KIBERXAVFSIZLIK SIYOSATI FANINING MAZMUNI
Fanni o‘qitishdan maqsad -
talabalarga kiberxavfsizlikni ta’minlash
soxasidagi xalaro va milliy me’yoriy, nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan
tanishtirish bilan bir qatorda kiberxavfsizlik siyosatini tashkil etishda
foydalaniladigan tgurli zamonaviy yondashuvlar, tashkiliy va huquqiy me’yorlarni
qo‘llashga doir bilimlar va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi -
talabalarga nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar berish,
hamda kiberxavfsizlik siyosatining asosiy tushunchalari, xavfsizlikni ta’minlashga
qaratilgan milliy va rivojlangan davlatlar tajribasi va
mazmuni bilan tanishtirish
hamda kiberxavfsizlikka zamonaviy tahdidlar, tarmoq
xavfsizligi standartlari,
kiberxavfsizlikni ta’minlashda foydalaniladigan vositalarning ahamiyatini ochib
berish.
Fan bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari savollari quyidagi
mavzular bo‘yicha tuziladi
Kiberxavfsizlik siyosati tushunchasi va fanga kirish
Kursning qisqacha mazmuni va tarkibi. Baholash mezonlari, axborot xavfsizligining
asosiy tushunchalari. Kiberxavfsizlik tushunchasi.
Konfidensiallik, yaxlitlik va
foydalanuvchanlik. Kiberxavfsizlik siyosati tushunchasi.
Kiberxavfsizlik siyosati
domenlari, qonun va qoidalar,
tashkilot siyosati, texnologik amallar,
texnologik
sozlanishlar. Strategiya va siyosat.
Kiberxavfsizliksik evolyutsiyasi.
Mahsuldorlik. Internet. Elektron tijorat. Qarshi choralar. Muammolar.
Kiberxavfsizlik maqsadlari.
Kiberxavfsizlik
o‘lchovlari. Xavfsizlik boshqaruvining maqsadlari.
Zaifliklarni hisoblash, Xavfsizlik freymvorklari: personal mobil qurilmalar, sanoat
boshqaruv tizimlari, elektron tijorat tizimlari, xavfsizlik siyosati maqsadlari.
Dostları ilə paylaş: