Media savodxonlik va axborot madaniyati


Media va axborot savodxonligining vazifasi



Yüklə 37,65 Kb.
səhifə3/13
tarix23.03.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#89225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Media savodxonlik 1-seminar mashg\'uloti

Media va axborot savodxonligining vazifasi esa aynan ushbu bilimlarni foydalanuvchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Media va axborot savodxonligi o‘zida quyidagi asosiy tushunchalarni qamrab oladi:

  • demokratiya an'analarida rivojlanayotgan jamiyatda media, kutubxona, arxiv va boshqa axborot xizmatlarining funktsiyalari;

  • OAV va axborot xizmatlari mazkur funktsiyalarni samarali ravishda amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar;

  • taqdim etilayotgan kontent va xizmatlar vositasida mazkur funktsiyalarni bajarilish sifatini baholash usullari.

Mazkur tushunchalar, o‘z navbatida, foydalanuvchilarga kommunikatsiya va axborot kanallari bilan ongli ravishda o‘zaro munosabat o‘rnatishga imkon yaratadi. “Media savodxonligi va axborot madaniyati” fani orqali olinadigan bilim fuqarolarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishi lozim bo‘lib, ularga media va boshqa axborot yetkazib beruvchilardan yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish uchun zamin yaratadi. Boshqa mediaga nisbatan OAV mazkur tizimda kattagina joyni egallaydi. Ular serqirra axborot oqimlari tizimini o‘zida namoyon etadi. Alohida institut sifatida OAV o‘ziga xos funktsiyalarni amalga oshiradi. Global axborot jamiyati shakllanayotgan davrda media va axborot savodxonligi milliy taraqqiyot, har bir fuqaroning mamlakat kelajagi uchun ijtimoiy faolligi va mas'uliyati oshishini, aholining demokratlashtirish jarayonlarida faol ishtirokini ta'minlovchi muhim omildir.
YUNESKO media va axborot savodxonligini shakllantirish asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Mediata'lim bo‘yicha Gryunvald Deklaratsiyasida (1982), axborot savodxonligi va insonning butun hayoti davomida oladigan ta'limi bo‘yicha «Axborot jamiyatining mayoqlari» Aleksandriya deklaratsiyasi (2005) va Parij YUNESKO kun tartibida (2007) belgilangan maqsadlarga erishishda YUNESKOga a'zo davlatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
YUNESKOning Ta'limda axborot texnologiyalari Instituti (TATI) tomonidai 2010 yilda «Media savodxonlik va yangi gumanizm» nomli monografiya nashr qilindi. Bunda tadqiqot, media madaniyat va mediata'limning zamonaviy an'analarining mohiyatini chuqurroq tushunish, hamda media savodxonlikning va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan media va axborot savodxonligi (MAC) bo‘yicha yangi ta'lim dasturlarining kontseptual asoslarini rivojlantirishga qaratilgan. Monografiya o‘zida mantiqiy fikrlash va pedagogik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan yondashuvlarni birlashtirgan. So‘nggi yillarda YUNESKO, YI va alohida davlatlar tomonidan media savodxonlikni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni tahlil qilish asosida, tadqiqot mualliflari Xose Manuel Peres Tornero va Tapio Varis tomonidan media savodxonlikning madaniyatlararo muloqotga qo‘shayotgan hissasini oshirish uchun hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy muammolar belgilandi.
YUNESKO tomonidan 2011 yilda ommaviy axborot vositalari, axborot, AKT, ta'lim va ta'lim dasturlarini ishlab chiqish kabi turli xil soha mutaxassislarining hamkorligida o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan «Media va axborot savodxonligi» ta'lim dasturi nashr qilindi. 2008 yildan buyon dastur ishlab chiqilishi davrida:

  • ta'lim dasturlarini ishlab chiqish strategiyalari va dasturning birinchi variantini tadqiq qilish masalalari bo‘yicha mutaxassislardan iborat bir nechta xalqaro maslahat kengashlari tashkil etildi;

  • dunyoning turli mamlakatlarida media va axborot savodxonligini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan ta'lim resurslari aniqlandi;

  • ta'lim dasturining loyihasi ustida to‘rtta mutaxassislar guruhi ish olib bordi;

  • turli mamlakatlarda tashkillashtirilgan o‘quv seminarlari va konsulьtatsiyalar davomida sinovdan o‘tkazildi.


Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin