YAshil o‘simliklarning quyosh nuri ishtirokida karbonat angidrid gazi va suvdan organik moddalar hosil qilishi jarayoniga fotosintez jarayoni deyiladi.
Fotosintezning asosiy mahsuloti - uglevodlarning hosil bo‘lishi.
O‘simliklar barglari atmosferadan CO2 ni va oltingugurtni SO2 holida o‘zlashtiradi, lekin havodan oziqlanish asosan uglerod bilan amalga oshadi. Atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% dan 0,01% ga tushib qolsa fotosintez to‘xtaydi.
Tuproqdan azot va kul elementlari o`simliklar ildiz tizimining yuzasi orqali ionlar holida yutiladi. Masalan, azot anion NO3- va kation NH4+ holida o`zlashtiriladi.
Fosfor va oltingugurt fosfat va sulfat kislotalarning anionlari H2PO4- ва SO42- holida, K+, Ca2+, Mg2+, Na2+,Fe3+ kationlar holida yutilishi mumkin.
Ildizdan oziqlanish
O‘simliklar ionlarni tuproq eritmasidan o‘zlashtiradi.
O‘simliklar kolloidlarga yutilgan ionlarni ham o‘zlashtiradi.
O‘simlik ildizi o‘z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi.
O‘simliklarning oziqlanishi uchun tuproq eritmasida K+, Ca2+, Mg2+, NH4+, NO3-, H2PO4- ionlarining bo‘lishi, bular bilan domiy ravishda to‘yinib turishi katta ahamiyatga ega.
Oziqlanishda tuproq eritmasining ta’siri, tuzlarning fiziologik reaksiyasi
O‘simlik tuproq eritmasidan kationlarni ko‘p o‘zlishtirsa fiziologik kislotali tuzlar hosil bo‘ladi. Bu tuzlar tuproqni kislotali muhitga aylantiradi. NH4CL, (NH4)2SO4, KCL, K2SO4, (NH4)2CO3, NH4NO3
Oziqlanishda tuproq eritmasining ta`siri, tuzlarning fiziologik reaksiyasi
O`simlik anionlarni ko`proq o`zlashtirsa, fiziologik ishqoriy tuzlar hisoblanadi. Bu tuzlar tuproqni ishqotiylashtiradi. NaNO3, Ca(NO3)2, KNO3
O‘simliklarning oziq moddalarni yutishiga tashqi muhit sharoitining ta’siri