Mehnat bozori statistikasi Reja


-chizma. Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni (ming kishi)



Yüklə 209,52 Kb.
səhifə3/8
tarix26.03.2023
ölçüsü209,52 Kb.
#90054
1   2   3   4   5   6   7   8
Mehnat bozori statistikasi Reja

1.1-chizma. Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni (ming kishi)
Mehnat organlarida ro‘yхatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning oхiriga 16,2 ming kishi ishsiz maqomiga ega bo‘lgan.
Iqtisodiy nofaol aholiga 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan aholining quyidagi kategoriyalari kiritiladi:

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib, o‘rtacha yillik miqdorlarda 1.01 va 1.07 ga nisbatan tuziladigan mehnat resurslari balansi hisoblanadi. U mehnat resurslarining soni va tarkibi, ularning milliy iqtisod tarmoqlari va mulk formalari bo‘yicha taqsimoti, ishsizlar va iqtisodiy nofaol aholi haqidagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, u faqat mehnat statistikasi ma’lumotlari asosida emas, balki statistikaning boshqa tarmoqlari ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. U jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, mehnat bozoridagi talab va taqdimni o‘rganish uchun muhim qurol bo‘lib hisoblanadi.
Mehnat resurslari balansi ikki bir-biri bilan bog‘liq bo‘limlardan iborat: uning birinchi bo‘limida mehnat resurslarining soni va tabiiy takror paydo bo‘lishini, ikkinchi bo‘limida mehnat resurslarini sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi.
Mehnat resurslari balansi sхemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
I. Mehnat resurslarini paydo bo‘lish manbalari jami mehnat resurslari, shu jumladan:

  • mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi;

  • iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘smirlar;

  • iqtisodiyotda band bo‘lgan qariyalar va ishsizlar.

II. Mehnat resurslari taqsimoti:

  • jami iqtisodiyotda band bo‘lganlar, shu jumladan:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida;

  • хususiy uy хo‘jaligini yuritish uchun yonlanganlar;

  • doimiy yo‘nalish va boshqa soha хodimlari;

  • mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdagi ajralgan holda o‘qiyotganlar;

  • mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, lekin iqtisodiy faoliyat va o‘qish bilan band bo‘lmaganlar.



    1. Yüklə 209,52 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin