Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di



Yüklə 147,66 Kb.
səhifə10/10
tarix22.10.2023
ölçüsü147,66 Kb.
#159596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

MEHNAT DAFTARCHASI
0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxona besh kundan ortiq ish_lagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. Ish beruv_chi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risi_dagi ma’lumotlami yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra, mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtin_cha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiri_tiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi (81-modda). Ishga kiruvchi har bir xodim ma’muriyatga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasini topshirish_ga majburdir (mehnat daftarchasisiz ishga qabul qilinmay_di). Birinchi bor ishga qabul qilinayotganlar uchun ular ishga qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida yangi mehnat daftarchasi to‘ldiriladi. Mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlar kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar bilan aynan mos kelishi kerak. Mehnat daftarchasida tuzatishlarga, qoida ustidan yozib qo‘yish yoki o‘chirishga y o i qo‘yilmaydi. Basharti ayrim tuzatishlar qi_lishga to‘g‘ri kelsa, bu holat «tuzatish to lg ‘ri» so‘zi bilan qayd qilinib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi. 408 Mehnat daftarchasi Mehnat daftarchasining birinchi sahifasida (sarvarag‘ida) uning egasi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otaismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, ixtisosligi) ko‘rsatiladi. Familiyasi o‘zgarganda, ma’lumoti oshganda va shu kabilarda so‘nggi ish joyida mehnat daftarchasiga kerakli o‘zgartirishlar kiritiladi. Mehnat daftarchasining «Jshi to ‘g ‘risida ma ’lumotlar» bo‘limida muassasaning to‘liq nomi sarlavha tarzida ko‘rsa_tiladi. So‘ng ishga qabul qilish to‘g‘risida, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ma’lumot_lar yoziladi. Xodim qabul qilingan yoki o‘tkazilgan ish yoki lavozimi nomi, uzluksiz mehnat stajining tiklanishi va saqla_nishi to‘g‘risidagi yozuvlar qayd qilinadi. Basharti ish davo_mida ishchiga yangi malaka darajasi berilsa, bu haqda ham tegishli yozuv qayd etiladi. Mehnat daftarchasining «Mukofotlar to ‘g ‘risidagi ma 'lu_motlan> bo‘limida tegishli farmonlar asosida ordenlar va medallar bilan mukofotlash, faxriy unvonlar va davlat mu_kofotlari berish to*g‘risidagi, yuqori tashkilotlar tomonidan ko‘krakka taqiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliqlar berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi. «Rag‘batlantirish to ‘g ‘risida m a’lumotlar» bo‘limida quyidagi ma’lumotlar yoziladi: ichki mehnat tartib-qoidalari va intizom ustavlarida ko‘zda tutilgan ishdagi muvaffaqiyat_lar uchun rag‘batlantirishlar (tashakkur e’lon qilish, mukofot berish, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash va boshqa_lar); amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa rag‘batlantirishlar; diplomlarga sazovor bo‘lgan kashfiyotlar to‘g‘risida, foyda_lanilgan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari va shu mu_nosabat bilan to‘langan pul mukofotlari to‘g‘risida. Ish haqi tizimida ko‘zda tutilgan mukofotlar, shuningdek, muntazam berib boriladigan mukofotlar mehnat daftarchasiga kiritilmay_di. Tanbehlar ham mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat daftarchasining so‘nggi, «Nafaqa tayinlash to ‘g ‘risida ma ’lu_409 Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar motlar» bo‘limida xodimga nafaqa tayinlash haqidagi buyruq ko‘chirmasi, sanasi ko‘rsatilgan holda yoziladi. Xodim ishdan bo‘shatilganda, muayyan tashkilotda ishla_gan vaqtida mehnat daftarchasiga kiritilgan barcha yozuvlar rahbar (yoki uning maxsus vakolatiga ega bo‘lgan shaxs) im_zosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ma’muriyat (ish beruvchi) xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxa_sini berishi shart ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 108-modda). Mehnat daftarchasining biror boiimidagi sahifalar toMib qolgan hollarda ular orasiga suqma varaq qolyiladi. Mehnat daftarchasi bir marta beriladi. Basharti u yo‘qol_gan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lsa, uning egasiga mehnat daftarchasining ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi. Bunday holda yaroqsiz bo‘lib qolgan mehnat daftarchasining birinchi sahifasiga «О ‘rniga ikkinchi nusxa berildi» deb yozib qo‘yiladi, daftarcha esa egasiga qaytariladi. Mehnat daftarchalari ishxonalarda maxsus temir javonlar_da saqlanadi
Yüklə 147,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin