Mazu: Cho’kindi tog’ jinslarini hosil bo’lish bosqichlari



Yüklə 1 Mb.
səhifə6/7
tarix06.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#125972
1   2   3   4   5   6   7
ALLIYAROV JAMSHID 2

Ko`ngir ko`mir tarkibida 69 % karbon bo`lib, qolgan qismi vodorod, kislorod, azotdan iborat. U tarkibida o`simlik qoldiqlari saqlangan torfning tosh ko`mirga o`tish bosqichida to`planadi. U qo`ngir-qora, qo`ngir-jigarrang bo`lib, yahshi maydalanadi.
Toshko`mir tarkibida karbon 80%, kislorod 13%, vodorod 5%, azotning miqdori juda ham kam. Tuzilishi zich, qo`ngir ko`mirga nisbatan qattiq, sirti moylangandek, yaltiraydi, rangi qora, qoramtir kulrang.
Antratsit tarkibida 95 % karbon bo`lib, qolgan qismi kislorod va vodoroddan iborat. Uning tarkibida azot juda oz bo`ladi. toshko`mirga nisbatan juda ham qattiq bo`lib, tuzilishi zich va qat-qat,juda yaltiroqdir. Rangi qora bo`lib, ko`lga yo`qmaydi.
Nyeft-mutloq himiyaviy tarkibga ega bo`lmagan murakkab, o`ziga hos hidli suyo`qlik. Neft parafin, naftalin va aromatik qatoriga qiruvchi suyo`q uglevodorodlarning aralashmasidan iborat. Bundan tashqari neft tarkibida ozroq oltingugurt, azot, neft kislotasi, suv noorganik moddalar aralshmasi ham bo`ladi. u sargish, yashil, qo`ngir rangli bo`lib, moyga uhshab yaltiraydi. Neft tabiatda tarqalgan hamma geologik davr yotqiziqlari ichida uchraydi.
Asfalt (tog simolasi) - qo`ngir-qora rangli bitumsimon jins. Himiyaviy tarkibi 80% karbon, 10% kisloraddan iborat. Zichligi 1 - 1,23 . Rangi qora bo`lib, smoladik yaltiraydi, bitumning hidini beradi.
Cho’kish mexanik (og’irlik kuchi ta’siri va muhit dinamikasining o’zgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning to’yinish kontsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaktsiyalari natijasida) hamda biogen yo’l bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bog’liq) sodir bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslari cho’kish xarakteriga ko’ra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga bo’linadi. Cho’kindi tog’ jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: yer po’stini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qadimgi cho’kindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi zamon okean cho’kindilari va qadimgi cho’kindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham uchraydi. Ba’zi Cho’kindi tog’ jinslari (ohaktosh, ko’mir, diatomit va boshqalar) butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning o’lchami, ularning shakli va o’zaro birikmalari Cho’kindi tog’ jinslari struktururasini belgilaydi. Cho’kindi tog’ jinslari shakli va hajmi turlicha bo’lgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil qilib, yer pustida normalgorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalarzarralarning o’zaro joylashuvi va yo’nalishi bilan bog’liq) va bo’shliqni qay yo’sinda to’ldirishi Cho’kindi tog’ jinslari teketurasi deyiladi. Cho’kindi tog’ jinslari quyidagicha hosil bo’ladi: tub tog’ jinslarining yemirilishidan paydo bo’lgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan ko’chib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga cho’kadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan bo’sh va g’ovak, suvga to’yingan cho’kindi hosil bo’ladi. Bu cho’kindi murakkab va xilmaxil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat bo’lib, vaqt o’tishi bilan astasekin cho’kindi jinsga aylanadi. Cho’kindi tog’ jinslarining tasnifi ularning tarkibi va genezisiga ko’ra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli, marganesli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va boshqalar. Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Cho’kindi tog’ jinslari kimyoviy tarkibiga ko’ra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha buladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kaltsiy, oltingugurt, galoidlar kup buladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Cho’kindi tog’ jinslaridan gil (gil, argillit, gilli slaneslar — 50% ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Cho’kindi tog’ jinslarining hosil bulishi va joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi. Geosinklinallarda
Cho’kindi tog’ jinslarining katta qatlamlari yig’iladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslari Yer po’sti massasining 10% ni tashkil qilib, yer yuzasining 75% ni qoplaydi. Quruqlikdagi Cho’kindi tog’ jinslarining 75% geosinklinal oblastlarda bo’lib, 25% platformalarga to’g’ri keladi. Yer qa’ridan olinadigan jami foydali qazilmalar (ko’mir, neft, tuzlar, temir, marganes va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va boshqalar) ning 75% Cho’kindi tog’ jinslariga to’g’ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan so`ng davlat iqtisodiyotini rivojlantirish va uni takomillashtirishda transport inshootlari qurilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ixtiyoriy gruntlarda bino va inshootlarning ustivorligini ta'minlovchi zamin va poydevorlarning istiqbolli konstruksiyalarini loyihalash va joriy etish samaradrligi muammolari tug`ildi. Bu muammolarni yechishda bino va inshootlarni qurish sharoitlari, asoslarni tashkil etuvchi gruntlar va jinslarni, ularning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari, vaqt oralig`ida o`zgarishi, joylashish sharoitlari, plastlarning qalinliklari va boshqa paramterlarni hisobga olish zarur. Bino va inshootlardan tushgan yuklar ta'sirida tog` jinslari va gruntlarning ishlash sharoitlari, yer osti suvlarining mavjudligi va ularning harakat rejimlari, turli geodinamik jarayonlar (seysmik hodisalar, ko`chkilar, karst hodisalari va boshqalar) ta'sirlari katta ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning bino va inshootlarga bo`lgan salbiy ta'sirini faol himoya tadbirlarini qo`llash orqali kamaytirish yoki batamom yo`qotish mumkin. Muhandislik geologiyasi fanining mustaqil fan sifatida tan olinishi o’tgan asrning 20 yillariga to`g`ri keladi. Bu davrda temir yo`l qurilishi bilan A. P. Karpinskiy, F. Yu. Levinson-Lessing, I. V. Mushketov, V. A. Mushketov, V. A. Obruchev, A. P. Pavlov, S. A. Yakovlev kabi olimlar shug`ullanganlar. Sanoat, shahar va gidrotexnik qurilish uchun gruntlar ustida ilmiy izlanishlarning olib borilishi, yangi ilmiy yo`nalish – gruntshunoslik fanining kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bu fan tuproq va tog` jinslarini bino va inshootlarni loyihalash va qurish bilan bog`liq bo`lgan grunt sifatida o`rganadi. Gruntshunoslikning rivojlanishiga B. M. Gumenskiy, S. S. Morozov, V. V. Oxotin, V. A. Priklonskiy, Ye. M. Sergeev, M. M. Filatov kabi olimlar ulkan hissa qo`shganlar. Muhandislik inshootlar qurilishi uchun turli hududlarning geologik, gidrogeologik sharoitlari va ularda bo`lib o’tayotgan geologik jarayonlar haqida ma'lumotlar zarur edi. Bu muammolarni yechish yangi – muhandislik geologiyasi fanining rivojlanishiga olib keldi. 3 YER HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR Fan haqida Geologiya so`zi grekcha geo - "yer", logos - "o`rganaman" degan ma'noni bildiradi. Geologiya - qadimiy fanlardan biri bo`lib, yerning ustki va ichki qismlarini va undagi ro`y beradigan mavjud hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi. U rasmiy fan sifatida XIX asrda rivojlana boshlagan. Fanning rivojida uning asoschisi M.Yu.Lomonosov, bundan tashqari Sharq mamlakatlari bir qancha olimlari ham katta hissa qo`shishgan. Jumladan Beruniyning "Hindiston" asarida Yer sayyorasi haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan. Geologiya - yer haqidagi kompleks ilm bo`lib, uning tuzilishi, rivojlanishi, turli xil geologik jarayonlarni o`rganadi. Geologiya bir qator aralash ilmlarga bo`linadi: 1. Minerologiya – minerallar haqidagi ilm. 2. Petrografiya – tog` jinslari, ularning kelib chiqishi, tuzilishi va tarkibi haqidagi fan. 3. Tarixiy geologiya – yerning paydo bo`lishi, va rivojlanishi, undagi hayvonot va o`simlik olamini o`rganuvchi fan. 4. Geofizika – yer qobig`i sirtida va yer ostida sodir bo`ladigan fizik jarayonlarni o`rganuvchi fan. 5. Dinamik geologiya – yer sirti shaklini o`zgartiruvchi jarayonlarni o`rganuvchi fan. 6. Stratigrafiya – tog` jinslari qalinligi va qatlamlarning joylashishi sharoitlarini o`rganuvchi fan. 7. Gidrogeologiya – yer osti suvlari, ularning kelib chiqishi, harakat qonunlari, fizik va kimyoviy xususiyatlarini o`rganadi. 8. Muhandislik geologiyasi – tog` jinslari fizik va texnik xususiyatlari va geologik jarayonlarni o`rganuvchi fan bo`lib, geologiyaning bitta yo`nalishidir. Bu fan turli inshootlarning qurilish sharoitlari va tabiiy yer massasining turg`unligini ta’minlash uchun o`tkaziladigan Muhandis geologik tadbirlar yo`nalishlarini aniqlab beradi. Mineral tabiiy kimyoviy jins yoki tug`ma element bo`lib, yer qobig`i yoki uning sirtida fizikaviy yoki kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo`ladi. Minerallarning umumiy soni 3000 ga yaqindir. Ulardan tabiiy jinslar tashkil qiluvchilari 50 ga yaqin bo`lib, asosiy tabiiy jinslarni tashkil etuvchilari 15 taga yaqin. Minerallarni sinflarga ajratish Agregat holat bo`yicha: a) qattiq jismlar (dala shpatlari, kvars va boshqalar); b) suyuq minerallar (suv, neft, simob va boshqalar); c) gazsimon (etan, butan, propan). Paydo bo`lish sharoiti bo`yicha: 1.
Endogen – suv ostida me’yoriy o`zgarishlar natijasida kristallarga aylanadi; 2. Ekzogen – suv ostida kristallashish va yer sirtida kimyoviy nurash 7 jarayoni bilan bog`liq bo`lgan minerallar; 3. Metamorfik – oldin hosil bo’lgan minerallarning yuqori harorat va yuqori bosim ta'sirida o`zgarishi natijasida hosil bo`lgan minerallar. Tog` jinslarini tashkil etishda qatnashish darajasi bo`yicha: 1. Asosiylari – u yoki bu jinsning hosil bo`lishida har doim qatnashadi. Dala shpatlari yer qobig`ining 58% ini tashkil etadi, kvars - 13 % ini va h.k; 2. Ikkinchi darajali minerallar. Tabiiy jinslarning kam qismini tashkil etadi. Lekin tog` jinslarining xususiyatlariga o`z ta'sirini o`tkazadi; 3. Noyob minerallar - tog` jinslarini hosil bo`lishida ishtirok etmaydi. Kimyoviy tarkibi bo`yicha: tug`ma, goloid, sulfid, okisel, gidroksel, kislorodli kislotalar tuzlari. Minerallarni kimyoviy tarkibi bo`yicha sinflarga ajratish jadvali № Sinfi Nomi Kimyoviy ifodasi Kelib chiqishi 1 Tug`ma Oltin, platina, oltingugurt Au, Pt, S turlicha 2 Goloidlar agalit, silvin NaCl, KCl qorishmalardan 3 Sulfidlar pirit FeS2 turlicha Gidrokisel, okisel kvars SiO2 kristallizatsiya Kislorodli kislotalar tuzlari: a) karbonatlar kalsit, dolomit
CaCO3, CaMg(CO3)2 qorishmalardan b) sulfatlar gips, angidrit CaSO42H2O, CaSO4 qorishmalardan 1) dala shpatlari: a) ortoklaz K2OAl2O36SiO2 v) silikatlar va amino-kislotalar b) plagioklazlar K2OAl2O36SiO2Q+ +CaOAl2O32SiO2 albit
100…90% 0…10% oligoklaz 90…70% 10…30% andezit 70…50% 30…50% labrador 50...30% 50…70% bitovnit 30…10% 70…90% anortit 10… 0% 90…100% 2)rogovaya obmanka slyuda 3)loyli minerallar (montmorillonit, kaolinit, gidroslyuda) murakkab Magmaning sovishi natijasida Magmaning sovishi natijasida
Minerallarning fizik xususiyatlari Asosiy tabiiy jinslarni tashkil etuvchi minerallarni ularning fizik xususiyatlariga qarab aniqlash mumkin. Minerallarning fizik xususiyatlari: 1. Qattiqligi – minerallarning tashqi mexanik ta'sirlarga bo`lgan qarshilik ko`rsata olish qobiliyati. Minerallarning qattiqligi Moos shkalasi bo`yi8 cha aniqlanadi. Bu shkala bo`yicha har bir mineral o`z qattiqligiga ega. Moos shkalasi: 1 – tal k 2 – gips 3– kalsit 4– flyuorit 5 – apatit 6 – dala shpati 7 – kvars 8 – topaz 9 – korund 10 – olmos 2. Rangi: − och rangli – kvars, gips, albit, ortoklaz, kalsit; − to`q rangli – labrador, rogovaya obmanka. 3. Yaltiroqligi – mineralning yorug`lik nurini qaytarish qobiliyati. Barcha minerallar yaltiroqligi bo`yicha 2 guruhga bo`linadi: − metallik yaltiroqlik – pirit, magnetit, grafit, rogovaya obmanka; − nometallik yaltiroqlik: a) shishasimon – dala shpatlari, kalsit; b) shoisimon – asbest, tolali gips; c) perlamutrli – slyuda, talk, plastinkali gips; d) yog`li – kvars, oltingugurt; e) xira – kaolin, magnezit. 4. Shaffoflik – minerallarning o`z tanasidan yorug`lik nurlarini o`tkaza olish qobiliyati (o`ta o`tkazuvchan, o`rtacha, kuchsiz, o`tkazuvchanlik mavjud emas); 5. Ulanish sirtining mavjudligi – mineralning haqiqiy yoki mumkin bo`lgan qirralariga parallel tekisliklar hosil qilib parchalanish qobiliyati: − o`ta mukammal – qo`l kuchi bilan yengil varoqlarga ajraladi (slyuda); − mukammal – zarba natijasida tekis sirt hosil qilib parchalanadi (kalsit); − nomukammal – zarba natijasida notekis sirtlar bilan chegaralangan tasodifiy shakldagi parchalarga bo`linadi (labrador, rogovaya obmanka); − mavjud emas – kvars. 6. Siniq parchasi – bo`linishda mineral sirtining shakli quyidagicha bo`ladi: tekis, notekis, zirapchali, chig`anoqli. 7.
Solishtirma og`irligi: − yengil –γ < 2,5 g/sm3 ; − o`rtacha – γ = 2,5…4,0 g/sm3 ; − og`ir – γ > 4,0 g/sm3 . 9 8. O`ziga xos xususiyatlari: ta'mi (achchiqtosh), hidi (сера), tuzli kislota bilan munosabati (kalsit, dolomit). Tog` jinslari – yer qobig`ini tashkil etuvchi zich va bo`sh mineral massalar yig`indisidan iborat. Tog` jinslarining umumiy soni 1000 yaqin. Ular bir-biridan mineral tarkibi va kelib chiqishlari bilan farq qiladi. Tog` jinslari quyidagi sinflarga ajratiladi: 1. Mineral tarkibi bo`yicha: a)oddiy (monomineral): gips, achchiqtosh; b)murakkab (polimineral): granit, dala shpati, kvars, slyuda, rogovaya obmanka. 2. Kelib chiqishi bo`yicha: − magmatik: a)chuqurlikda hosil bo`lgan (intruziv); b)quyilish natijasida (effuziv); − cho`kma 1) parchalangan (bo`lakli): a)bo`sh; b)qattiq; 2) kimyoviy; 3) organogen: a)zoogen;
b)fitogen; − metamorfik: a)kontaktli; b)mahalliy (regional). Yer qobig`ida minerallar quyidagi tarkibda joylashgan: − magmatik tog` jinslari 87%, metamorfik tog` jinslari 8%, cho`kindi 10 tog` jinslari 5% ni tashkil qiladi; − cho`kindi tog` jinslari Yer yuzining 75% ni qoplaydi. Cho`kindi tog` jinslarining qalinligi 0 dan 15 km gacha. Ho`r =3 km.. Magmatizm Tog` jinslarining teksturasi va ichki tuzilishi to`g`risida tushuncha Katta chuqurlikdagi tog` jinslarida bir xil struktura bo`ladi. Ular kristalli zarrachalar o`lchamlariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: − yirik kukunli (d > 5 mm); − o`rtacha kukunli (d = 5…1 mm); − mayda kukunli (d < 1 mm); − turli o`o`lchamdagi kukunli. Quyma jinslar ichki tuzilishi bo`yicha 3 turga bo`linadi: 1. Porfirlangan – siniq parchasida 1 ta mineralning parchalari ko`rinib turadi (porfirit); 2. Yopiq kristalli – kristallarni oddiy ko`z bilan ilg`ab bo`lmaydi (diabaz); 3. Shishasimon – amorf massa (obsidian). Teksturasi – jins hajmida tarkibiy mineral zarrachalarining nisbiy joylashishi va taqsimlanishiga bog`liq holdagi taxiga aytiladi. Tekstura ko`rinishlari: massivli, g`ovakli, qatlamli, slanesli. Chuqurlikdagi jinslar massiv (zich) teksturaga (granit), quymalari – massiv (obsidian) yoki g`ovakli (shag`alsimon) teksturaga (bazaltli lava, pemza) ega. Magmatik tog` jinslarining tasnifi Magmatik tog` jinslari magmalarning sovishi natijasida yer qobig`ida yoki uning sirtida hosil bo`ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: 11 SiO, Al2O3, K2O, Na2O, CaO, MgO, FeO, Fe2O3 va boshqalar. Kelib chiqishi bo`yicha magmatik tog` jinslari intruziv (chuqurlikda paydo bo`lgan) va effuziv (quyma) turlarga bo`linadi. Magma (grekchadan
«μαγμα» – quyuq maz) – murakkab tarkibga ega bo`lgan cho`g`li massa. Magma o`choqlari radioaktiv elementlar yig`ilgan joyda mantiyaning sirtida yoki yer qobig`ining pastki qismida hosil bo`ladi. Bitta magma o`chog`ida hosil bo`lgan intruziv va effuziv tog` jinslari bir xil kimyoviy va mineral tarkibga ega, lekin ularning teksturasi va ichki tarkibi turlichadir.Tog` jinslari ichki tuzilishi deganda tog` jinslarini tashkil etuvchi minerallarning miqdori, o`lchamlari, shakli va o`zaro bog`lanish usullari tushuniladi. Tog` jinslarining ichki tuzilishi magmaning sovishi jarayonida shakllanadi va unig sovish sharoiti va tezligiga bog`liq bo`ladi. Magmaning sovish sharoitlari Yer yuzasi va chuqurlikda turlichadir. Katta chuqurlikda hosil bo`lgan jinslar yuqori bosim, sekin va bir tekis sovish sharoitida shakllanadi, quyma jinslar esa magmaning past bosim ostida va past haroratda tez sovish sharoitida shakllanadi. Magmatik tog` jinslarining joylashish shakllari Chuqurlikdagi jinslar uchun quyidagi joylashish shakllari xarakterlidir: 1. Platformalar poydevorlari; 2. Batolitlar; 3. Lakkolitlar; 4. Paylar va daykalar. Quyma jinslar quyidagicha joylashadilar: 1. Gumbazlar; 2. Qoplamalar; 3. Oqimlar. Platformalar katta maydonga ega bo`lgan tekislik fazosi bo`lib, Yer qobig`i sirtida tog’ jinslarining cho`kishi natijasida hosil bo`ladi. Platforma chegarasida magmatik tog` jinslarining Yer yuzasiga chiqishi shchit deyiladi. Shchitlar magmatik tog` jinslarini qazib olishda qulay karer hisoblanadi. MDH hududida ikkita platforma mavjud: 1 - Rus platformasi – Kola yarimorolidan qora dengizgacha; 2 - Sibir platformasi – Lena va Yenisey daryolari, Baykal ko’li va Shimoliy muz okeani oralig’ida joylashgan. Batolit (yunoncha batos – tosh, litos – chuqur degani) – magmatik tog’ jinslarining qing`ir shaklli yirik massivi, pastlashgani sari kengaya boradi va mantiyaga kirishib ketadi. Lakkolit (grech. λακκοσ – "o’ra, yerto’la") – magmaning cho`kindi jinslar qatlamlariga kirishib ketishi natijasida hosil bo`lgan qo`ziqorin shaklidagi massiv. Ularning hosil bo`lishi tog`lar massivlarining paydo bo`lishiga olib keladi. Magmatik tanalarning yotish sharoitlari va shakllari (Yu.M.Vasilev bo’yicha) Paylar – Yer qobig`i yoriqlariga magmaning kirishi natijasida hosil bo’ladi. Turli xildagi mineral xom ashyolarning paydo bo’lishi paylar bilan bog`liq. Daykalar – parallel devorli paylar. Qoplamalar – Yerning gorizontal sirtiga magmalarning quyilishidan hosil bo`lgan ulkan maydon. Oqimlar – Yer yuzasida uzunasiga joylashgan magmatik tog` jinslari. qiyaliklarga magmaning oqishi natijasida hosil bo’ladi. Gumbaz – to’ntarilgan qozon shaklidagi massiv. 13 Magmatik tog` jinslarini sinflarga ajratish Magmatik tog` jinslarini sinflarga ajratish jinslar tarkibida SiO2 ulushiga bog`liqdir. Jins tarkibida SiO2 kam bo`lsa, bunday jismlarni polirovka qilish oson kechadi. Magmatik tog` jinslari sinflari Jins tarkibi Jinsning nomi SiO2, % ning ulushi minerallar chuqurlikdagi quyma nordon SiO2, 75 65% kvars, dala shpatlari, slyuda granit kvarsli porfir o`rtacha SiO2, 65 52% dala shpatlari, rogovaya obmanka, biotit siyenit, diorit ortoklazli porfir, andezit asosiy SiO2, 52 40% labrador, avgit, olivin gabbro diabaz, bazalt ultraasosiy SiO2, 40% dan kam olivin, avgit, kon minerallari peridotit, dunit Magmatik tog` jinslari massivlaridagi yoriqlar va bo’laklar Magmaning sovishi jarayonida tog` jinslari massivida yoriqlar paydo bo`ladi, bu yoriqlar massivni alohida bloklarga (bo`laklarga) ajratadi, ularning shakli magmaning quyilish sharoitlariga bog`liq.
Bloklarning shakllari quyidagicha bo`lishi mumkin: − matrassimon – chuqurlik jinslari uchun xarakterli; − ustunsimon – magmaning Yer sirtiga quyilishi natijasida hosil bo`ladi; − bloklarning sharsimon shakli – jinslarning suv ostiga quyilishi natijasida hosil bo`ladi. Yoriqlar tog` massivlarini bo`shashtiradi, lekin ularga ishlov berishni ancha osonlashtiradi. Portlatish ishlari va ishlov berish yo’nalishlarini tanlashda bloklar ko`rinishlarini hisobga olish kerak. Magmatik tog` jinslaridan qurilishda foydalanish Magmatik tog` jinslaridan asos sifatida foydalanish mumkin agar, tog` jinslari massivida yoriqlar bo`lmasa; qurilish va bezak materiali sifatida ishlatish mumkin. Qurilishda mayda shag`al (granit, siyenit), ishlov berish materiali (granit, siyenit, labradorit, gabbro), yo`l qoplamasi (diabaz, bazaltli lava); yengil va og`ir betonlarga qo`shimcha (porfirit, kvarsli porfir, bazaltli lava), issiqlikni ushlab turuvchi material (pemza) sifatida ishlatish mumkin. CHO`KINDI TOG` JINSLARI Nurash haqida tushuncha Cho`kindi tog` jinslari – birlamchi jismlarning fizikaviy va kimyoviy nurashi natijasida suv yoki havo muhitida hosil bo`lgan yig`indi va cho`kindilarning zichlashishi natijasida hosil bo`ladi. 1. Nurash – bu minerallar va tog` jinslarining fizik va kimyoviy yemirilishi jarayonlarining yig`indisidir. 2. Nurashning asosiy omillari: 3. Fizik nurash. haroratning tebranishi, tog` jinslari yoriqlarida suvning muzlashi va erishi va shamolning mexanik ta'siri; 4. Kimyoviy nurash. Yer qobig`ining ustki qatlamlarida sirkulatsiya qilib yurgan suvlarning kimyoviy ta'siri, suvda eritilgan va atmosferadagi gazlarning ta'siri. 5. Biologik nurash. O`simliklar ta'siri, hayvonot olami ta'siri; 6. Gidratatsiya; 7. Zanglash; 8. Kaolinizatsiya. Litosferaning nurash jarayoni kechadigan sohasiga nurash zonasi deyiladi. Bu yerda mujassamlashgan jinslarning yemirilish jarayoni bo`lib nurash qobig`ini tashkil etadi. Nurash zonasi quyidagicha taqsimlanadi: − zamonaviy nurash zonasi, ya'ni Yer qobig`ining eng ustki qismi. Bu zona uchun kolloidlar hosil bo`lish sharoitini yaratuvchi muhit sharoitining o`zgaruvchanligi (harorat, namlik va b.) xarakterlidir; − asriy va chuqurlikdagi nurash zonasi. Bu yerda doimiy harorat va tepa qismidagi qatlamlar bosimi ostida kristallik jismlarning paydo bo`lish jarayoni bo`lib o`tadi (kolloidlar eskirishi). Tog` jinslarining nurashi natijasida hosil bo`lgan jinslarning o`z joyida qolgan qismiga elyuviy yoki elyuvial yotqiziq deyiladi, ya'ni elyuviy – bu zamonaviy nurash zonasi bo`lib, mahalliy jinsning nurashi 15 natijasida hosil bo`lgan. Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish bosqichlari: − fizik va kimyoviy nurash; − nurash mahsulotlarining suv yoki havo yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko`chirilishi (qorishma yoki parcha ko`rinishida); − nurash mahsulotlarining yotqiziqlari (отложения): a) fizikaviy nurash mahsulotlari ko`rinishida (turli siniq parchalar); b) suvli qorishmalardan tuzlarning cho`kishi natijasida; c) jonzodlar va o`simliklar faoliyati natijasida; − diagenez – bo`sh (yumshoq) cho`kindidan jinsning
shakllanishi – cho`kindining tog` jinsiga aylanish jarayoni. Cho’kindi tog’jinslari tasnifi Cho’kindi tog’ jinslari sinflari: − kelib chiqishi bo’yicha: a) siniq parchali: bo`sh (yumshoq), sementlashgan (qattiq); b) organogen; c) kimyoviy; − hosil bo`lish sharoitlari bo`yicha: a) dengiz sharoitida; b) kontinental (quruqlikda). Cho`kindi tog` jinslarining o’ziga xos xususiyatlari: 1) qatlamlilik – yotqizilish sharoitlarining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan turli tarkibli, turli rangli va turli qalinlikdagi qatlamlarning ketma-ket kelishi. Cho`kindi tog` jinslarining qatlamli joylashishi tasvirlangan: 2) g`ovaklilik – cho`kindi tog` jinslariga xos. G`ovaklilik jinsning yuk ta'sirida siqiluvchanligi va suv o`tkazish qobiliyatini bildiradi.
G`ovaklilik mezonlari: V V п п = va V d V e п = . Odatda jinslar g`ovakliligi 35 - 50% tashkil etadi. Siqiluvchanlik g`ovaklar hajmi Vp ning kamayishi hisobiga ro`y beradi. Cho`kindi tog` jinslarining tarkibi va xususiyatlari iqlim sharoitiga bog`liq bo`ladi: − siniq parchalilar (обломочные) keskin kontinental iqlim sharoitida hosil bo`ladi; − kimyoviylar – jazirama issiq iqlim sharoitida hosil bo`ladi; 16 − organogen – nam va issiq iqlimk sharoitida hosil bo`ladi; 3) cho`kindi tog` jinslarining plastlarida jonzodlar va o`simliklar qoldiqlarining mavjudligi; 4) cho`kindi tog` jinslari mustahkamligining magmatik tog` jinslari mustahkamligiga nisbatan past bo`lishi (zarrachalar orasida bog`lanishning mavjud emasligi, ikkilamchi minerallarning mavjudligi). Cho'kindi tog' jinslarining qatlamlanishi: 1 - plast – qalinligi 0,5 m gacha va katta uzunlikka ega bo`lgan cho`kindi tog` jinslari qatlami; 2 - oraliq qatlam – bir jins qatlami ichida joylashgan qalinligi 0,5 m gacha bo`lgan boshqa qatlam; 3 - linza – kichik masofada bir qatlam ichiga kirib kelgan boshqa qatlam; 4 - cho`quvchi qatlam – bir tomoni kamayib boruvchi qatlam; 5, 6 – plastlar chegaralari (ustki – tom, pastki – tovon); Tog' jinslarining strukturasi Siniq parchali tog` jinslarining tavsifi Siniq parchali tog` jinslari bo`sh (yumshoq) va sementlashgan (qattiq) turlarga bo`linadi. Inshootlar asoslari va qurilish materiallari sifatida ishlatiladi. A) Bo`sh (yumshoq) tog` jinslari magmatik, metamorfik va boshqa qoyatosh tog` jinslari yemirilishi natijasida hosil bo`ladi va turli shakl va o`lchamlarga ega parchalardan iborat bo`lib fraksiyalarga bo`linadi. 17 O’z RST 25100-95 bo`yicha yirik bo`lakli tog` jinslari granulometrik tarkibi bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi: Turlari Zarrachalarning ustivor shakli Silliq Qirrali Massasi bo`yicha zarrachalarning ulushi % da Xarsang tosh (валунные) Churx toshlar (глыбовые) 50% dan ko`proq Mayda tosh Qirrali mayda tosh 50% dan ko`proq Yirik bo`lakli Qum aralash toshli Dresvali 50% dan ko`proq Siniq parchali fraksiyalar sinflari: Fraksiyalar o`lchamlari, Siniq parchalar shakllari mm Sirti silliq Qirrali 200 dan katta Xarsang toshlar
(валуны) Churx toshlar (глыбы) 200… 100 Palaxmon tosh (булыга) Qirrali toshlar (камни) 100… 20 Mayda tosh (галька) Qirrali mayda tosh (щебень) 20… 2 Qum aralash tosh (гравий) Pay (хрящь) Dresva 20…10 10…2 2… 0,05 Qumli 0,05… 0,005 Changli 0,005 dan kichik Loyli Qumli jinslar klassifikatsiyasi: − mineral tarkibi bo`yicha: a)
monomineral (kvarsli qumlar, dala shpatli); b) polimineral (dala shpatli, kvars, biotit, rogovaya obmanka); − granulometrik o`tarkibi bo`yicha (kukunlar o`lchamlari bo`yicha): a) qum aralash mayda toshli (d > 2 mm); b) yirik (d = 2…0,5 mm); c) o`rtacha yiriklikdagi (d = 0,5…0,25 mm); d) mayda (d = 0,25…0,1 mm); e) changli (d < 0,1 mm); − zarrachalar tarkibining birjinsliligi bo`yicha: 10 60 d d Cu = – birjinslilik darajasi: a) birjinsli Cu < 3; b) birjinslimas Cu > 3; − kelib chiqishi bo`yicha: a) dengizlarda; b) daryolarda; c) ko`llarda; d) eolli (shamol ta'sirida). 18 Zichligi – o`rtacha, g`ovakliligi va suv o’tkazuvchanligi – sezilarli darajada katta.
Mayda toshli, yirik va o’rta yiriklikdagi qumlar – inshootlar uchun yaxshi asosdir. Mayda va changli qumlar – bo`sh asos bo`lib, suvga to`yinganda yumshoq loy ko`rinishiga o`tadi. Qumli asos tebranuvchan yuklar ta'sirida turg`unligini yo`qotadi.
Qurilish materiali, beton va qurilish qorishmalariga to’ldiruvchi sifatida ishlatish mumkin. Loyli jinslar Ular loyli, changli va qumli zarrachalardan iborat. Loyli jinslar klassifikatsiyasi Tog` jinsi nomi Loyli zarrachalar ulushi Izoh loylar 30% dan ko`p
Soz tuproqlar: 30…10% og`ir 30…20% o`rtacha 20…15% yengil 15…10% Supeslar:
10…3% og`ir 10…6% yengil 6…3% Qumli yoki changli zarrachalarning ustivorligida qumli yoki loyli bo`lishi mumkin Loyli jinslarning mustahkamligi va fizik holati ularning namligi va konsistensiyasiga bog`liq. d W m m W = , bu yerda: WP – yoyilish chegarasidagi namlik; WL – oquvchanlik chegarasidagi namlik; IP=WL+WP – plastiklik soni–loyli gruntlarning sinfiy ko`rsatkichi. 7-rasm. Gil tuproqlar mustahkamligini ularning namligiga bog’liqligi IP, % - grunt nomi 1…7 - supes 7…17 - soz tuproq 17 dan ortiq - loylar Loyli tog` jinslari quyidagi
minerallardan tashkil topgan: 19 − birlamchi minerallardan (kvars, dala shpatlari, slyuda); − ikkilamchi loyli minerallardan (kaolinit, montmorillonit).

Loyli jinslar barcha cho`kindi tog` jinslarining 50% tashkil etadi. Yetarlicha mustahkamlikka ega bo`lganda va past namlikda inshootlar uchun yaxshi asos bo`lib xizmat qiladi. Tuproqdan qilingan inshootlar uchun ashyo sifatida ishlatiladi. B) Sementlashgan siniq parchali tog` jinslari tabiy bog`lovchi moddalar yordamida sementlashishi natijasida hosil bo`ladilar. Bo`sh (yumshoq) Sementlashgan Mayda tosh Konglomerat Mayda tosh qum aralash Gravelit Shag`al, pay, dresva Brekchiya Qum Peschanik Changli Alevrolit Loyli Argillit Ularning mustahkamligi sementning tarkibi va ichki tuzilishiga bog`liq. Sement tarkibi bo`yicha quyidagicha bo`ladi: loyli, gipsli, ohakli, temirli, kremniyli, aralash. 1 Loyli Bo`sh 2 Gipsli Bo`sh 3 Ohakli O`rtacha 4 Temirli Mustahkam 5 Kremniyli Mustahkam 6 Aralash Mustahkamlikning ortishi Tarkibiga bog`liq Strukturasiga ko`ra kontaktli, g`ovaklari sementlangan va bazaltsimonlarga ajratiladi. Sementlashgan siniq tog` jinslari strukturalarining turlari Bazaltsimon v G’ovaklari sementlangan b) Kontakt - siniqlarning kontaktlanuv joylarida а) 20 Sementlashgan siniq parchali tog` jinslari inshootlar uchun yaxshi asos bo`lib xizmat qiladi. qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Organogen tog` jinslari tasnifi Organogen cho`kindi jinslar hayvonlar va o`simliklarning hayot faoliyati mahsuli bo`lib, zoogen hamda fitogen turlarga ajratiladi. Zoogen Kimyoviy tarkibi bo`yicha Fitogen Kimyoviy tarkibi bo`yicha Ohaktoshlar Diatomit Trepel Opoka Kremniyli Mergel Karbonatli Torf Yonuvchan Ohaktoshlar – eng ko`p tarqalgan cho`kindi jins, odatda dengizda hosil bo`ladi.
Asosan CaCO3 dan iborat, lekin ko`pincha turli qorishmalarni ham o’z tarkibiga oladi. Tarkibi bo`yicha Ichki tuzilishi bo`yicha 1 Soflari > 95% CaCO3 1
Chig`anoqlar 2 Loyli CaCO3 + 5…25% loylar 2 G`ovakli 3 Gipsli CaCO3 + 5… 25% gips 3 Yerli 4 Dolomitlashgan CaCO3 + 5… 25% MgCO3 4 Zich 5 Kremniyli CaCO3+5…25%SiO2+2H2O 5 Kristallik Tarkibi va ichki tuzilishiga bog`liq holda turli mustahkamlik va zichlikka ega. Etarli mustahkamlikka ega bo`lgan holda inshootlar uchun asos sifatida foydalaniladi ("karst" hodisasi).

Mergel – aralash jins bo`lib, organik jism va loyning birgalikda cho`kishi natijasida hosil bo`ladi: CaCO3+ 25-50% loy – qattiq, toshsifat jins. Sement ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. bo`sh diatomit zichroq trepel zich opoka Diatomit, trepel, opoka – bir xujayrali diatomali suvosti o`simliklari SiO2 + 2H2O dan hosil bo`ladi va bir-biridan zichligi bilan farq qiladi. Kam tarqalgan, sement sifatini orttirish maqsadida qo`shimcha sifatida ishlatiladi. 21 Yonilg`ilar: − ko`mirlilar: torf, toshko’mir, antratsit, yonil g`i aralashmalari; − bitumlilar: neft, bitum, tabiy yonilg`i gazlar. Torf – yemirilgan o`simliklar qoldiqlari, botqoqliklarda hosil bo`ladi, yuqori darajadagi siqiluvchanlik va namlanuvchanlik xususiyatga ega. Asos sifatida – yaroqsiz. qurilishda issiqlik saqlovchi material sifatida ishlatiladi. Mustahkamligi va siqiluvchanligiga bog`liq holda qurilishning turli sohalarida ishlatiladi. Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari tavsifi Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari tabiy to`ingan qorishmalarning yog`ilgan tuzlardan hosil bo`ladi. Kimyoviy tarkibi bo`yicha karbonatli, sulfatli, galoidli bo`ladi. Suvda erish darajasi bo`yicha og`ir eruvchan, o`rtacha eruvchan va yengil eruvchan turlarga bo`linadi. Karbonatli (og`ir eruvchan, eruvchanlik 0,01 g/l dan kamroq) Oolitli ohaktosh, ohakli tuf, dolomit, magnezit Sulfatli (o`rtacha eruvchan, eruvchanlik taxminan 2 g/l) Gips, angidrit Galoidli (engil eruvchan, eruvchanlik 400 g/l dan ko`proq) Achchiqtosh Barcha kimyoviy cho`kindi tog` jinslari suvda eruvchandir. Yeruvchanlik darajasi ularning kimyoviy tarkibidan aniqlanadi. Jinslarning eruvchanligini ularni asos sifatida ishlatilganda hisobga olish zarur. Sement va ohak ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi (oolitli ohaktosh, dolomit, magnezit); devor qalash uchun (ohakli tuf – tovush o`tishiga to`sqinlik qiladi); kislota va olovga qarshi material ishlab chiqarishda (dolomit, magnezit); qurilish qorishmalari tayyorlashda (gips, angidrit). Metamorfik tog` jinslari Yer yuzasida nurash jarayoni bo`lib o`tadi. Bu degani tog` jinslari yemirilishidir. Chuqurroqda sementlashuv zonasi joylashgan. Nurash va sementlashuv zonasi ostida taxminan 800 metr chuqurlikda metomorfizm zonasi joylashgan. Tog` jinslari metomorfizmi deganda, yer sharida mavjud tog` jinslarini tubdan o`zgarishga va yangi jinslarning paydo bo`lishiga olib keluvchi jarayonlar majmuasi tushuniladi. Metomorfizm faktorlari: yuqori harorat, katta bosim, kimyoviy aktiv 22 jismlar. Metamorfizm turlari; 1. Kontaktli – cho`kindi tog` jinslari plastlariga kirishib ketuvchi magma ta'sirida tog` jinslarining o`zgarishi. 2. Regional – katta chuqurlikda yirik bo`laklarni o`z ichiga qamrab olgan tog` jinslarining o`zgarishi; 3. Dinamometamorfizm – bu yer qobig`idagi tektonik harakatlarga bog`liq. Asosiy metomorfik tog` jinslarining tavsiflari 1. Gneyslar – magmatik tog` jinslaridan paydo bo`ladi (granit), teksturasi (minerallari katta bosim ostida ezilgan), anizotropik; 2. Marmar – ohaktoshlardan paydo bo`ladi, asosan kalsitdan iborat, kristallik tuzilish va massiv teksturaga ega; 3. Kvarsit – qumli toshlardan hosil bo`ladi. Mustahkam jins, oson ishlov beriladi, polirovkaga moyil. Bezaklovchi material sifatida foydalaniladi; 4. Turli slaneslar – slyudali, talkli, xloritli va loyli, qurilishga deyarli yaroqsiz. Metamorfik tog` jinslari strukturasi va teksturasi Strukturasi (ichki tuzilishi) – kristallik. Teksturasi: − qatlamli; − slanesli – plastinkali minerallarning bir-biriga parallel joylashishi; − yo`l-yo`l – minerallar to`plamining yo`l-yo`l shaklda joylashishi; − massiv. Nazorat savollari: 1. Nurash deganda nimani tushunasiz? 2. Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish jarayonlarini aytib bering. 3. Shakllanish va kelib chiqish sharioitlari bo`yicha cho`kindi tog` jinslari qanday sinflarga ajratiladi? 4. Metamorfizm to`g`risida tushuncha va uning tiplari. 5. Metamorfik tog` jinslari uchun struktura va teksturalarning qaysi turlari xarakterlidir? 23 TOG` JINSLARINING YOSHI VA GEOLOGIK VAQTI Tog` jinslarining yoshini aniqlash Tog` jinslarining yil hisobiga ifodalangan yoshiga ularning absolyut yoshi deyiladi. Hozirgi kunda tog` jinslarining yoshini aniqlashda ko`proq radioaktiv usuldan foydalaniladi. Bu usul radioaktiv elementlarning parchalanishga asoslangan. Bu usulning quyidagi turlari mavjud: 1. Uran-qo`rg`oshinli; 2. Kaliy-argonli; 3. Rubidiystronsiyli; 4. Galiy-uranli. Bu turlar nazariy va amaliy jihatdan ishlangan. Masalan lgr urandan parchalanish natijasida qancha qo`rg`oshin hosil bo`lishini bilgan holda va mineralda ularning birgalikdagi miqdori qanchaligini aniqlab ma'lum hisoblashlar yordamida absolyut yoshini aniqlash mumkin. Uglerod-S14 ning yoshi 5568 yilga teng. Tog` jinslarining geologik yoshini aniqlash quruvchilar uchun katta ahamiyatga ega. Yer qobig`ining ustki qismi absolyut yoshini aniqlashda O`zbekistonda katta ishlar amalga oshirilgan. Geologiyada yer qatlamlarining qaysinisi oldin, qaysinisi keyin paydo bo`lganligini qiyosiy aniqlash nisbiy yosh deyiladi. Bu usulda tog` jinslari qatlamlarining yoshini aniqlashda o`sha qatlamdagi o`simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlari o`rganiladi. Odatda, pastki qatlam ustki qatlamga nisbatan keksaroq hisoblanadi. Yerning astrofizik yoshi – 5...6 mlrd yilga teng deb olingan, geologik yoshi 3...4 mlrd yilga teng. Qatlamlarning oldin yoki keyin hosil bo`lishini o`rganadigan fan litologiya deb aytiladi. O`simliklar qoldiqini o`rganadigan fan paleobotanika deb aytiladi. Hayvonlar qoldiqini o`rganadigan fan esa paleontologiya deyiladi.
Xulosa
Organik qoldiqlarni tekshirish natijasida tog` jinsi qatlamlarining paydo bo`lish tartibi aniqlanadi va geoxronologik shkalasi tuziladi. Geologik yotqiziqlarning xronologik bo`linishi davrlar bo`linishiga to`g`ri keladi. Tog` jinslarining yoshi quyidagilarga bo`linadi: − absolyut – paydo bo`lgandan boshlab hozirgi kungacha o`tgan vaqt (radioaktiv usulda aniqlanadi); − nisbiy – bir nechta tog` jinslarini o`rganishda ularning qaysi birining yoshi katta qaysinisi kichikligini aniqlash imkonini beradi (stratigrafik va paleontologik usullar yordamida aniqlanadi). Stratigrafik usul jins yoshini yer qobig`ida plastning joylashish 24 xarakteri bo`yicha aniqlash imkonini beradi (jins qanchalik yuzaga yaqin joylashsa shunchalik uning yoshi kichik). Bu usul plastlarning to`g`ri joylashishida va butunligida ishonchli natijalar beradi. Paleontologik usul tog` jinslari yoshini plastlarda qolib ketgan jonzodlar va o`simliklar qoldiqlari orqali aniqlash imkonini beradi. Tog` jinslarining geoxronologik shkalasi va stratigrafik bo`limi Geoxronologik shkalada yer qobig`ining alohida vaqt bo`laklariga bo`lingan qisqacha tarixi keltirilgan. Bu vaqt oraliqlariga mos ravishda tegishli davrda hosil bo`lgan tog` jinslari qatlamlari keltirilgan. Jadvalga kirgan eralar, davrlar, zamonlar nomi biror joy yoki tub aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, poleozoy erasi 1838 yilda Seydvnik nomli olim tomonidan kiritilgan. Mezazoy va kaynozoy eralarining nomi 1840 yilda D. Filikis tomonidan kiritilgan. Geoxronologik bo`linish Stratigrafik bo`linish I Yera Guruh II Davr Tizim (система) III Zamon Bo`lim (отдел) IV Asr Qavat (ярус) Kembri davri esa Angliyadagi qadimgi Uels grafligining nomidan olingan. Toshko`mir davrining nomi esa Fransiyadagi yura tog`ining nomidan olingan. 1-jadval Geologik davrlarning qisqacha tavsifi Yeralar (jinslar guruhlari). Nomi va indeksi Davrlar (jismlar sistemalari). Nomi va indeksi Zamonlar (jinslar bo`limlari). Nomi Indeksi Davr davomati, mln. yil Tog` paydo bo`lish fazasi Transgressiyalar va regressiyalar Vulkanizm 1 2 3 4 5 6 7 8 Arxey AR AR 2600 dan ko`proq Lavrentev Proterozoy PR
Bo`linish mahalliy xarakterga ega PR 200...2000 700...2600 Guron Ma'lumot yo`q
Intensiv 25 1 2 3 4 5 6 7 8 ertakembriy Є1 o`rtakembriy Є2 Kembriy Є kechkembriy Є3 70 600 Tinchlik zamoni katta transgress siyalar kuchsiz ertaordovik О 1 Regressiya kuchli o`rtaordovik О 2 Ordovik O kechordovik О 3 60 500 ertasiluriy S 1 Trans gressiya kuchsiz Siluriy S kechsiluriy S2 30 450 Kalidon taxi (bir necha fazalarda) Regressiya kuchli ertadevon D 1 kalidon taxi izlari quruqlikning ko`proqligi o`rtadevon D 2 Devon D kechdevon D 3 60 400 Faqat katta transgress siyalar kuchsiz Yerta toshk mir С 1 Tinchlik zamoni Keng transgresssiya kuchsiz, mahalliy kuchli o`rta toshko` mir С2 Toshk mir С Kech toshk o` mir С3 75 350 Tezkor regressiya. Botqoqliklarning jadal paydo bo`lishi kuchli Yerta perm Р 1 50 300 Paleozoy Rz Perm Р Kech perm Yerta trias Т1 Gersin yoki Varissiy taxlar quruqlikning keskin ustivorligi kuchli O`rta trias Т2 Mavjud Trias Т emas Kech trias Т3 50 250 Kimmeriy taxi kuchsiz transgres siya kuchsiz Yura J Yerta yura J1 O`rta yura J2 Kech yura J3 50 200 Kimmeriy taxi davomi kuchsiz transgres siya Mezozoy Mz kuchsiz Bo`r К Yerta bo`r К 1 70 150 Tinchlik zamoni Katta trans gressiya kuchsiz 26 1 2 3 4 5 6 7 8 Kech b o`r К2 Juda katta transgres siya juda shiddatli Paleogen Pg Paleotsen, Eotsen, Oligotsen Pg1 Pg2 Pg3 40 70 Transgres siyalar shiddatli N N1 Neogen N Miotsen Pliotsen N1 N2 25 25 Alp taxi Regressiya kuchli Yerta to`rtlamchi QI o`rta to`rtlamchi QII Kaynozoy Kz To`rtlamchi Q, yoki antropogen A Kech to`rtlamchi zamonaviy QIII 1,5... 2,0 Alp taxi o`ta sezilarli shimoliy (boreal) transgressiya Boshqa kuchsiz transgressiyalar o`ta ahamiyatli Izoh. Paleogen va neogen davrlari ko`pincha uchlamchi davr ostida birlashtiriladi. To`rtlamchi yotqiziqlar tavsifi Kaynozoy erasining (Q) to`rtlamchi (antropogen) davrida hosil bo`lgan yotqiziqlar, to`rtlamchi yotqiziqlar nomi bilan ataladi. Ular butun Yer yuzini qoplab olgan bo`lib inson amaliy faoliyati muhiti hisoblanadi.
To`rtlamchi yotqiziqlarning asosiy turlari: − elyuvial el Q (o`z o`rnida qolgan nurash mahsulotlari); − delyuvial dl Q (yog`in suvlari va oqar suvlar orqali bir joydan ikkinchi joyga ko`chirilgan nurash mahsulotlari); − prolyuvial pl Q (vaqtincha oqimlar yordamida ko`chirilgan tog` yonbag`irlarida to`plangan yotqiziqlar); − allyuvial al Q (doimiy daryo oqimi ko`chirib kelgan daryo vodiylaridagi yotqiziqlar); − dengiz yotqiziqlari m Q (okean va dengizlardagi cho`kindi yotqiziqlar); − ko`l yotqiziqlari lim Q (ko`l tubidagi yotqiziqlar); − muzliklardagi yotqiziqlar gl Q, fl Q (muzliklar ta'sirida hosil bo`lgan cho`kindilar); − Eol eol Q (shamol ta'sirida hosil bo`lgan cho`kindilar). Geologik xarita va qirqimlar Yer qobig`i turli uchastkalari turlicha geologik tuzilishga ega, ya'ni 27 turli yoshdagi tog` jinslari qatlamlari, turli ranga ega bo`lgan, turli tarkibga ega bo`lgan, kelib chiqishi va qurilish xususiyatlari turlicha bo`lgan qatlamlardan tashkil topgan. Inshoolarni loyihalash geologik xarita va qirqimlarda tasvirlangan yer qobig`ining geologik tuzilishiga asoslanadi. Geologik xaritada yer qobig`ining gorizontal tekislikdagi geologik tuzilishi tasvirlanadi. Xaritalarning quyidagi turlari mavjud: 1) stratigrafik – ularda rangli indekslar yordamida tog` jinslarining yoshi ko`rsatiladi; 2) litologik - tog` jinsining tarkibi va kelib chiqishini aks ettiradi; 3) Muhandis-geologik – ularda tog` jinslarining yoshi, tarkibi, kelib chiqishi va qurilish xususiyatlari, shuningdek inshootlar turg`unligiga ta'sir etuvchi geologik jarayonlar ko`rsatiladi; 4) gidrogeologik: a) gidroizobat xaritalari – yer osti suvlari joylashish chuqurligini ko`rsatadi; b) gidroizogips xaritalari – yer osti suvlari


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin