Mediasavotxonlik va axborot madaniyati


Ma'naviy tahdidlar va unga qarshi kurash yo'llari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#166779
1   2   3   4   5
Ma\'naviy tahdidlardan himoyalanish choralari

2.2 Ma'naviy tahdidlar va unga qarshi kurash yo'llari
Bugungi xususiy nashrlarning aksariyatida mezon — o‘lchovning o‘zi yo‘q. Ular uchun mezonsizlik — mezon, g‘oyasizlik — g‘oya vazifasini bajarmoqda. G‘ayri axloqiy va mutlaqo g‘ayri milliy sarguzashtlarning mualliflari o‘zbekona muhitda tarbiya topganmikan o‘zi, deb o‘ylab qolasan kishi. Shuningdek, musiqa kanallari orqali uzluksiz ravishda berilayotgan saviyasiz kliplar, kinolar ham xalqni ishontirayotgani, kuldirayotgani, vaqti kelganda yig‘latayotgani og‘riqlidir. «Sariq matbuot» deb nom olgan axboriy vosita esa birinchi sahifasida bong urib, hayqirib, xuddiki ma’naviyatsizlikni, madaniyatsizlikni qoralaydiyu, lekin ikkinchi sahifasidan o‘sha ma’naviyatni, o‘sha madaniyatni o‘zi buzib turibdi. Gap chala pishgan tarvuzdek bemaza qo‘shiqlar, «qo‘lbola» kinolar yoxud o‘z so‘ziga o‘zi amal qilolmaydigan ayrim ommaviy axborot vositalarida emas, balki ular tomonidan xalq ma’naviyatiga, axloqiga, samimiy tushunchalariga yetkazilayotgan bemisl zarardadir. Bunday illatga, muammoga qarshi qanday samarali kurashish mumkin?
Albatta ,bugungi kunda internet tizimida yaratilgan ijtimoiy tarmoqlar o'zining ijobiy taraflari bilan bir qatorda yoshlar ma'naviyatiga o'zlarining salbiy oqibatlari bilan ta'sir o'tkazib kelmoqda.Bu tarmoqlardagi mashhur san'atkorlarning o'zaro tortishuvlari, oilaviy, shaxsiy hayotlarini yoritib borishlari chegara bilmas darajaga chiqmoqda.Ularning chiroyli moddiy hashamatli hayotlarini, chet el sayohatlari-yu, yangi tug'ilgan farzandlarini ko'z-ko'z qilishlari oddiy fuqarolarning ayniqsa yoshlarning ma'naviyatiga qay darajada salbiy ta'sir etayotganligini xatto o'ylab xam ko'rishmaydi.Aslida ular ma'naviyat-madaniyat vakillari sifatida boshqa amaliy ishlarini namuna qilib ko'rsatsalar yaxshi bo'lar edi. Masalan , shu kunlarda o'qigan badiiy asarlari yoki kinofilmlari, spektakllari haqida, yoki jamiyatimizdagi muxtoj oilalar yoki iqtidorli lekin sharoiti yaxshi bo'lmagan yoshlarni qo'llab-quvvatlashlari haqida ma'lumot berib, yoritsalar milliy qadriyatlarimizning davomchisi, targ'ibotchisi bo'lishlari mumkin edi. Ayrimlar bu jarayonlarni demokratiya bilan bog'laydilar. Demokratiya - tartibsizlik, degani emas. Aslida demokratiya tushunchasi G‘arb yoki Sharqqa tegishli alohida topildiq ham emas. Uning vujudga kelishi ongli insonning umumtafakkuri rivojlanishiga daxldor, idrokning yangi qirralari namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday hodisa esa ikkala makonda ham sodir bo‘lgan o‘z vaqtida. Demokratiyaning sodda va o‘zgarmas mazmuni - vijdon erkinligi! Vijdon degan so‘zning ortida yuksak ma’naviyatdan rang olgan vatanparvarlik, millatparvarlik, odamiylik, imon-e’tiqod, sadoqat, uyat, or-nomus, sharmu hayo, andisha kabi o‘ta nozik xislatlar turishini juda yaxshi bilamiz. O'zaro yordam, jamoaviylik, hamdardlik, mehr-oqibat ham inson tabiatini tashkil etuvchi fundamental qadriyatlardir. Virtual voqelik ularni deformasiyaga uchratmoqda. Virtual voqelik, simulyakrlar dunyosi, kompyuterdagi ularning ko'pvariantligi ushbu olam bilan bog'lanib qolgan kishining an'anaviy qarashlarini, qadriyatlar tizimini, qabul qiladigan qarorlari, xulq-atvori oqibatlariga nisbatan uning javobgarlik hissini zaiflashtirib yubordi Bugungi O'zbekiston zamini tarixan «Buyuk ipak yo‘li»ning asosiy chorrahasi bo‘lgan. Dunyoni o‘z bilimi va salohiyati bilan lol qoldirgan allomalar, fozil zotlar bizning ajdodlarimiz edi. Sharqning buyuk uyg‘onishini harakatga keltirgan asosiy kuch ham aslida bizning bobolarimiz orasidan chiqqan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, az-Zamaxshariy, at-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Navoiy, Bobur tsingari yetakchilar edi.Bugun-chi, bugun bizning yoshlar boboyu momolariga munosib bo‘la olyaptimi?! Ular o‘z imkoniyatlari, salohiyatlaridan yetarlicha foydalana olishyaptimi?. Albatta, istiqlolga erishgan Vatan farzandlari bugun dunyo ko‘rmoqda, xoh sport sohasida, xoh bilim borasida bo‘lsin, jahonda o‘zimizga yarasha o‘rnimiz, nufuzimiz borligini baholi qudrat namoyish etishyapti. Agar bokschilarimiz Italiyada o‘tkazilgan jahon chempionatidan oltin medal bilan qaytishgan bo‘lsa, matematiklarimiz kamida kumush medal bilan kelishmoqda. Biroq ma’naviyatga ta’sir etuvchi madaniyatimizda uchrayotgan ayrim kamchiliklar dilni xira qiladi. Bunga G‘arbning nima aloqasi bor, dersiz. Hamma aybni osongina G‘arbga ag‘darib, o‘zingni oqlama, dersiz. Ha, G‘arb yaxshimiyomonmi, to‘g‘rimi-xatomi o‘z yo‘lidan ketyapti. Ammo bizda so‘nggi vaqtlarda xalqning saviyasini tushirib yuborayotgan «ijodiy» asarlarning yuzaga kelishini qanday hodisa bilan izohlamang, ildizi «g‘arbcha madaniyat»ga borib taqalayotgani ajablanarlidir Tinimsiz axborot oqimi vujudga keltirayotgan global muhitda milliy qadriyatlar, o‘ziga xoslikni ifodalovchi oltin an’analar «zanglab» ketyapti. Buni televideniye, radio, matbuot, turli mavzu va mazmundagi kinolar, qo‘shiqlar, ularga ishlangan turli darajadagi kliplar zanglatayapti. Imon, e’tiqod va burchdan hosil bo‘lgan Aql tarozusiga qo‘yib o‘lchanmagan, xayolga kelgan dastlabki «g‘oya»ni andisha qilmay, bemalol «mahsulot» o‘rnida atrofdagilarga ulashilayotgan jamiyatda inson ongi tobora o‘tmaslashib ketyaptiki, u Gabriyel Garsia Markesning «xotirasiz»larini («Yolg‘izlikning yuz yili» romani) ayni haqiqatga aylantirmoqda. Bu ham G‘arbda.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo’lib kelmoqda. Zero, dunyodagi zo’ravon, tajovuzkor kuchlar bugun niyatlari hamda maqsadlarini emas, balki harakat uslublarini o’zgartirdilar.Ularning nishoni bugun millat qadriyatlari, tarixi, madaniyati, axloqi, ma’naviyatidir. Bunday g‘arbcha «demokratiya»ni niqob qilib, yurtimizga turli yo‘llar bilan kiritilayotgan har qanday tahdidlarga ongli ravishda to‘siq qo‘yish, o‘z millatimizning buyuk o‘zanlaridan kuch olgan ma’naviy immunitetimizni hosil qilishimiz bugungi kun talabidir.Shuning uchun quyidagi jixatlarga e'tibor qaratmog'imiz lozim: – milliy qadriyatlarimizni bola ongiga singdirib borish; – yoshlarning o'z oldilariga aniq maqsad qo'yishlari, o'z istiqbolini yaratishlariga ota-ona kichik yoshdan e'tibor berishi; – ota-onalar bolalar bilan informasion manbalardan foylanayotgan vaqtda birgalikda axborotlarni taxlil etib borishga o'rgatish, shu yo'l bilan mafkuraviy immunitetni hosil qilish;
– bolalarda OAVdan, mobil telefonlardan foydalanish madaniyatini shakllantirib borish; – internetomaniyaning oldini olish; – yoshlarni bo'sh vaqtini nazorat qilish, foydali ishlarga, to'garaklarga jalb qilish; – bolalarni badiiy adabiyotlarni o'qishga o'rgatish; – OAVlardagi ko'rsatuvlar, eshittirishlar, ma'lumotlarni muntazam nazorat qilishni, saralashni yo'lga qo'yish; – internet kafe kabilarning faoliyatini chegaralash va nazorat qilish. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar tarbiyasi butun millat oldidagi ulkan mas'uliyatli vazifa ekanligini ta'kidlab: “Agar farzandimizga to'g'ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo'lib turmasak, ularni ilmu hunarga o'rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo'yishimiz hech gap emas” deya takidlaydilar. Axborot ta'sirida yoshlar mustaqil ravishda tafakkur qilish va ularning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari ular ongida axborot olamini tartibga solish yo'llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va ko'nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin