205
Multimedia vositalari apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi
uchun tabiiy bo‘lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar,
animatsiyalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Multimediali tехnоlоgiya bir vaqtning o‘zida ma’lumоt taqdim etishning bir
nеcha usullaridan fоydalanishga imkоn bеradi.
Multimedia sohasida 3D texnologiyalarining kirib
kelishi bu sohada yangi
davrni boshlab berdi.
“D” atamasi inglizcha “dimensions” sozidan olingan bo‘lib, “olchamlar”
ma’nosini beradi. Ta’kidlash joizki, 3D texnologiyasi tasvirni vizual va tovushli
uzatib berishning dunyodagi eng ilg‘or usulidir.
3D printerlar - Uch o‘lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar “chop
etuvchi” printerlardir. Hozircha bu kabi ishlanmalar
tor doirada amalga
oshirilayotgan bo‘lsa, yaqin kelajakda bemalol uy sharoitida 3D-printerdan
masalan bir juft krossovka, kiyim yoki ro‘zg‘or buyumi chiqarib olishning imkoni
bo‘ladi.
Hozirgi kunda uch o‘chamli haykallar, yirik obyektlarning
kichraytirilgan
modellari (mashinalar, samolyotlar, binolar),
shuningdek, turli ilmiy ishlanmalar
modellarini yasash imkoniyati mavjud.
Misol uchun, Lockheed Martin
korporatsiyasi uchuvchisiz boshqariladigan “Polecat” samolyoti uchun jihozlarning
katta qismini tezkor uch o‘lchamli bosma texnologiyasi asosida chiqarmoqda.
Uch o‘lchamli chop etilayotgan mahsulotlarning
narxi pasayishini inobatga
olsak ushbu texnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Boeing kompaniyasi
o‘z samolyotlarining 200 dan ortiq detallarini 3D
chop etish asosida ishlab
chiqmoqda. 3D-printerlarda narsa buyum yasash konsepsiyasi, bizga yana bir bor
“uchinchi olam”ning mo‘jizalardan iborat ekanligini ko‘rsatmoqda.
Organovo va Invitech kompaniyalari (AQSh, San Diyego), inson
organlarini chop etuvchi bioprinter yaratishdi.
Dostları ilə paylaş: