8. Ish beruvchining majburiyatlari; a) xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash;
v) ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;
g) xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni o‘qitish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish;
d) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
j) qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
z) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
i) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
9. Ish kuni rejimi to‘liqsiz ish haftasi (juma, shanba ish kunlari ) (to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanish
va tamom bo‘lishi va boshqalar)
10. Mehnat haqi to‘lash.
Xodimga quyidagicha haq to‘lash belgilanadi:
a) shtatlar jadvaliga asosan (to‘lov turi va uning aniq summadagi yoki YaTS razryadi ko‘rsatilgan holdagi, yohud tushumdan olingan foizlardagi miqdori)
b) amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar quyidagi miqdorlarda:
v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar;
11. Xodimga:
a) asosiy ta’til (mehnat ta’tili) 15 ish kunidan;
b) qo‘shimcha ta’til 33 ish kunidan ibrat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik ta’til belgilanadi.
12. Xodim bilan ish beruvchi mazkur shartnoma ilovasiga muvofiq korrupsiyaga qarshi qoidalarning asosiy shartlariga rioya qilishga kelishib oldilar.
13. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.