Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi: 5112000 Jismoniy madaniyat ta`lim


haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak



Yüklə 238,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/33
tarix19.10.2023
ölçüsü238,19 Kb.
#157635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo‘nalishi 5112000 Jismoniy mada (1)

haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.
 
 
 
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib 4-7 
semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy 
psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti, jismoniy 
mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, yengil atletika 
va uni o‘qitish metodikasi, milliy kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, harakatli o‘yinlar va 
uni o‘qitish metodikasi, sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va 
sportni boshqarish, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport psixologiyasi, sport mahoratini 
oshirish, jismoniy madaniyatni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan etarli 
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
Fanning ta`limdagi o‘rni 
 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani boshqaruvchi fan bo‘lib, bo‘lajak 
jismoniy madaniyat bo‘yicha yosh mutaxassis kadrlarga jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha 
to‘liq bilim beradi. Insonning sog‘lom baquvvat bo‘lib rivojlanishlariga va ularni har tomonlama 
barkamol qilib tarbiyalashga o‘rgatadi. O‘quvchilarni jismoniy sifatlarni tarbiyalash va 
takomillashtirishni o‘rgatishga ko‘maklashadi. Shuningdek, ularning nazariy bilim, amaliy 
harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rgatadi. Shu munosabati 
bilan davlatimiz tomonidan chiqarilgan jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha me`yoriy-huquqiy 
hujjatlarni o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Fanning o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
 
Talabalarning “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanni o‘zlashtirishlari uchun 


o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik 
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. O‘qitishdagi yangi texnologiyalar 
“Klaster”, “Bumerang”, “Zanjir”, “Agarda men” va “Minar” metodlaridan hamda jismoniy 
madaniyat nazariyasi va metodikasini o‘tish jarayonida plakatlardan, tarqatma materiallardan, 
har xil jadvallardan va vositali hamda bevosita ko‘rgazmali qurollardan foydalana olishadi. 
Ma`ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik 
texnologiyalardan foydalaniladi. 

Yüklə 238,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin