Mediasavotxonlik va axborot madaniyati


Ma'naviy tahdidga qarshi kurashishning ahamiyati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#166779
1   2   3   4   5
Ma\'naviy tahdidlardan himoyalanish choralari

Ma'naviy tahdidga qarshi kurashishning ahamiyati.

Bu kabi ijtimoiy xavfi katta bo‘lgan muammolardan qutulish uchun O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha yirik milliy loyihani yaratish zarur. Boisi "Google" kompaniyasi tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistondan kuniga Odnoklassniki.ru saytiga 200000, Fasebook saytiga — 90000ga yaqin, Moy Mir saytiga 40000 nafardan ortiq kishi kirayotir. Yurtimizdagi Doira.uz, vsetut.uz, odnoklassniki.uz, sinfdosh.uz, muloqot.uz, olam.uz kabi saytlarda ro‘yxatdan o‘tganlar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga yetmaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda ota-ona nazoratini amalga oshirish uchun ko‘plab texnologiyalar, filtrlovchi dasturiy ta'minot yaratilgan. Filtrlovchi dasturiy ta'minotning uch ko‘rinishi bor: "qora ro‘yxat" (ro‘yxatga kiritilgan manbalar (saytlarga)ga chiqish blokirovka qilinadi, "oq ro‘yxat" (faqat ro‘yxatga olingan manbalarga kirish mumkin), "neytral markirovka" (yomon saytlarning reytingini yaratish, unga ko‘ra foydalanuvchi qaysi saytlarga kirish-kirmaslikni o‘zi hal qiladi).
Yurtimizda internetdan foydalanuvchilar sonining 8 milliondan oshganini hisobga olsak, mazkur xalqaro axborot tarmog‘ini milliy ma'lumotlar bilan to‘ldirish ham eng dolzarb zaruriyatdir. Ta'kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, 2002 yilda "Uz" domenida atigi 587ta sayt faoliyat yuritgan bo‘lsa, endi ularning soni 14 mingdan oshib ketdi. Shundan 160dan ortig‘i OAV sifatida ro‘yxatga olingan. Axborot-kutubxona markazlarining fondi ham 21401 nusxadagi adabiyotga ko‘payib, 4 million 952 ming 132 nusxani tashkil etmoqda.


ii bob. Ma'naviy tahdidlardan himoyalanish va unga qarshi himoyalanish
2.1 Globallashuv jarayonida ma'naviy tahdidlarga qarshi kurash
Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi «Garvard biznes revyu» jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi.
Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi.
Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir.
Bugun yurtdoshlarimiz ongiga, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan baqamti qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar yurtdoshlarimizga o‘z ta'sirini o‘tkaza olmaydi.
Albatta ,bugungi kunda internet tizimida yaratilgan ijtimoiy tarmoqlar o'zining ijobiy taraflari bilan bir qatorda yoshlar ma'naviyatiga o'zlarining salbiy oqibatlari bilan ta'sir o'tkazib kelmoqda.Bu tarmoqlardagi mashhur san'atkorlarning o'zaro tortishuvlari, oilaviy, shaxsiy hayotlarini yoritib borishlari chegara bilmas darajaga chiqmoqda.

50 millionlik foydalanuvchiga ega bo‘lish uchun radioga 38 yil , televideniyega — 13, internetga — 4, iPodga — 3 yil kerak bo‘ldi. Amerikaning eng mashhur ijtimoy tarmog‘iga esa 100 million foydalanuvchini to‘plash uchun 9 oy yetarli bo‘ldi. 
Ijtimoiy tarmoqlarning 78 foiz foydalanuvchisi rasmiy manbalardan ko‘ra, o‘zlarining onlayn-do‘stlari ma'lumotlariga ko‘proq ishonishadi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin