4
KIRISH
Mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus
ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli «Talabalar mustaqil ishlarini
tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talabalar mustaqil ishini
tashkil etish va nazorat qilish» bo‘yicha yo‘riqnoma, 2009 yil 7 avgustdagi 276–sonli
buyrug‘i bilan amalga kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida
talabalar bilimini
nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra hamda
TATU Ilmiy Kengashining tavsiyasiga binoan ishlab chiqilgan.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad, talabalar
dars jarayonida olgan
bilimlaridan tashqari, mazkur uslubiy ko‘rsatmada xar bir ish uchun berilgan
adabiyotlarga asoslangan holda mustaqil ravishda o‘z bilimlarini oshirishdan iborat.
Topshiriqlarni mustaqil ravishda o‘rganishi ularni ushbu
fanni talab darajasida
o‘zlashtirish imkonini beradi.
Mustaqil ishning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quv faoliyatining bu qismi
talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o‘qituvchilarning
nazorati
asosida tashkil etilib, o‘quv rejada semestr bo‘yicha ajratilgan soatlar hajmiga ko‘ra
amalga oshiriladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va
ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan
vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha
maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat
qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
Fanlar bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining
tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan bo‘lishi
kerak.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada
mustaqil ish tarkibi, mustaqil ishni bajarish
tartibi, talaba o‘z bilimini mustaxkamlashi uchun lozim bo‘lgan mustaqil ish
mavzulari ko‘rsatilgan. Fanlar bo‘yicha mustaqil ish
majmuasida fanning barcha
mavzulari qamrab olingan va uning asosida konkret mavzular shakllantirilgan.
Mazkur
uslubiy
ko‘rsatma “Multimedia texnologiyalari” kafedrasida
o‘qitiladigan barcha fanlarga taalluqli bo‘lib, mustaqil ishlarni bajarishda talaba
fanlar bo‘yicha javobgar professor-o‘qituvchilarga maslahat
olish uchun murojaat
etishlari mumkin.