3. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
4. Agrokimyo fanining rivojlanish tarixi
MAVZU: Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1. «Agroximiya» P.M.Smirnov, E.A.Muravin Moskva 1991 y. 2. http://www.avgust-n.ru/udobreniua.html 3. http://www.luxenergohim.ru/articles_1.html 4. «Agroximiya» Mineev V.G. Moskva 1990 y. 5. «Agroximiya» Musaev B.S Tashkent 6. «Agroximiya» D.Sattorov Tashkent 2011 Internet saytlari: www.lex.uz. www.ziyonet.uz. www.landkadastr.com www.guz.ru Ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishni jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo‘li bu – dexqonchilikni kimyolashtirishdir. Jaxon tajribasidan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ekinlar hosildorligi tuproqqa kiritilayotgan o‘g‘itlar miqdori bilan uzviy bog‘liq. O‘g‘itlar samaradorligi odatda ekinlardan olinadigan qo‘shimcha hosil miqdori bilan belgilanadi. Respublikamizda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning natijalariga ko‘ra 1 s mineral o‘g‘it xisobigadon 1-1,3 t/ga, paxta 0,6-0,8 t/ga, kartoshka 5-7,5t/ga, sabzavot va poliz 10-12 t/ga, uzum 3-3,2 t/ga miqdorda qo‘shimcha hosil olish mumkin ekanligini ko`rsatmoqda. Ayniqsa, sug‘oriladigan maydonlarda o‘g‘itlar yuqori samara beradi. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyib yarmi mineral o‘g‘itlar xisobiga olinadi.
O‘g‘itlar-qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishda asosiy vosita bo‘lib, o‘simlikshunoslikni rivojlantirish va takomillashtirishning iqtisodiy jihatdan arzon va samarali vositasidir.
O‘g‘itlarning samaradorligiga tuproq-iqlim sharoitlari, o‘simliklarning biologik xususiyatlari, agrotexnik tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O`gitlardan samarali foydalanishni tashkil etish - agrokimyo fanining asosiy maqsadidir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabning kuchayishi - zamonaviy agronomiya fanlari ichida markaziy o‘rinni egallaydigan agrokimyo fanini jadal sur’atlar bilan rivojlantirishni taqazo etmoqda.