4. Ish vaqti balansi. Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi-soatlarida tuzilib, ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap qismida “ish vaqtidan foydalanish” ko‘rsatiladi.
Chap qismi quyidagilardan tashkil topadi:
kalendar vaqt fondi;
Ish vaqti resurslarini kishi-soatlarida ifodalash uchun, ko‘rsatkichlarni belgilangan ish vaqti uzunligiga ko‘paytiriladi.
“Ish vaqtidan foydalanish” qimida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini tarkibi ko‘rsatiladi va u uch qismdan iborat bo‘ladi: amalda ishlagan ish vaqti fondi, uzurli sabablar bilan ishlamagan vaqt va ish vaqtini yo‘qotish.
Amalda ishlangan ish vaqti fondi – belgilangan rejim asosida ishlangan vaqtni ifodalaydi. Odatdan tashqari ishlangan vaqt (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan)lar balansdan tashqarida ko‘rsatiladi.
Uzrli sabablar bilan yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi:
Balansning o‘ng qismi yuqorida keltirilgan uch bo‘limning yig‘indisidan tashkil topadi va kishi-kunlar va kishi-soatlarda ifodalangan maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini bildiradi.
Masalan, avvalgi misolda keltirilganlarni quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz: Aprel oyida ishga kelmasliklar (kishi-kunlarida): betobligi sababli – 56, o‘qish tatillari – 20, progullar-4, rahbariyat ruхsati bilan – 12, qonun bo‘yicha ishga kelmaslik – 60.