Mediata’lim – yoshlarni salbiy axborotlardan himoya qilishning muhim omili



Yüklə 18,12 Kb.
səhifə2/2
tarix21.04.2023
ölçüsü18,12 Kb.
#101309
1   2
MEDIATA’LIM – YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYA QILISHNING MUHIM OMILI

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, pedagoglar va ota-onalar tomonidan olib boriladigan turli xil ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirlarni yoshlar turlicha qabul qilishlari mumkin: ularga xushmuomalalik bilan muloqot qilish natijasida paydo bo‘ladigan ijobiy munosabatlardan so‘ng ular o‘zining xatti-harakati haqida o’ylaydi va faollik ko’rsatib, o’zini takomillashtirish va rivojlantirishga intiladi. Ana shunda bunday tarbiya usuli haqiqatan ham uning shaxsiy ijobiy hususiyatlarini shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Agar ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglarning tarbiya usuli ular bilan yoshlar o‘rtasida ijobiy munosabat o‘rnatmasa, bu usul yoshlarning psixologik rivojlanishida ijobiy rol o’ynamaydi va hatto ular tomonidan ma’lum bir qarshilikka ham uchrashi mumkin. Ko’rinib turibdiki, o’quvchi tarbiyaviy ta’sirning nofaol ob’yekti hisoblanmaydi. Ularda bunday ta’sirlarga nisbatan ichki pozitsiya shakllanadi, ularda ushbu ta’sirlarga nisbatan o’zini takomillashtirish (rivojlantirish), o‘z ustilarida faol ishlashlari yoki passiv bo’lib qolishlari mumkin. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash mumkinki, ta’lim-tarbiya shaxsning kamol topishida, uning o’z ustida ishlashidagi faolligini ichki jihatdan rag’batlantirishga ota-onalar, tarbiyachi hamda pedagoglar tomonidan ijobiy ta’sir ko’rsatgandagina bu usullar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Aynan quyidagi hususiyatlar ya’ni o’sib kelayotgan shaxsning faolligi va shaxsiy intilishi, o’zini takomillashtirishga bo’lgan istagi, pirovardida uning shaxsiy rivojlanishini belgilaydi. Yoshlarning darsdan tashqari mashg’ulotlarida mediata’limdan foydalanishning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyati shundaki, ularga o’zini namoyon qilish uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratishda ham hisoblanadi, chunki hamma bola ham o’qish jarayonida o’zini namoyon qila olmaydi. Bunday sabablar sirasiga yoshlarda etakchilik, turli qobiliyatlarini va o‘zlashtira olmaslik kabi muammolarni ko‘rsatish mumkin. Shu sababli, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan turli sinfdan tashqari mashg’ulotlarda yoshlar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ijtimoiy motivlar va ehtiyojlarlarini amalga oshiradigan ulkan imkoniyat bilan ta’minlanadilar. Zamonaviy, shaxsga yo’naltirilgan yondashuvlarni to‘g‘ri tanlash ta’lim-tarbiya vazifalarini yanada to’liq amalga oshirishga yordam beradi. Bu jarayonda eng ahamiyatli jihatlardan biri shundaki, yoshlarning o’zlari ularni rivojlantirishning yangi shakllarni taklif qilishlari ham mumkin. Yoshlarni medialardan to‘g‘ri foydalanishga o’qitishdagi samarali uslubiy usullarini quyidagi asoslar bo’yicha tasniflash mumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar turlari bo’yicha (axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, oilaviy va boshqalar). Bu tasnifni fin olimi Z. Tell taʼbiri bilan aytganda, “mediaxabarlari fanlararo va koʻp tarmoqli xususiyatga ega boʻlishi” bilan murakkablashadi[3]. Masalan, maktab o’quvchilarini axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalarini hal qilish maqsadida medianing badiiy yoki multfilmlarni namoyish etish orqali ulardagi estetik tarbiya imkoniyatlarini kengaytiramiz, chunki biz san’at asarini axborot manbai deb hisoblaymiz.
2. Global kompyuter tarmoqlari va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar bo‘yicha. Axborotdan foydalanishning turli xil imkoniyatlarini izlash va joriy etish yoshlarga media sohasi bilan yaxshiroq tanishishiga va ta’lim muammolarini samarali hal qilish imkonini beradi. Mediata’limning tarbiyaviy salohiyatidan foydalangan holda, yoshlar ongni media vositalari tomonidan manipulyatsiya qilinishidan himoya qilish va ularning bu boradagi qobiliyatini rivojlantirish maqsadida samarali zamonaviy usullar ishlab chiqilmoqda, jumladan: - talabalarni media vositalar va muassasa kutubxonasidan axborotlarni axborot markazi sifatida mustaqil izlab topish va foydalanish qobiliyatini shakllantirish, - muammoli vaziyatdan chiqish yo’lini bir necha usulda topish, mavjud vaziyatni modellashtirishga o’rgatish, ya’ni, yoshlarni vaziyatdan chiqish yechimning alternativ tanlovini to‘g‘ri topish vazifasini oldiga qo’yadi. Ushbu xarakatlar usulini tanlash yoshlarning o’zida qoladi, lekin shu bilan birga u o’z harakatlarini asoslashi lozim bo‘ladi; - ijtimoiy tarmoqlar, gazeta va jurnallarda o’qilgan maqolalar, tele va radio hikoyalar muhokamasi; - turli xil media vositalaridan foydalangan holda o’z ma’lumotlarini tayyorlashga o‘rgatish. Bunda media usullaridan qaysi birini tanlash unchalik muhim emas (oddiy qog’oz varag’idan Internetdagi veb-saytgacha): chunki zamonaviy yoshlar murakkab texnik vositalardan foydalanishni afzal ko’rishadi, ya’ni, kameralar, videokameralar, kompyuterlar, telefonlar. Ushbu zamonaviy texnikalardan foydalanishda topshiriqni shunday tuzish maqsadga muvofiq bo’ladiki, u fanni o’qitish va tarbiya vazifalarini o’zida mujassamlashtirsin; - bir vaqtning o’zida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan turli xil uslubiy usullardan foydalanishga imkon beradigan Internetning axborot resurslaridan foydalanish. Yoshlarning Internetga qiziqishi to’rtta asosiy omil tufayli rivojlanadi deya hisoblanadi: •turli xildagi ma’lumotlarga kirishga imkoniyatning mavjudligi; • keng interaktivlik, doimiy muloqotning mavjudligi; • o’zi haqidagi ma’lumotlar ustidan shaxsiy nazorat, ma’lum bir “obraz”ni yaratish imkoni; • uzatilayotgan ma’lumotlarning anonimligi.
XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mediata’lim jarayonida yoshlarni Internet bilan muloqot jarayonida xavfsizlikni ta’minlashning muhim qoidalari bilan tanishtirish zarur: barcha shaxsiy ma’lumotlarni (ismi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ota-onalarning shaxsiy ma’lumotlari) oshkor qilmaslik; media tarmoqlardagi begonalarga ishonmaslik: Internetda har kim o’zini kimligini ochiq ko’rsatmasligi, aslida kimligini sir tutishi mumkin va hokazo. Mediata’limning asosiy maqsadi sifatida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, ularda mediamadaniyatini shakllantirish, medialarning salbiy kontentlaridan himoya qilish, manipulyatsiya qurboniga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va zamonaviy dunyoda axborotlarni ongli ravishda izlash, talqin qilish va qo’llash, dunyoqarashini kengaytirish orqali kommunikativ ko‘nikmalarini va mediakompetensiyalarini rivojlantirish vazifalarni ta’limning oldiga qo‘yishdir. Buning uchun xar bir ta’lim maskanlarida bosqichma-bosqich mediata’limni joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 18,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin