9-§. KONDENSATORLAR. KONDENSATORLARNING ELEKTR SIG’IMI
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, agar o’tkazgichlar o’zaro yaqinlashtirilsa, ularning umumiy sig’imi keskin ortadi. Agar o’tkazgichlar orasiga dielektrik muhit kiritilsa, o’tkazgichlar sistemasining sig’imi yanada ortadi. Bu prinsip o’tkazgichlardan kondensator yasashda ishlatiladi.
Kondensator deb, qoplamalari deb ataladigan bir-biriga cheksiz yaqin joylashtirilgan va dielektrik muhit bilan ajratilgan o’tkazgichlar sistemasiga aytiladi.
Faraz qilaylik, ikki parallel yuzalari bo’lgan metall plastinka shaklidagi o’tkazgichlar nisbiy dielektrik singdiruvchanlik koeffitsienti bo’lgan dielektrik muhit bilan bir-biridan izolyatsiya qilingan bo’lsin. Zaryadlarning yuza zichliklari va , potensiallari 1 va 2 bo’lsin. (6.3) ifodadan
(9.1)
kelib chiqadi. Ikki parallel plastinka orasidagi maydon kuchlanganligi
(9.2)
ekanini hisobga olib, yassi kondensatorning sig’imi uchun:
(9.3)
ifodani yoza olamiz. (9.3) dan ko’rinadiki, kondensatorning elektr sig’imi S plastinkalarning yuzi S va ular orasidagi masofa d hamda elektr xossalariga bog’liq.
Har qanday olingan o’tkazgich ham elektr sig’imga ega. Masalan, radiusi R bo’lgan va dielektrik singdiruvchanligi ga teng bo’lgan muhitda joylashgan metall sferaning elektr sig’imi:
(9.4)
Kondensatorlar konstruksiyalariga ko’ra yassi, silindrik, sferik formalarda bo’lib, dielektrik muhit materillariga qarab har xil: qog’ozli, slyudali, keramikali, elektrolitli va hokazo turlari mavjud. Ular radio va elektrotexnikada keng ishlatiladi. Ayniqsa hozirga zamon texnikasida mikrominiatyura (jajji) sopol (keramika) li kondensatorlar kichik o’lchamli va katta sig’imga ega bo’lganliklari uchun keng qo’llanilmoqdi.
Dostları ilə paylaş: |