Keywords: approximate planning, age of learning, work and play are
interrelated, mental abilities.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy hayotimizning har bir sohasida
bo'layotgan o'zgarishlar natijasida ta'lim tizimida ham yangiliklar isloh qilinmoqda,
ta'lim tarbiyaning maqsad va vazifalari mazmuni yangilanmoqda. Pedagogika
tadqiqotlarning ko`lami kengaytirildi, milliy pedagogika, meros chuqur o`rganilib,
shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi jahon tajribalari yutuqlaridan
milliy xususiyatlarga va iqlim sharoitga tayangan holda foydalanish borasidagi
izlanishlar yuzaga keldi. Ayniqsa, ta’lim tizimini birinchi bosqichi bo`lgan
maktabgacha tarbiya tizimini ham tubdan qayta qurish dolzarb muammo bo`lib
hisoblanadi.
Darhaqiqat Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev takidlaganlaridek bugungi
kunda farzandlarimizning ta’lim - tarbiyasi orqali Vatanimizning kelajagini ko’rib
olishimiz mumkin. Tarbiya shakllari orasida bolani mehnat tarbiasi ham juda
muhum o’rin tutadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish.
2.
Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish; sezgi, idrok, xotira,
xayol, tafakkur, nutq.
3.
Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish.
4.
Aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish.
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida bola har kuni o’zi uchun notanish
bo’lgan narsa va hodisalarga duch keladi. L.N.Tolestoy maktabgacha tarbiya yoshi
haqida shunday deb yozadi: “Men hozirda o’zimda bor bo’lgan hamma narsani
o’sha yoshlik chog’imda egallab olganmanki, egallaganda ham sho’unchalik ko’p,
shunda egallab olganmanki, egallaganda ham shunchalik ko’p, shunda egallab
3
olganmanki, egallagan narsamning yuzdan birini ham egallaganim yo’q. Besh
yoshli boladan mengacha atigi bir qadam. Yangi tug’ilgan chaqaloqdan besh yoshli
bolagacha esa masofa juda uzoq”.
Mehnatda natijaga erishishda mehnat malakalarini shakllantirishda
pedagogning va bolalar o’rtoqlarining baxosi va o’ziga o’zi baxo berish katta
axamiyatga ega . Bolalar yasagan buyumlar o’yin va mashg’ulotda qo’llanilsa ular
o’zlari yasagan buyumlar yanada sifatli bo’lishiga intiladilar Maktabgacha yoshi
davrida bolalarning yoshi ulg’ayishi bilan mehnat sabablari ham o’zgarib boradi .
Z. Neverovich , E.Obrasovlarning olib brogan ilmiy izlanishlari natijasida shuni
ko’rsatdiki bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalarda
mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o’zlashtirib olar ekanlar.
I.Loginovaning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida takidlashicha bolalarga
mehnat tarbiyasi berisg uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi
bilimlar sestemasini o’zlashtirib olishlari kerak ekan;
1. Mehnat maqsad qo’yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi
maqsad- mehnat tasviri.
2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni
tanlab olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab olish .
4. Natijaga erishish uchun mehnat xarakatlarini bajarish.
Aql keng manoda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni
o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisidir.
Aqliy faoliyat diqqatning xar doim malum maqsadga qaratilgan bo’lishini
talab etadi . Kishining aqli uning asosiy faoliyatida uning erishgan muvaffaqiyati
xususiyati bilan belgilanadi .
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning faol
fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning malum maqsad bilan tasir etishidir
U bolalarga tevarak atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni
sestemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otishni aqliy malaka va
4
ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilish qobilyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga
oladi.
Bolalarni maktabga tayyorlash aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir .
Bilimlar zaxirasini egallash , aqliy faollikni va mustaqillikni rivojlantirish , aqliy
malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirish maktabda muvaffaqiyatli o’qishva
bo’lg’usi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muxim shartidir .
Bolalarning 6 yoshdan boshlab maktabda o’qishga o’tishi munosabati bilan
ularni maktab talimiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanishi yetarli darajada
bo’lishini taminlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi . Aqliy
kamolot – bu yoshning o’sib , tajribaning boyib borishi munosabati bilan
tarbiyaviy ishlar tasirida bolaning aqliy faoliyati ro’y beradigan miqdor va sifat
o’zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha tarbiya yoshida bilim tez suratlar
bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini
egallab boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishini
ta’minlash ularning kelajakdaji butun faoliyati uchun katta axamiyatga ega bo’ladi.
Bola ijtimoiy muxit tasirida aqliy tomondan jivojlanib boradi. Tevarak
atrofdagi kishilar bilan muomila qilish jarayonoda u tilni va u bilan birga tarkib
topgan tushunchalar sestemasini o’zlashtiradi . Natijada maktabgacha tarbiya
yoshidayoq bola tilni shunchalik egallab oladiki , undan muomila vositasi sifatida
erkin foydalana oladigan bo’lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikrning kengligiga voqealarning har xil bog’lanishlarda ,
munosabatlarda ko’ra bilish umumlashtirish qobilyatida namoyon bo’ladi .
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyati
jarayonida dastlabki muomilada bo’lish narslar bilan bajariladigan faoliyat
natijasida keyin esa o’quv ,mehnat samarali faoliyatlar jarayonida amalga oshirib
boriladi. Bolalarning aqliy rivojlanishiga talim va tarbiya samaraliroq tasir etadi
xozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sestemasini o’zgartirib olish ularni
jamg’arish ijoboy tafakkurni rivojlantirish xamda yangi bilimlar xosil qilish uchun
zarur bo’lgan bilim faoliyati usullarini egallab olishni aqliy rivojlanishning asosiy
ko’rsatgichlari deb xisoblaydi.
5
Olimlar aqliy rivojlanish va aqliy tarbiyaga oid ko’gina masalalarni tadqiq
etmoqdalarki , bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar aqliy tarbiyasibni asosi
bo’lgan sensor tarbiyaning mazmun va metodini ishlab chiqish uchun zarurdir;
bolalarni ko’rgazmali- xarakatli , ko’rgazmali- obrazli va tushunchali – mantiqiy
tafakkurini shakllantirish tadqiq etilmoqda , ularning bilish qobilyatlarini
shakllantirishning o’ziga xos tomonlarini aniqlamoqda .
Bolalarning bilimlarini egallab olishlari , ularning aqliy faolligini
rivojlantirish mustaqillik aqliy malaka va ko’nikmalarni egallab olishlari ularning
maktabda muvaffaqiyatli o’qishi va bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida
manba bo’lib xizmat qiladi .
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy
vazifalari qo’yidagilardan iborat ;
1.
Bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sestemasini ilmiy
dunyoqarashni sharllantirish .
2.
Bilishga doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish; sezgi, idrok , xotira ,
xayol , tafakkur nutq.
3.
Bilishga qiziqish va aqliy qobilyatlarni , aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish.
4.
Aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish.
Bolalarda mehnat tarbiyasini tashkil etish orqali alqiy qobiliyatlarni
shakllanganlik holatini aniqlash maqsadida tajriba ishlarini olib brogan. Tajriba
davomida aniqlangan natijalardan quyidagicha xulosa qilish mumkin.
1.
Mashg’ulotlarda bolalar mehnatini tashkil etish orqali ularda
ijodkorlik tashabbuskorlik yaratuvchanlik kabi qobiliyatlarni shakllantirish
mehnatga qiziqishini tarbiyalash mumkin.
2.
Mashg’ulotlar mehnat tarbiyasi orqali olib borilganda bolalarda
ijodkorlik tarkib topadi, ularda o’ziga ishonch ishiga qiziqish uyg’onadi.
6
3.
Mashg’ulotlarga bolalar anglab yetadigan yo’nalishlarni tanlash
ular o’ylagan fikrlarni, g’oyalarni tezroq amalga oshirishga ishtiyoq
uyg’otadigan usullarni qo’llash juda muhim.
4.
Mehnatga oid mashg’ulotlarda muntazam bilim va malakalar
uzluksiz mehnat ko’nikmasi o’quv mahorati yaxshi shakllanib boradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki mehnat tarbiyasini tashkil etish
orqali bolalarda aqliy tarbiyalashda zarur shart-sharoitlar yaratilishi ularda zarur
ko»ikma va aqliy qobiliyatlarning yuksak darajada rivojlanishiga sabab bo’ladi.
|