Мехнат фаолиятининг физиологик асослари


- jadval.Mehnati energiya sarfigako’ra turlari



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə6/13
tarix14.12.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#180504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
charchash va uning fiziologik asoslari

1- jadval.Mehnati energiya sarfigako’ra turlari.







Guruhla
r

Kkal

Kasb egalari

ayollar

Erkaklar

1

I guruh

2200-2400

2500-2800

olimlar, shifokorlar, pedagoglar, hisob-
chilar v.h.)

2

II guruh

2350-2550

2750-3000

avtomatlashgan korxonalar ishchi-lari,
agronomlar, hamshira, farroshlar, aloqa korxonalarining ishchilari

3

III guruh

2500-2700

2950-3200

slesarlar, transport haydovchilari,
jarrohlar, traktorchilar

4

IV guruh

3450 -

3900 –

qurilish ishchilari, qishloq xo`jalik







3700

4150

ishchilari, metallurglar, duradgorlar

5

V guruh

--

3900 -
4300

shaxtyorlar, po`lat erituvchilar,
betonchilar, hammollar

Energiya almashinuvini boshqarishda miyaning gipotalamik sohasi muhim rol’ o`ynaydi. Gipotalamus vegetativ nervlar va endokrin bezlar sekretsiyasini o`zgartirish orqali energiya almashinuvini boshqaradi. Qalqonsimon bez gormon- lari tiroksin va triyodtironin hamda buyrak usti bezi mag`iz qavati gormoni - adrenalin energiya almashinuvini keskin kuchaytiradi.Kislorod iste`mol qilishning va energiya almashinuvining shartli reflektor o`zgarishlari to`g`risida juda ko`p dalillar bor. Bungacha farqsiz indifferent bo`lgan har qanday ta`sirlagich mushak faoliyati bilan bir vaqtda ta`sir etsa, modda va energiya almashinuvi kuchayishiga signal vazifasini bajarishi mumkin.


Sportchilarda start oldi holatlarida, ishchilarda har kungi ish vaqtlarida, gipnoz ostidagi odamni og`ir jismoniy ish bajarayapsan deb ishontirganda kislorod iste`mol qilishi va energiya almashinuvining kucha-yishi katta yarim sharlar ta`siri ostida sodir bo`ladi. Asab tizimining taranglanishi yoki mehnatdan zo`riqish markaziy asab tizimi, oliy asab faoliyati, analizatorlar va ruhiy faoliyatlardagi yuklamalarda aks etadi.
Ma`lumki, mushaklar ishi energiya sarfini va energetik balansdagi “ishchi qo`shimcha “ ni oshiradi. Ularning oshish darajasi bajariladigan ish xarakteriga bog`liq. Mushak qisqarishlari uchun energiyaning bevosita manbai bo`lib ATF xizmat qiladi, ATF miqdori esa glyukoza parchalanganda ajratiladigan energiya hisobiga tiklanadi. Qisqa muddatli ish vaqtida energiya manbai sifatida karbon- suvlardan foydalaniladi. Uzoq muddat ish bajarganda energiya yog’ depolardagi yog’ parchalanishi, yog’ kislotalari hosil bo`lishi va ularning karbonat angdridi (CO2) va suvgacha (H2O) oksidlanishi oqibatida hosil bo`ladi.
Ishlayotgan mushaklarga ko`plab O2, glyukoza va boshqa moddalar etkazib berilishi va ulardan CO2 va almashinuvning boshqa maxsulotlari katta tezlik bilan
chiqarilishi kerak. Bularning hammasi yurak-tomir va nafas tizimlari funk- siyalarining kuchayishini talab qiladi. Parchalanish maxsu-lotlarining buyraklar orqali chiqarilishi og`ir jismoniy ish vaqtida cheklangan, chunki buyraklarga qon oqb kelishi reflektor kamaygan bo`ladi. Moddalar almashinuvining jadallashuvi issiqlik hosil bo`lishi va chiqarilishini oshiradi. Ammo issiqlik chiqarilishi uning hosil bo`li-shidan ancha kam bo`lishi mumkin.Bunday vaqtda tana harorati bir muncha ko`tarilishi mumkin. Og`ir jismoniy ish bilan 2 soat va undan ortiq vaqt shug`ullanilsa, tana harorati 2-3 gradus C ga ko`tarilishi mumkin. Masalan, uzoq masofalarga yugurganda marafonchining tana harorati 39,5gradus C ga etishi mumkin.Issiqlik chiqarilishi kuchayishining mexanizmi ter ajratilishi va ter bug`la- nishining kuchayishi hamda teri tomirlarining kengayishidan iborat. Teridagi qon tomirlar reflektor yo`l bilan va maxalliy omillar ta`siridan kengayadi.
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishning fiziologik asoslari yoki sport fiziologiyasi odam fiziologiyasining tarkibiy qismi bo`lib, u faol harakat qilish, jismoniy ish, jismoniy mashqlar, alohida sport turlari bilan shug`ullanishning tana a`zolari, tizimlari va bir butun organizmga ta`sirini o`rganadi. Jismoniy hatti- harakatlar bilan shug`ullanish kishining yoshiga, jinsiga, shug`ullanuvchining funksional holati, ya`ni jismoniy tayyorgarlik darajasiga, ob-havo sharoitlariga va boshqa bir qator tabiiy omillarga yaqindan bog`liq bo`lib, ularga amal qilishning maqsadga muvofiq bo`lishi va samaradorligini kafolotlaydi.
Inson organizmdek murakkab va mukammal tuzilgan tizim bo`lmaganidek, uning hayotiy faoliyati, jumladan, jismoniy qobiliyati, imkoniyatlari ham juda keng serqirralidir. Bulardan o`rganishda qanchalik ko`p muvaffaqiyatlar qo`lga kiritilmasin, odam tanasining jismoniy nuqtai nazardan noma`lum sirlari hali juda ko`p, ularni ochishda mashq turlarini fiziologik jihatdan mukammal klassifikat- siyalashni, kuch, tezlik, chaqqonlik hamda epchillikning funksional harakteris- tikasini, mashq qilishning fiziologik xususiyatlarini, ko`p mashq qilganlikning salbiy oqibatlarini to`liqroq tasavvur qilish muhim ahamiyatga ega.
Inson organizmida ya`ni inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o`rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakatni taqozo qiladi. Bunday bog`lanish inson paydo bo`lga- nidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo`lib, evolyutsion yo`l bilan mustahkamlangan. Shu sababli harakat faqat yashash uchun kerak bo`lib qolmay (ovqat topib eyish, dushmandan o`zini himoya qilish, noqulay omillardan muxo- fazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki a`zolarning me`yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan.
Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avto- matlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning bevosita toboro keng ko`lamda qo`lla- nishi insonning harakat qilishining cheklanganligini kuzatish mumkin. Faol harakat qilishni cheklashi bilan organizmdagi barcha a`zolarning me`yoriy ish- lashi buziladi.Ular asosan serharakat sharoitda o`z funksiyalarini to`liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi taqozo qilinadi. Boshqacha qilib aytgan- da, bunday turmush tarzi jarayonida inson tanasidagi barcha a`zolar va tizimlar- ning harakatga nisbatan bo`lgan tabiiy talabi qo`shimcha ravishda yuzaga kela- digan serharakatchanlik bilan yoki jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish orqali qoplanishi kerak.
Faol harakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalini- shini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini tegishli ravishda ta`minlaydi. Hayotda bunga ko`pgina jonli misollar keltirish mumkin. Ma`lumki, ota-bobolarimizning turmush tarzi doimiy jismoniy ish qilish bilan bog`liq bo`l- gan. Ko`pgina manbaalarda ko`rsatishicha, bunday serharakatli bo`lish kishi sihat salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Shu boisdan ham ular hozirgi paytda tez-tez uchrab turadigan ayrim surunkali xastalik (qonda xolesterin moddasining oshib ketishi, semizlik, qantli diabed, yurakning ishemik kasalligi va boshqa) lar bilan kam kasallikka uchraganlar.
Hozirgi kunda ilmiy ma’limotlarga asoslanib, shini aytish joizki, arterial qon bosimining yuqori bo`lishi (gipertoniya), miokar infarkti, asab tizimining qator hastaliklari (nevroz, nevrasteniya, depressiya va boshqalar) o`t va siydik yo`llarida tosh paydo bo`lishi kabi « davr kasallliklari» ko`pincha jismimizning harakatga to`ymasligidan kelib chiqadi. Yuqorida aytib o`tilgan barcha kasalliklar bilan og`rigan bemorlarning aksariyat qismi o`tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlar, ilmiy xodimlar, pul’t boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rahbarlar va boshqalar) shug`ullanishi aniqlangan.
Qayd qilib o’tilgan kasb egalarining doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki maxsus sport seksiyalarida shug`ullanishi eslatib o`tiladi. Chunki badantarbiya va ishlab chiqarish gimnastikasini bajarilganda xastaliklar chekinishi va salomatlik mustahkamlanishi mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan muntazam ravishda shug`ullanishi ish qobiliyatining oshishiga, mehnat unumdorligining yuqori bo`lishiga olib keladi. Bu fikrni hali ko`pgina misollar bilan tasdiqlash mumkin. Nafaqat jismoniy ish bajaradiganlar, balki aqliy mehnat qiluvchilar ham muayan vaqt o`tishi bilan maxsus jismoniy mashqlar baja-rib tursa samarali ishlaydi. Demak inson organizmiga uning faol va sog`lom hayot kechirishi uchun ovqat, havo va suv bilan bir qatorda etarli darajada jismoniy harakatlar qilib turish ham zarur ekanligi shubhasiz.Jismoniy ishning og`irligiga mutanosib ravishda yurak qisqarishlari chasto-tasi oshadi.Og`ir dinamik ish vaqtida sistolik arterial bosim 200-220 mm sim. ust. gacha ko`tarilishi mumkin. Diastolik bosim kam o`zgaradi, aksariyat hatto bir muncha pasayadi, shuning uchun o`rtacha arterial bosim deyarli doimo ko`ta-riladi. Gematokrit ko`rsatkichi va leykotsitlar miqdori oshadi. Og`ir jismoniy ish vaqtida glyukozaning anaerob parchalanishi natijasida nordon moddalardan sut kislotasi ko`plab hosil bo`ladi. Tinch holatda arterial qonda sut kislotasi kontsen-tratsiyasi 1 mmol’\l ga yaqin, og`ir jismoniy ish vaqtida 15 mmol’\l va undan ortiq bo`lishi mumkin.Jismoniy ish vaqtida fiziologik funksiyalarni boshqarishda ikki tizim muxim rol’ o`ynaydi: simpato - adrenal va
gipofizo - adrenal tizim Ishla-yotgan vaqtda buyrak usti bezining mag`iz qavatidan adrenalin va kamroq miq-dorda noradrenalin qonga chiqariladi. Adrenalin yurak- tomir tizimi va markaziy asab tizimi faolligini oshiradi, glikogen va depolardagi egni safarbar etadi, tsiklik AMF ning ko`plab ishlanishini rag`batlantiradi. Ish boshlanishidan 2-3 daqiqa o`tishi bilan gipofizo-adrenal tizim ishga kirishadi. Adrenalin ta`sirida gipotalamusdan kortikoliberin chiqarilishi kuchayadi va adenogipofizdan AKTG sekretsiyasi jadallashib, buyrak usti bezining po`stloq moddasidan glyukokor-tikoidlarning qonga o`tishi kuchayadi. Glyukokortikoidlar glyukoneogenezni jadallashtirish orqali muskullar ishlash kobiliyatini oshiradi.
Odamning muskul foolyatida charchashning rivojlanishi vegetativ funksiya- larning o’zgarishi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Bu o’zgarishlar asosan nafas olish,qon aylanishi, fungsiyalari, moddalar almashinuvining unumi pasayishidan iborat.Natijada ishda tejamsizlik yuzaga keladi, yani unga sarflanayotgan energiya deyarli ikki marta ortadi.Organizim faoliyatining foydali ish koyfisenti esa pasayadi, gipoksiya, gipolaktasidemiya va gipoglikimiya hodisalari kuzatiladi. Nafas olish harakatlarida ampluda tebranish kichrayadi,lekin nafas olishning tezlashishi hisobiga nafasning daqiqalik hajmi ortadi, kislarod o’zlashtirish koyf- senti kamayadi yurakning bioelektirik aktivligi pasayadi va qorinchalarning elektr sistolasi uzayadi, miokardning qisqarish qobilyati yomonlashadi va qon- ning sistolik hajmi kamayadi. Qon tomirlari reaksiyasining susayishi yoki buzilishi yuzaga keladi. Qonga kortikosteroidlar tushishi va siydik orqali organizmdan ajratilishi kamayadi, eozinofiya kuzatiladi.
Jismoniy ish standart normalari va tartibiga amal qilish odamni sog`lom- lashtiradi. Buning sabablaridan biri odam organizmining harakatlarga bo`lgan genetik extiyojining qondirilishidir. Jismoniy ish organizmda bioenergetik potentsialning jamg`arilishini ta`minlaydi, ish qobiliyatini oshiradi. Chunki muntazam bajarilgan ish ichki a`zolar quvvatini oshiradi, nerv va gumoral boshqarilishlarni optimallashtiradi, turli funksional tizimlar hamkorligini muvofiqlashtiradi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin