MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI EVALYUTSIYASI HAMDA
JAMIYATDAGI AHAMIYATI.
REJA:
1.
Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari.
2.
O’zbekistonning demokratiya sari taraqqiyotida, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi
ishtirokining faollashuvida media va axborotning ahamiyati.
3.Axborot madaniyati tushunchasi mazmun mohiyati.
4.Axborot olish va foydalanish metodlari.
5. Xorijiy mamlakatlarning media savodxonlik va axborot madaniyatini qiyosiy tahlili.
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no
birlashgan atama sifatida
YUNESKO
tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun
har bir tushuncha o’zagini bilish zarur.
«Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita,
vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi.
Media
tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va
ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Bugungi kunda
media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi.
Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida
insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy
medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va
innovatsiyalarni kiritmoqda. Mazkur atamaga aynan shunday tavsif www.edu.jobsmarket.ru
saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar
berilganini ko’ramiz.
«Media
- ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo’ljallangan
ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga
yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya
kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o’zagida aynan ushbu tavsifni
ko’radi. Shunga qaramasdan, mazkur istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar
mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq
axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga
mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari
va, xatto, pochta tarqatmasini, ya’ni, tovar yoki xizmatlar sotuvchisi va iste’molchi o’rtasidagi
hayotmamot zvenosi funksiyasini bajaruvchi barcha omillarni kiritadi”
Dostları ilə paylaş: |