219
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA
MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
JIZZAX VILOYATI SHAROF RASHIDOV TUMAN 2-SON
KASB-HUNAR MAKTABI
MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI FANIDAN
BAHOLASH VOSITALARI
“Mutaxassislik fanlar”
kafedrasi
O‘qituvchi:
Norbo‘tayeva Dildora Erkin qizi
2022 yil
220
FANNING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH
O‘quvchining fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib
boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi.
-
Joriy nazorat (JN)
-
Oraliq nazorat (ON)
-
Yakuniy nazorat (YaN)
Joriy nazorat -
o‘quvchining fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy
ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
Joriy nazorat fanning
xususiyatidan
kelib
chiqqan
holda,
seminar,
laboratoriya
va
amaliy
mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy
vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin
Oraliq nazorat –
semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir
necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchining
bilim va amaliy ko‘nikma darajasini anglash va baholash usuli. Oraliq nazoratning
soni (bir semestrda ikki martadan ko‘p o‘tkazmasligi lozim) va shakli (yozma,
og‘zaki, test va h.k.) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra
mudiri tomonidan tuzilgan
komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari
buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin.
Bunday
hollarda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat –
semester yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim
va amaliy ko‘nikmalarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash
usuli. Yakuniy nazorat asosan test shaklida o‘tkaziladi.
Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari ayrim
fanlarning xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda fakul’tet kengashi qarori asosida ko‘pi bilan 40 % fanlardan
yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (o‘g‘zaki, test va h.k.) o‘tkazilishi mumkin.
O‘quvchilar bilimini baholash quyidagi na’munaviy mezonlar asosida amalgam
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: