KIBER-HUQUQ VA KIBER-ETIKA FANINING MAZMUNI
Kiberhuquq va kiberetika fani axborot xavfsizligi
asoslari bilan ilk bor
tanishiladigan birinchi umumkasbiy fanlardan hisoblanadi.
Kiberhuquq va
kiberetika fani kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi halqaro va milliy me’yoriy,
nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish
bilan bir qatorda axborot
tizimlarini, resurslarni himoyalangan texnologiya asosida qurish, himoyalanadigan
axborotga nisbatan bo‘ladigan taxdidlarga zamonaviy
yondashuvga asoslangan
holda tahlil qilishga doir bilimlar va uquvlar hosil qilishga asos tayyorlaydi hamda
mutaxassislik fanlarini muvaffaqiyatli o‘rganish uchun zarur bo‘lgan
kasbga doir
tushunchalar, ta’riflar,
iboralar, halqaro me’yoriy-huquqiy
xujjatlar,
qonunlar va
standartlarni qo‘llashga oid bilimlarni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: