–
jamiyatning ijtimoiy xotirasi sifatida(masalan, kutubxonalar)
xizmat qilish;
–
kutubxonalarga axborot xizmatlari va o’quv-metodik markazlar funksiyalarini yuklash; bunda
barcha axborot resurs turlaridan foydalanishni rag’batlantirish;
–
akademik (universitetlar) kutubxonalar orqali o’qitish va tahsil olish, shuningdek,
teleradiokurslar, masofaviy ta’lim vositasida tahsil olish (axborot savodxonligi) ko’nikmalarini
shakllantirishga yordam berish;
–
kutubxona foydalanuvchilarini o’qitish;
Ochiq media- va axborot tizimlari jamiyatni mas’uliyatli davlat boshqaruvi va o’z-o’zini
boshqarish bilan ta’minlaydi, shuningdek, demokratiyaning asosiy qadriyatlari bo’lgan oshkoralik,
mas’uliyat va fuqarolar faolligini ta’minlashni kafolatlaydi. Media-
va axborot tizimlari kuchli
fuqarolik jamiyatini quyidagi funksiyalarni amalga oshirish orqali barpo etilishini rag’batlantiradi:
–
aholining turli qatlamlari uchun tushunarli, qiziq va zarur bo’lgan axborot va bilimlarni taqdim
etish;
–
fuqarolarda demokratiya qadriyatlari va me’yorlariga sodiqlikni va boshqaruvdagi mas’uliyatni
tarbiyalash.
Media va axborot xizmatlari fuqarolarning kasbiy bilim olishi uchun platforma(zamin)
yaratadi. Qator mamlakatlarda mazkur platformadan ochiq va masofaviy ta’lim olish (open and
distance learning — ODL) va uzluksiz kasbiy ta’lim olish (continuing professional development
— CPD) uchun ham foydalaniladi. Axborot savodxonligi borasidagi tadqiqotlarning
ko’rsatishicha, texnologik ko’nikmalar yoshlarda kattalarga nisbatan yaxshiroq shakllangan ekan.
Bu holat zamonaviy yoshlar texnika yangiliklari bilan bolaligidan boshlab tanishishi,
ulardan
shaxsiy yoki ijtimoiy maqsadlarda axborotni to’plashi, qayta ishlashi va uzatishda foydalanishi
bilan bog’liq ekan. Shunday bo’lsa-da, yoshlar dalillar aniqligi va ishonchliligini baholashida
ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi.
Dostları ilə paylaş: