning o‘rniga ikkinchi bir yosh o‘zbek, keyinchalik olamga maggghur yirik matematik olimga aylangan Toshmuhammad Qori-Niyoziy tayinlandi. Bularning rahbarlik davri, garchi uzoq davom etmagan bo‘lsa-da, erli millat vakillarining o‘qish va jamoat ishlariga ko‘proq jalb etilgan davri bo‘ldi.
Universitet faoliyatining dastlabki bosqichlarida gumanitar fanlar yo‘nalishida ham jiddiy tadqiqotlar qilindi. Qozoq va qoraqalpoq etnografiyasini o‘rganish bo‘yicha prof. A.Divaev, Tojikistonga etnografik nuqtai nazardan tekshirishda M.Andreev, Qashgarni etnografik jihatdan tadqiq etishda A.Semyonov kabi olimlar keig qamrovli ishlarni amalga oshirdilar. Aholiiiig udumlari, o‘yinlari, og‘zaki ijodi, kuy-qo‘shiqlari, ertagu dostonlari, topishmoq va maqollari yozib olindi, tasnif qilindi. Lekin, negadir, o‘zbeklarni etnografik nuqtai iazardan tekshirishga etarli e’tibor qaratilmadi. Faqat 1928 yilga kelibgina o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olishga bir qadar kirishildi.
1940 yilga kelib O‘rta Osiyo davlat universiteti nafaqat O‘zbekiston yoki O‘rta Osiyo, balki Ittifoqdagi yirik oliy maktablardan biriga aylandi. Uiing ilmiy salohiyati haqida pguni aytish mumkinki, 40-yillar boshida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtidagi fan doktorlarining 80 foizi, professorlarning 56 foizi shu universitetda faoliyat ko‘rsatardi.
Tashkil etilishi vaqtidayoq O‘rta Osiyo davlat universiteti shu mintaqa respublikalari va Qozog‘istonda zamonaviy fanlarni rivojlantirish markazi bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. SHuning uchun ham universitet bag‘rida bir qator ilmiy-tadqiqot o‘choqlari tashkil etilib, mintaqa ehtiyoji uchun zarur hisoblangan fan sohalarini rivojlantiripgga e’tibor qaratildi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin