Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammolari


Mamlakatni jadal isloh qilish va modernizatsiyalash sharoitida mehnatni tashkil etishni tuzatish muammolari



Yüklə 276,34 Kb.
səhifə2/23
tarix05.12.2023
ölçüsü276,34 Kb.
#173341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammo-fayllar.org

1.Mamlakatni jadal isloh qilish va modernizatsiyalash sharoitida mehnatni tashkil etishni tuzatish muammolari.
Ma'lumki, mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu bois Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat idoralarining bu yo‘nalishlardagi faoliyati ustidan samarali parlament nazorati tizimini yaratish maqsadida Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi va bundan buyon Senatning tegishli qo‘mitasi faoliyati tubdan takomillashtiriladi.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari – barcha darajadagi hokimliklar, xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirishni davom ettirishimiz zarur. Shuning uchun Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari kengashlari ishini tashkil etish tajribasi joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularning asosiy maqsadi va vazifasi – aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o‘rganish, balki ularni ta'minlashdan iborat.
Mavjud muammolarni amalda hal etish, shuningdek, aholi uchun erkin mehnat qilish, mazmunli dam olish va munosib turmush darajasini ta'minlash bo‘yicha har tomonlama qulay sharoitlar yaratish lozim. Aynan ana shu mezonlardan kelib chiqib, mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatimiz Konstitutsiyasining 100- va 101-moddalari talablarini bajarish bo‘yicha faoliyati samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin va zarur.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2012-yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshichoralar dasturining bajarilishi va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqarorsur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Iqtisodiy islohotlarni ta’milashga yo’naltirilgan bunday tadbirlar jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O’zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadini oshirish imkonini berdi.
Eng avvalo, modernizatsiya atamasiga to’xtaladigan bo’lsak, odatda, uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan iqtisodiyotga oid ayrim lug’atlarda unga quyidagi mazmunda ta’rif beriladi:
“Modernizatsiya obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan, asbob-uskunalar texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”. Fikrimizcha, bu modernizatsiya tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya –an’anaviy jamiyatni ilg’or, industrialjihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy tarixiy jarayondir.Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo’lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin. Zero, bu holat mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qo’shma majlisidagi ma’ruzada mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etishning ustuvor yo’nalishlari hamda mazkur yo’nalishlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Jumladan, iqtisodiyot sohasida:-mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada
chuqurlashtirish;-iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;-bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o’tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma’muriy-
taqsimot tizimi mezonlaridan butunlay voz kechish;-xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini ta’minlash;-davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash;-kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;-xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanuvchilar faoliyat ko’rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib borishni tashkil etish;-soliq tizimini yanada takomillashtirish;-
soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pereferentsiyalar berilishini ta’minlash va boshqalar.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi.
Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band bo‘lishi tushiniladi. Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig‘indisidan tashkil topadi.
Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan, hamda konkret shaklda olib qaraladigan bo‘lsa, bir-biri bilan bog‘liq ikki muhim vazifani hal qilishning ob’ektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri — insonlarning moddiy mehnat elementlari bilan o‘zaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi — birgalikda yoki o‘zaro bog‘langai faoliyat qatnashchilari o‘rtasida munosabatlari shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga (keng ma’noda olganda) mehnat sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq to‘lash kabi masalalarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.
«Tashkil etish» tushunchasi frantsuzcha organisation, lotincha organizo -«tartibga keltiraman» so‘zidan kelib chiqqan. Mazkur tushuncha yaxlit bir butunlik ichida o‘zaro aloqalarning yuzaga kelishi hamda takomillashishiga olib keladigan jarayon yoki harakatlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda amalga oshiruvchi muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari harakat qiluvchi kishilarning birlashgan faoliyati tushuniladi.Shunga ko‘ra, funktsional nuqtai nazardan, tashkil etish ichki tartiblarni o‘rnatish va takomillashtirish jarayoni demakdir. Binobarin, mehnatni tashkil etish atamasi kishilar faoliyatini tartibga solish va muayyan tizimga keltirishni anglatadi. Biroq, bunday ta’rif haddan tashqari umumiy bo‘lganligi uchun uni mukammal deb bo‘lmaydi.
«Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo bo‘lish tarixiga to‘xtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (1856-1915) nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan bo‘lib, u iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Ammo, F. Teylor ko‘zda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qo‘ygan. «Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni to‘g‘ri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab Germaniyada qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qo‘llash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli qo‘llanilmayapti.
Bu muammo juda ko‘pgina MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjuddir. Undan turli darajalarda o‘rin tutadigan xilma-xil hodisalarni nomlash uchun foydalaniladi. «Tashkil etish» atamasi ayrim korxona, muassasa, firma va umuman jamiyatga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, gap turli ob’ektlar: mehnat, ishlab chiqarish, boshqarish to‘g‘risida borishi mumkin.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi kuchini tiklash xususiyatlari ko‘rib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy tashkil etish» tushunchasidan foydalaniladi.
«Mehnatni tashkil etish» atamasidan ayrim korxonaga tatbiqan foydalanilganda uni keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Keng ma’noda mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarning barchasini anglatadi. Mazkur tushunchani shunday talqin qilish tarafdorlari korxonada mehnat faoliyatini tashkil etishga uni yaxlit bir butun deb yondashadilar. Boshqa mualliflarning fikricha, «mehnatni tashkil etish» tushunchasining mazmunini bunday anglash tegishli hodisaning ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lsa-da, korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatning mavjudligi uchun uni to‘liq va atroflicha o‘rganishni qiyinlashtiradi.
Tor ma’noda mehnatni tashkil etish deganda jonli mehnatni tashkil etish, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylarini tashkil etish, mehnat usullari, sharoitlari va dam olish tartiblarini oqilonalashtirish, mehnatni me’yorlash, xodimlarni tayyorlash va malakalarini oshirish, moddiy pag‘batlantirish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi bir qator amaliy tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, samarali mehnat faoliyatini tashkil etish (mehnat predmeti va vositalarining mavjudligini taqazo etadi); mehnat sharoitlarini tashkil qilish (texnologik va ekologik omillarini taqozo etadi); mehnat munosabatlarini tashkil etish (xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishni talab etadi); mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, mehnatni o‘lchash, normalash hamda mehnat sarfini uning sifatiga qarab baho berishni taqazo etadi. Bu muammolarning echilishi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishdan tashqari, mehnat faoliyatini tashkil etishning ajralmas funktsiyasi sifatida ham qaraladi.
Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish masalasi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. O‘zaro bog‘liqlik va ta’sir, mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijgimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi.


Yüklə 276,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin