Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana di


TAVSIFNOMA, TAVSIYANOMA Tavsifnom a



Yüklə 147,66 Kb.
səhifə7/10
tarix22.10.2023
ölçüsü147,66 Kb.
#159596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

TAVSIFNOMA, TAVSIYANOMA Tavsifnom a
M a’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shu_ningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilot_lari (agar ular mavjud bo4Isa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakat_larga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi. Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliya_ti, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
a) ismi, otaismi va familiyasi;
b) tug‘ilgan yili;
d) millati;
e) partiyaviyligi;
f) ma’lumoti;
g) lavozimi;
h) ilmiy darajasi va unvoni.
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana.
6. Muhr.
Ma lumot-axborot hujjatlari Tavsifhoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mu_taxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida m a’lumot beriladi. Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviya_si, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga mu_nosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi. Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xu_losa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi. Tavsifhoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlami vaqtida bajara_digan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tez_kor», «prinsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifhoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa, shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havo_la bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa yoki bo‘linma) boshlig‘i vb kasaba uyushmasi tashkilotining iaisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tas_diqlanadi. Tavsifhoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shax_san xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassa_saga jo ‘natiladi. Tavsifhomalaming «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tav_sifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mav_jud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Yüklə 147,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin