8
mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish
usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi. Konsul’tatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning
qo‘yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab
kelish, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida himoya
qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu
bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) harakterda
maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv
adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda
boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, taxlil qiladi,
zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga
asoslangan holda qo‘shimchalar, izoxdar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va
asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.
Amaliy mazmundagi nestandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir
mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashish talab
qilinadigan, nazariy
ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab
qilinadigan
ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi
mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal
variantlarini izlashga va
topishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi topshiriqlar
berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop
ettirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: