Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari



Yüklə 140,31 Kb.
səhifə4/18
tarix20.11.2023
ölçüsü140,31 Kb.
#162042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
4-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Reja-fayllar.org

4.3.Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari

O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

Respublikamiz korxonalarida mehnatga haq to‘lash tizimi tarifli va tarifsiz mehnatga haq to‘lash tizimlari asosida shakllanadi.

Tarif tizimi - bu mehnatning murakkabligi va sharoitlaridan, ishlarni bajarishning tabiiy-iqlim sharoitlaridan, mehnatning tezkorlikligi hamda tavsifidan kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishga yordam beradigan me’yorlar j amalamasidir.

Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy omil bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • tarif stavkasi va setkasi;


  • tarif-malakay ma’lumotnomalari;


Tarif stavkasi - bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul shaklida ifodalanganidir. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Tarif stavkasi - ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul ko‘rinishida ifodalanishidir.

Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari ko‘rsatiladigan xujjatdir.

Lavozim maoshi - bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish haqi miqdoridir. Odatda, lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda to‘lanadigan ishchilarga o‘rnatiladi.

Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlarni, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi mumkin. Davlat tarif stavkalari va okladlarini hodimlarning lavozimi, malakasi va ular bajaradigan ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishda baza sifatida foydalanish mumkin.

Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimni mustaqil belgilaydilar.




Yüklə 140,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin