Kompaniyaning umumiy maqomi O’zbekiston zaminida paxta yetishtirish 20 asrlardan beri mavjud, chunki bu yerda paxta yetishtirish va yengil sanoatni rivojlantirish uchun to’liq imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda mamlakat siyosati ham chet eldan qimmat to’qimachilik mahsulotlar eksportini kamaytirish va o’zimizda to’qimachilik mahsulotlari ko’proq ishlab chiqarishga qaratilayapti. Buning uchun ko’plab mablag’lar sarflanayapti, chet ellik investorlar taklif qilinyapti.
To’qimachilik sanoatida texnologik bazani yaratish to’qimachilik korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga qaratilgan. Fikrimizcha, bu mamlakatdagi iqtisodiy o’sishning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va takomillashtirish, mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Meday to’qimachilik korxonasining tashkil qilinishi ham mana shu chora – tadbirlarning biri hisoblanadi.
Meday to’qimachilik Ochiq Aktsionerlik Jamiyati 2002 yil iyulь oyida O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq ro’yxatga olingan.
Kompaniyada to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavod mavjud bo’lib, u Toshkent viloyatida joylashgan. Bu zavod jami 70000 kv. metrni tashkil etadi, bunda ishlab chiqarish tsexlari joylashgan maydon 20, 000 kv. metrdan iborat. Bu yerda to’qish, bo’yash, titish tsexlari mavjud. 2005 yil yanvarь holatiga ko’ra, korxonaning ishlab chiqarish quvvati 16,150,000 birlik mahsulotga to’g’ri kelgan. Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari 3 ta smenada tashkil etilgan bo’lib, 24 soat davomida to’xtovsiz ish olib boriladi.
Korxona o’z faoliyatini asosan 2003 yilning oxirida boshlagan. Fabrikaning bir qismi to’qish, ikkinchi qismi tikish tsexlaridan iborat. Toshkent shahrida joylashgan qismida 100 dan ortiq, Toshkent viloyatida joylashgan qismida esa 350 dan ortiq tikuv mashinalari mavjud. Kunlik ishlab chiqarish hajmi ikkala zavodni ham qo’shib hisoblaganda 40000 ta futbolka, 10000 ta mayka, 2000 tadan ortiq ayollar tungi ko’ylagidan iborat. Futbolka ishlab chiqarish katta hajmda Bierrebi deb nomlanadigan avtomatik tikuv mashinalarida tikiladi. Zavodlardagi jami personal 1500 dan ortadi, bular tarkibida Turkiyadan taklif qilingan masterlar va boshqaruvchilar ham bor.
Korxonaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi: yengil sanoat korxonalarining yuqori sifatli tolaga bo’lgan ehtiyoji va mamlakat aholisining sanoat mahsulotlariga balgan talablarini qondirish, shu bilan birga chet mamlakatlarga mahsulotlarni eksport qilish orqali mamlakatga kirayotgan valyuta miqdorini oshirishdir.
Germaniya va SHvetsariyaning yetakchi firmalari bu korxonaga o’z texnologik ta’minoti bo’yicha yordam bermoqda, korxona hozirda shu firmalarning texnikalari bilan jihozlangan va bu texnikalar ISO standartlariga to’laqonli javob beradi.
Korxonaning yaqin kunlardagi strategiyasi yiliga 2450 tonna tayyor tola ishlab chiqarish va korxonaning ichida shu toladan foydalanib 22 mln. birlik mahsulot yetishtirishdan iborat. Korxona bu materialni qayta ishlash bilan birga uni boshqa yengil sanoat korxonalariga ham sotish bilan shug’ullanadi.