Media savodxonlikni rivojlantirishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi
Edyuton konsepsiyasi
Reja:
Media savodxonlik nima.
Media savodxonlikni rivojlantirishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
Bugun AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilayotgan ikkinchi yillik media va raqamli savodxonlik boʻyicha innovatsion seminar – MediaCAMP Edyuton 2021 start oldi.
Mazkur onlayn tadbir Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistondagi universitetlarning oʻqituvchilari, muallimlar, media-trenerlar va media hamda raqamli savodxonlik sohasi mutaxassislarini jamlagan. Besh kun davomida OAV va raqamli texnologiyalar sohasidagi xalqaro va mahalliy mutaxassislar rahbarligi ostida ishtirokchilar raqamli vositalardan foydalangan holda matbuot va turli aholi qatlamlari uchun raqamli savodxonlik mashgʻulotlarida ishtirok etadilar va interaktiv taʼlim boʻyicha loyihalar ustida ish olib boradilar.
Edyuton – bu turli aholi qatlamlari oʻrtasida media savodxonlikni oshirish boʻyicha samarali loyihalarni ishlab chiqish uchun ochiq va ijodiy maydon. Edyuton ishtirokchilari, shu jumladan talabalar, faollar va OAV xodimlari turli xil auditoriyalarga moslashtirilgan original media savodxonlik loyihalari bilan yangi aholi qatlamlarini qamrab, mintaqadagi ommaviy axborot vositalari va raqamli savodxonlikni oshirishga oʻz hissalarini qoʻshadi, deb xabar beradi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Markaziy Osiyo MediaCAMP dasturi Edyuton jarayonida ishlab chiqilgan eng istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |