Qarz summasiga (haqiqatda sarflangan va hisobdorlik ostida olingdn summalar o‘rtasida farqqa) 6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar” schyoti xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondentsiyada kreditlanadi.
Masala. Korxona rahbari xodimni Buxoro viloyatigaga xizmat safariga jo‘natdi. Xodimga xizmat safari xarajatlariga 860 ming so‘m summada pul mablag‘lari berildi. Taqdim etilgan bo‘nak hisoboti va tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq xizmat safari xarajatlari me’yor chegarasida amalga oshirilgan va 840 ming so‘mni tashkil qilgan, shu jumladan transport (boorish-kelish poezd chiptasi) 140000 so‘m, mehmonxonaga to‘lov — 550000 so‘m, sutkalik xarajatlar — 150000 so‘m.